O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti huhquqshunoslik fakulteti milly g`oya yo`nalishi



Download 73,81 Kb.
Sana19.10.2022
Hajmi73,81 Kb.
#854304
Bog'liq
mantiq


Mantiq fanining predmeti va rivojlanishining asosiy bosqichlari. Formal mantiqnini asosiy qonunlari va prinsiplari
Mantiq fanining predmeti va rivojlanishining asosiy bosqichlari. Formal mantiqnini asosiy qonunlari va prinsiplari
Reja:
1. Mantiq fanining predmeti va ahamiyati.
2. Mantiq fani va til.
3. Mantiq fani rivojlanishining asosiy bosqichlari.
4. Formal mantiqning asosiy qonunlari va prinsiplari.
Formal mantiqning sohalari
Klassik (Aristotel mantig’i) mantiqi tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini an’anaviy metodlar vositasida o’rganadi.
  • Matematik mantiq tafakkurning tuzilishini simvollar bilan ifodalab matematik metodlar vositasida o’rganadi

MANTIQNING MA’NOSI
Olamdagi narsa va holisalarning rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatlari b’ektiv mantiqda ifodalanadi.
Fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlar sub’ektiv mantiqda ifodalanadi.
Mantiq tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fandir (formal mantiq).
Mantiq hodisalar o’zaro aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob’ektivlik, tarixiylik va mantiqiyliklikning yaxlitlgi, abstraklikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi (dialektik mantiq).
Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari
Таfakkur borliqni umumlashgan obrazlarda ifodalaydi;
Таfakkur borliqni bilvosita ifodalaydi;
Таfakkur til bilan uzviy bog’liq;
Таfakkur – voqelikni faol in’ikosi jarayonidir.
Bilish bosqichlari
Hissiy bilish – sezgi (ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri orqali sezish), idrok va tasavvur.
Aqliy bilish (tafakkur) – tushuncha, hukm va xulosa chiqarish.
Tafakkur shakllari
Tushuncha – predmetlarning umumiy va muhim belgilarini inson ongida aks ettiruvchi tafakkur shakli;
Hukm – predmetlarning xossalari va munosabatlarini tasdiq yoki inkor shaklida ifodalagan tafakkur shakli;
Xulosa chiqarish – bir yoki undan ortiq hukmlar asosida yangi hukmni hosil qiluvchi tafakkur shaklidir.
Tafakkur va til
Таfakkur va tiluzviy bog’liq;
Tafakkur shakllari; тushunchalar so’z va so’z birikmalari bilan, hukmlar gap bilan, xulosa chiqarish esa bir necha o’zaro aloqador gaplar bilan ifodalanadi;
Til fikrni ifodalash vositasi;
Belgilarning asosiy xususiyatlari
Belgi – bilish jarayonida ma’lum bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi moddiy ob’ektdir;
Belgining tiplari – indekslar, obrazlar, simvollar;
Belgilar o’z ma’no va mazmuniga ega;
Semiotika – belgilarni o’rganuvchi fan.
Semiotikaning bo’limlari
Sintaksis – belgilarning o’zaro munosabatini, y’ani gap tuzilishi qoidalarini o’rganadi;
Semantika – belgi bilan u ifoda qilayotgan predmet o’rtasidagi munosabatni hamda belgilar mazmunini o’rganadi;
Pragmatika – kishilarning belgilarga munosabati hamda belgilar vositasidagi kishilar o’rtasidagi munosabatni o’rganadi.
FORMAL MANTIQNING ASOSIY QONUNLARI (PRINTSIPLARI)
Formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani o’rganadi. Bu aloqa va bog’lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo’ladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar bir-biri bilan bеvosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo’lib fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va еtarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi.Formal mantiq qonunlari ob'еktiv xaraktеrga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi.
AYNIYAT QONUNI
Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday fikr mulohaza jarayonida o’ziga aynan (a-a dir yoki aqa) va aniq, qat'iy mazmunga ega bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo’lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib kеladi.
Nozidlik qonuni
Nozidlik qonuni mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bo’lishi bilan xaraktеrlanadi. Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida o’z ifodasini topadi. Nozidlik qonuniga ko’ra ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga to’g’ri yoki birdaniga xato bo’la olmaydi har doim ulardan biri to’g’ri bo’lsa, ikkinchisi xato bo’ladi. Bu tamoyil qo’yidagicha ifodalanadi A va A emas formulasi ? (R G`g` R) R va R emas bir vaqtda chin bo’la olmaydi. ? - bеlgisi inkorni anglatadi.
Uchinchisi istisno qonuni
Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatdagi hukmlarga ta'luqli bo’lsa, uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatdagi hukmlarga xosdir.
U qo’yidagicha ifodalanadi: bir prеdmеt haqidagi ikki zid fikrning biri to’g’ri ikkinchisi noto’g’ri, uchinchisi istisno bo’ladi.
Еtarli asos qonuni
Bizning u yoki bu fakt, jarayon, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bo’lishi mumkin. Har bir chin fikr o’zining etarli asosiga ega va biz chin fikrni fikrlash jarayonida uni chinligini, ya'ni voqеlikga mos kеlishini ko’rsatishimiz lozim. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga ta'lim bеrish jarayonida o’zi ifodalayotgan fikrlarni, asoslab bеrishi lozim. Shundagina u o’quvchilar uchun ishonarli bo’ladi.
E`TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
Download 73,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish