O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


A vitaminining asosiy manbalari (100 g da mg hisobida)



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

A vitaminining asosiy manbalari (100 g da mg hisobida) 
Oziq moddalar 
A vitamini 
β – karotin  
 
Qoramol jigari 
Tovuq tuxumi 
Sariyog‘ 
Qaymoq 
Pishloq 
Sabzi 
Petrushka 
Ismaloq 
Otquloq (shavil) 
Ko‘k piyoz 
Qizil qalampir 
Pomidor 
Chakanda (oblepixa) 
Chetan (ryabina) 
Na'matak mevasi 
O‘rik 
Turshak 
Oshqovoq 
Tarvuz 
Qovun  
 
8,2 
0,25 
0,52 
0,16 
0,26 














-  
 
1,0 
 
0,30 
0,07 
0,16 
9,0 
5,7 
4,5 
2,5 
2,0 
2,0 
1,2 
7,9 
9,0 
4,9 
1,6 
3,5 
1,50 
0,10 
1,40 
 
Odam  va  hayvonlar  tanasida  retinol  o‘simlik  tarkibida  uchraydigan 
karotindan ham hosil bo‘ladi. Karotel degan sabzi navida karotin ko‘p bo‘ladi. 


156 
 
Odamning  A  vitaminiga  bo‘lgan  kunlik  ehtiyoji  keyingi  hisob-kitolarga 
qaraganda o‘rtacha 1,2 – 2,5 mg bo‘lib, uning 1/3 qismi retinol, qolgan 2/3 qismi 
karotindan  iborat  bo‘lgani  maqsadga  muvofiq.  Lekin  kishi  og‘ir  jismoniy  ish 
bajarganida, sport bilan shug‘ullanganida yoki boshqa kuchli stress omil (ruhiy, 
hissiy  iztirobga  tushish,  kuchli  og‘riq,  yuqori  yoki  past  atmosfera  bosimi 
sharoitida  ishlash  va  hokazo)  ta'siriga  uchraganida  uning  retinolga  bo‘lgan 
talabi  bir  necha  marta  oshib  ketar  ekan.  Bunday  paytlar  A  vitaminiga  boy 
mahsulotlarni kundalik iste'molda ko‘paytirish kerak. 
12-  jadvalda  ko‘ringanidek,  ushbu  vitaminga  eng  boy  mahsulotlar  bu 
qoramol jigari, sabzi, chetan (ryabina), chakanda (oblepixa), petrushka va shu 
kabi ko‘katlar ekan. Sabzining nafaqat ildizmevasi, balki bargi ham karotinga 
boy  bo‘ladi,  shuning  uchun  uni  bemalol  salatlarga  qo‘shib  yoki  quritib 
olinganini  ovqatga  sepib  ishlatish  A  vitaminiga  bo‘lgan  ehtiyojni  qondirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
A  vitaminining  yetishmasligidan  yuzaga  keladigan  asosiy  kasalliklarga 
biri shabko‘rlikdir. Bunday olam qorong‘u tushishi bilan tevarakatrofni ko‘rmay 
qoladi.  Shabko‘rlik  belgilari  boryo‘qligini  aniqlash  uchun  qorong‘ulashtirilgan 
xonaga kirish bilan ko‘rish holatining qanday bo‘lishini tekshirib ko‘rish kerak. 
Agar  3-4  soniya  o‘tishi  bilan  qorong‘ulashtirilgan  xonadagi  narsalarni  ko‘ra 
boshlasangiz,  vujudingizda  bu  vitamin  yetarli  ekan.  8-10  soniyadan  keyin 
ko‘rish  tiklansa  oz,  15-20  soniyadan  keyingina  salpal  ko‘ra  boshlasangiz  u 
ancha kamayib ketgan bo‘ladi.  
Qadimgi  Xitoyda  va  O‘rta  Osiyoda  shabko‘rlikni  chala  pishirilgan  mol 
jigarini  iste'mol  qilish  bilan  davolashgan  chunki  yuqoridagi  jadvalda 
ko‘ringanidek,  100  g  jigarda  8,2  mg  retinol  bo‘ladi.  Ammo  bugungi  kunda 
bunday  amaliyotni  qo‘llash  tavsiya  etilmaydi.  Chala  pishgan  jigar  orqali 
exonokokkoz  bilan  kasallanish  mumkin.  Shabko‘rlik  o‘z  vaqtida  bartaraf 
qilinmasa,  yosh  chiqaruvchi  bezlarning  va  ko‘z  shox  qavatining  qurib  qolishi 
natijasida  odam  butunlay  ko‘rmay  qolishi,  kseroftalmiya  kabi  og‘ir  xastalikka 
mubtalo bo‘lishi mumkin.  
Biz yuqorida A vitamini yetishmasligidan terining quruqlashishi haqida 
gapirdik. Bu holat teridagi ter bezlarining kichrayib, tananing shu qismida ter 
ajralishiga salbiy ta'sir qiladi, nafas olish yo‘llari shilimshiqligi kamayib, tegishli 
xastaliklar  yuz  beradi  (og‘iz,  tomoq,  burun  bo‘shliqlarining  qurishi  va  b).  Shu 
sababdan  ham  nafas  va  o‘pka  yo‘llari  kasalliklari,  agar  tanada  A  vitamini 
yetishmasa,  tez  tuzalmay,  qaytalab  turadi.  A  vitamini  tanada  to‘qima  va 


157 
 
hujayralarning yangilanishi, yangidan hosil bo‘lishida ham faol qatnashadi. Shu 
sababli  yosh  bolalarning  me'yorida  o‘sishi  uchun  uning  yetarli  bo‘lishi 
muhimdir.  Bu  vitamin  yetishmasligidan  kelib  chiqadigan  kasalliklarni  oldini 
olishda  yuqoridagi  jadvalda  ko‘rsatilgan  hayvon  va  o‘simlik  mahsulotlaridan 
foydalanish ma'qul. Chunki avval aytib o‘tkanimizdek, tabiiy mahsulotlarda bir 
nechta  vitamin  va  ma'danli  moddalar  uyg‘unlashgan  holda  bo‘lib,  bunday 
holat  yetishmagan  vitaminning  vujud  tomonidan  o‘zlashtirib  olinishini 
yaxshilaydi.  Bu  borada  sabzi  sharbatini  alohida  ta'kidlash  lozim,  undan  har 
kuni  100  g,  ichib  turilsa  ko‘pgina  vitaminlar,  jumladan  A  vitaminiga  bo‘lgan 
ehtiyoj  qonadi.  Dorixonalardagi  mavjud  vitamin  preparatlaridan  boshqa  iloji 
bo‘lmaganida,  masalan,  kasallik  avjiga  chiqqanida,  tegishli  mahsulotlar 
muxayyo  bo‘lmaganida  va  boshqa  holatlarda  foydalanish  tavsiya  qilinadi. 
Tayyor  vitamin  preparatlarini  me'yoridan  oshiqcha  qabul  qilishning  xavfli 
tomoni  ham  bor.  Bu  A  gipervitaminozi  deyiladi.  Agar  tanaga  undan  15  mg 
yuborilsa zaharlanish sodir bo‘lib, bosh og‘rishi, qayt qilish, soch tushib ketishi 
kabi  holatlar  ro‘y  beradi.  Lekin  bu  vitaminni  uning  tabiiy  manbalari  hisobiga 
me'yoridan  ko‘p  qabul  qilgan  bilan  yuqoridagi  zaharlanish  holati  ro‘y 
bermaydi.  Chunki,  birinchidan,  yegulik  mahsulotlaridan  shuncha  birlikdagi 
vitamin bor ovqat yeyilmaydi, va ikkinchidan qayd qilinganidek, hyech qanday 
tabiiy manbada faqat sof A vitamini mavjud bo‘lmaydi. 
A vitamini haroratga ancha chidamli bo‘lib, oziqovqatlar pishirilganidan 
keyin,  bu  vitaminning  ko‘pi  bilan  30%    yo‘qoladi.  Bir  vaqtning  o‘zida  u 
ultrabinafsha  nurlar,  havodagi  kislorod  va  yog‘  kislotalarining  oksidlanish 
mahsulotlari ta'sirida tez parchalanib ketadi.  
O‘simlik  mahsulotlaridagi  karotin  ichak  va  jigarda kimyoviy  o‘zgarishga 
uchrab retinolga aylanadi. Qizil sabzi tarkibida karotin sariq sabziga qaraganda 
9 marta ko‘p bo‘ladi. 
 

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish