O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

7.3. Yer
osti suvlarining harakati 
Namlikning tuproq tarkibiga o‘tishi shimilish - 
infiltratsiya 
jarayoni 
natijasida ro‘y beradi. Atmosfera yog‘inlaridan hosil bo‘lgan suv quruq 
tuproqqa tushib, dastlab, kapillyar kuchlar ta’sirida tuproqning yuza 
qismida shimiladi. Sekin-asta juda kichik bo‘shliqlar to‘lib boradi. Ular 
to‘lganidan so‘ng og‘irlik kuchi natijasida quyi tomon harakat qiladi. Bu 
laminar rejimli harakat bo‘ladi. Yuqorida aytilganidek, tuproq va 
gruntlarda nisbatan yirik bo‘shliq va yoriqlar bo‘ladi. Suv ular orqali 
turbulent rejimli harakat
ko‘rinishida chuqur qatlamlarga o‘tishi mumkin. 
Bu jarayon 
inflyuatsiya 
deyiladi.
 
Shimilishni miqdoriy xarakterlash uchun uning 
tezligi 
va 
yig‘indi 
miqdori
ishlatiladi. 
Shimilish tezligi
 
deganda vaqt birligi ichida tuproqqa 
shimilgan millimetr hisobidagi suv miqdori tushuniladi. 
Yig‘indi miqdor
 
esa ma’lum vaqt ichida shimilgan suvni xarakterlaydi. Shimilish tezligi 
faqatgina tuproq gruntining tabiiy xususiyatlarigagina bog‘liq bo‘lib 
qolmay, balki ularning namligi bilan ham belgilanadi. Agar tuproq quruq 
bo‘lsa, uning shimilish tezligi katta bo‘ladi. Yomg‘ir boshlanganda 
shimilish tezligi yomg‘irning yog‘ish tezligiga yaqin bo‘ladi, ya’ni yoqqan 
yomg‘ir tuproqqa butunlay shimiladi. Tuproq­gruntning namligi ortishi 
bilan shimilish tezligi kamaya boradi va ma’lum vaqtdan so‘ng o‘zgarmas 
bo‘lib qoladi. 
Shimilish tezligining vaqt bo‘yicha o‘zgarishini quyidagi ifoda 
yordamida aniqlash mumkin: 
t
c
t
e
f
f




0
bu yerda: 
t
f
- t vaqtdagi shimilish tezligi, 
0
f
- boshlang‘ich shimilish 
tezligi, 
e
- natural logarifm asosi, 
c
- tuproq-gruntlarning fizik 
xususiyatlarini xarakterlaydigan kattalik. 
Yuqorida aytilgan laminar va turbulent rejimli harakat gidrostatik 
bosim ta’sirida vujudga keladi. Suv yuqori sathdan quyi sathga qarab 


72 
harakatlanadi. Tabiiy sharoitda, agar suvli gorizontdagi suv sathidan ochiq 
havzalar (daryolar, ko‘llar) sathi pastda joylashgan bo‘lsa, yer osti suvlari 
shu tomonga qarab harakatda bo‘ladi, aks holda esa suvning tuproq 
tomonga yo‘nalgan harakati kuzatilishi mumkin. 
Ayrim hollarda suvli qatlamdagi suv zovurlar yoki quduqdagi suvni 
chiqarish yo‘li bilan ham harakatga keltirilishi mumkin. Sug‘oriladigan 
yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda mana shu jarayon kuzatiladi.
Yer osti suvlarining harakati fransuz olimi A.Darsi qonuniga 
bo‘ysunadi va uning sarfi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 

h
К
F
Q




bu yerda: Q - suv sarfi, m
3
/s; F - shu suv o‘tayotgan qatlam ko‘ndalang 
qirqimining yuzasi, m
2
; K - filtratsiya koeffitsiyenti; h - bosim balandligi, 
m; 

- yer osti suvlari oqimining yo‘li, m. Bosim balandligi (napor) miqdori 
ikkita kesimda kuzatilgan sathlarning farqi ko‘rinishida topiladi: h = H
1
-H
2
(17-rasm, b). 
Bosim ta’sirida suv A kesmadan V kesma tomon harakatlanadi. 
Bosim gradiyenti yoki gidravlik nishablik deb 

h
i

nisbatga aytiladi. Agar 
yuqoridagi suv sarfini hisoblash ifodasining har ikki tomonini F ga bo‘lib 
yuborsak, u holda: 
i
К
h
К
V





ifodaga ega bo‘lamiz, bu ifodada V - filtratsiya (sizib o‘tish) tezligi bo‘lib, 
yer osti suvlarining tezligini ifodalaydi. Yuqoridagi F esa butun yuzani 
ifodalaydi, amalda esa suv tog‘ jinslari orasidagi bo‘shliqlar bo‘yicha 
harakatlanadi. Shuning uchun ushbu ifoda yordamida topilgan tezlik 
haqiqiy tezlikni bermaydi. 
Yer osti suvlarining haqiqiy tezligi quyidagi ifoda yordamida 
aniqlanadi: 
P
F
Q
U



bu yerda: P - bo‘shliq koeffitsiyenti. Haqiqiy harakat tezligi filtratsiya 
tezligidan katta bo‘ladi, chunki P 

1. 
Filtratsiya koeffitsiyenti K ning qiymati gidravlik nishablik 
i
= 1 
bo‘lganda, filtratsiya tezligiga teng bo‘lib, 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish