Simob
Simob ham og‘ir sanoati rivojlangan shaharlarning suvi, havosi va
oziqovqat mahsulotlarida uchrab turadigan zaharli unsurlardan biridir. Simob
bilan zaharlanish oqibatida bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik,
sochlarning tushib ketishi, xotira pasayishi, asabiylashish, qonda oq qon
tanachalarining kamayib ketishi natijasida yuqumli kasalliklar bilan teztez
xastalanish hollari yuz beradi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar orqali oqib o‘tgan daryolar suvidagi
simob ko‘pincha baliqlar tanasida to‘planib qoladi, bunday baliqlarni iste'mol
qilgan kishilar zaharlanishi mumkin.
Hozirgi paytda ekologiyaning yomonlashib, sanoatning rivojlanishi
daryo va dengiz suvlarida simob miqdorini oshirib yubormoqda. Ushlanadigan
baliqlar va boshqa oziqovqat mahsulotlarida simob miqdori har bir kg
mahsulotda 0,5 mg dan oshmasligi kerak.
196
Do'stlaringiz bilan baham: |