224
yuritib, mutafakkirdan avval yaratilgan xamsalar va ularning bu sohadagi asarlaridan Navoiy
―Xamsa‖ sining farqli jihatlariga to‗xtalib o‗tadi. Qolaversa, ―Xamsa‖ ning tarkibiga kiruvchi
dostonlarni ham birin-ketin sharhlaydi.
1940-yilda nashr etilgan ―Родоначалъник узбекской литературы‖ to‗plamida E.E.Bertels-
ning ―Layli va Majnun‖, Hamid Olimjonning ―Farhod va Shirin‖ dostonlariga bag‗ishlab
yozilgan maqolalarini o‗z ichiga olgan edi. Shu yillarda S.Ayniy ―Xamsa‖ ni nashrga tayyorladi
va nashr ettirdi. Bu orqali o‗zbek kitobxonlari Navoiy asarlaridan bahramand bo‗ldi. XX asrning
50-60-yillarda Navoiy asarlarining matnini yaratish va asarlarini ommalashtirish ishlari jadallik
bilan kechdi. Adabiyotshunos Porso Shamsiyev boshchiligida Navoiy ―Xamsa‖
214
si nashr etildi.
Shundan so‗ng birin-ketin Navoiy ―Xamsa‖ si bilan bog‗liq asarlar yaratila boshlandi.
Adabiyotshunos olim To‗xtasin Jalolovning ―Xamsa‖ talqinlari‖ (1962), A.Hayitmetovning
―Hayrat ul-abror‖ ning nasriy tavsifi‖ (1974), Sodir Erkinovning ―Navoiy ―Farhod va Shirin‖i va
uning qiyosiy tahlili‖ (1971), A.Qayumovning ―Saddi Iskandariy‖ (1975) asari va boshqa
kitoblar yaratildi, nashr etildi.
Alisher Navoiygacha o‗zbek adabiyotida
epik asarlar juda kam edi, shoir o‗z ―Xamsa‖ si
bilan o‗zbek epik adabiyotini mislsiz boyitdi. Yozuvchi va taniqli olim Oybek hazrat Navoiy
―Xamsa‖ si va uning tarkibidagi dostonlarga mufassal to‗xtalib o‗tadi. Xususan, ―Hayrat ul-
abror‖ ―Xamsa‖ dagi boshqa dostonlardan ajralib turadi, - deydi Oybek
215
. Bu doston axloq,
odobga doir masalalarni ko‗rsatadigan ta‘limiy xarakterdadir. Asarda ijodkor inson va uning
hayoti qanday bo‗lishi kerak? U nimalardan saqlanishi kerak? Kabi savollarga Navoiy o‗z
asarida chuqur hayot falsafasi va o‗zining to‗plagan tajribalari, fikrlariga suyanib javob beradi.
Shoir talqin etmoqchi bo‗lgan
fikrlarni, oddiy turmushdagi misollar bilan izohlaydi, yanada
aniqlashtiradi. Qolaversa Oybek Navoiyning ayrim maqolotlaridan misollar keltirib, din va
tariqat pardasi ortida xalqni talovchi iflos, munofiq, johil shayx ham voizlarni,
soxta olimlarni,
hiylakor muftiylarni, olchoq, aldamchi yozuvchilarni va hokazolarni qattiq tanqid qilgan
o‗rinlarini ko‗rsatib beradi.
Oybek ―Xamsa‖ ning ikkinchi ―Farhod va Shirin‖ dostoniga to‗xtalib o‗tar ekan, bu doston-
ning asosi ishq ekanligini ta‘kidlaydi. Lekin Farhodning Shiringa bo‗lgan afsonaviy, ishqiy
hikoyasining inkishofida Navoiy muhim ijtimoiy, hayotiy, insoniyat taraqqiyoti uchun zarur
bo‗lgan masalalarni hal qilishga tirishadi. Dostonda boshidan-oxirigacha o‗tkazilgan
tub fikr
ma‘naviy ozodlikka, axloqiy kamolotga erishuv, bunga to‗sqinlik qiluvchi qora kuchlar bilan
kurash, o‗z orzulari oldida toj-taxtdan, hayot lazzatidan, hatto o‗z umridan ham kechishga iroda
sohibi bo‗lishdir, - deya asarni yuksak e‘tirof etadi. Shu bilan bir qatorda Navoiy ―Xamsa‖ sining
boshqa dostonlariga ham to‗xtalib, dostonlarning mavzu ko‗lami, fikriy mundarijasi, obrazlar
orqali tashilayotgan ma‘nolarga o‗z munosabatini bildiradi. Oybek o‗z maqolasining so‗ngida
turkona lutf bilan go‗zal asar yaratgan Navoiy dahosiga taxsinlar aytadi.
Alisher Navoiy ―Xamsa‖ si haqida tadqiqot olib brogan navoiyshunos va xamsashunos
olima Suyma G`aniyevadir. Olima o‗zining ―Alisher
Navoiy
216
‖ nomli kitobida ―Xamsa‖ asari
tarkibidagi dostonlarga mufassal to‗xtalib o‗tadi. Navoiy bu dostonlari orqali nima demoq-
chiligini, dostonlar tashiyotgan ma‘nolarni ochishga, tahlil qilishga harakat qiladi. Xususan,
olima ―Hayrat ul-abror‖ dostoni haqida so‗z yuritib, Navoiy Hirot taxtining vorisi hisoblangan
shahzoda Badiuzzamon mirzoga alohida bobda nasihatlar bilan murojaat qilgan o‗rinlarni
keltiradi va bu orqali Navoiy o‗z idealidagi shoh haqidagi orzularini bayon qilganini yozadi.
214
Алишер Навоий, Хамса. - Тошкент, ЎзСССР ФА нашриѐти, 1960
215
Ойбек. Мукаммал асарлар тўплами. 13-том. Тошкент: Фан, 1979.
216
Ғаниева С. Алишер Навоий. – Т.: Фан, 1968.
225
―Xamsa‖ni tashkil qiluvchi bu besh doston ulug‗ shoir tomonidan alalabadga o‗rnatib
ketilgan besh bebaho haykal bo‗lib, ularning har biri o‗zining salobati va nafosati, viqori va
nurafshonligi, jilosi va zavqbaxshligi bilan hali qancha-qancha
avlodlarni hayratga soladi,
ularning qalb-u aqliga beo‗lchov ma‘naviy oziq baxsh etadi. Dostonlarda ifodalangan umumin-
soniy orzular, go‗zallik madhlari, qayd etilgan haqiqatlar umumbashariy ahamiyatga egadir. Bu
g‗oyalar asar yaratilgan davrda ham, bugungi kunda ham, bizdan keyin ham yangicha ahamiyat
kasb etaveradi.
Alisher Navoiy o
ʻ
z ―Xamsa‖ siga axloqiylik baxsh etayotganda, axloqiy tamoyillarini biror-
tasini ham nazardan chetda qoldirmaydi. U adolat masalasi bo
ʻ
ladimi, odob, ta‘lim-tarbiya
muammosi bo
ʻ
ladimi, ijtimoiy-siyosiy fikrlar bo
ʻ
ladimi barchasiga Navoiy to
ʻ
xtalib o
ʻ
tishga
harakat qilgan va bu mavzular doirasida o
ʻ
z qarashlarini bayon etgan. Navoiy o
ʻ
z axloqiy
qarashlarini bevosita yaxshi fazilatlarni kuylash orqali ifoda etish bilan
birga yomon illatlarini
ko
ʻ
rsatish bilan ham o
ʻ
z fikrlarini bayon etadi. Yaxshiliklarni targ‗ib etishda Navoiy insoniylikni
olg‗a suradi, ya‘ni uning fikricha inson faqat yaxshiliklar bilan o
ʻ
z nomini oqlashi, yomonliklar
esa, insoniylikdan yiroqlashtirishi ta‘kidlanadi.
Axloqiylik jihatidan yaxshi sifatlarga erishish masalasini Navoiy e‘tiqodga olib borib
taqaydi. Uning fikricha, imonli kishi barcha yaxshilik-lari ma‘lum ma‘noda o
ʻ
zida mujassam-
lashtirgan bo
ʻ
ladi. Muammolarning ham shu nuqtai-nazardan turib yechilishini maqsadga mu-
vofiq, deya ta‘kidlaydi. Navoiy asarlaridagi axloqqa doir fikrlar xoh amaliy axloqqa, xoh naza-
riyasiga taalluqli bo
ʻ
lsin, ular ulkan bir davr axloqiy qarashlari-ning bir ko‗rinishi sifatida doimo
tadqiq va tatbiqqa loyiqdir. Barcha davrlar uchun birdek ahamiyatli bo
ʻ
lgan Navoiyning qarash-
lari, shu bilan birga o
ʻ
z davri axloqiy manzarasini tasavvur qilishimizga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: