O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

suv havzalari 
gidrokimyosi 
(E.M.Vidineyeva, Q.A.Domlajonov, B.A.Baxriddinov, 
E.I.Chembarisov, B.E.Adenbayev), 
suv resurslarini muhofaza qilish
(R.M.Razaqov, 
Sh.A.Muradov, 
D.Yu.Yusupova, 
Yo.Q.Xayitov), 
paleogidrologiya
(G.N.Trofimov, 
F.Ya.Artikova), 
gidroekologiya
(A.Nazarov, A.Abdurahmanov, Z.S.Sirliboyeva, S.R.Saidova), 
suv 
resurslarini xaritalashtirish
kabi yangi yo‘nalishlar ham ko‘zga tashlana 
boshladi. Ayni paytda, mazkur yangi ilmiy yo‘nalishlarda o‘quv 
adabiyotlarini tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, 
ilmiy maktabda shakllangan olim va mutaxassislar (X.A.Toychiyev, 
V.E.Chub, F.Xikmatov, G.N.Trofimov, Yu.N.Ivanov, Z.S.Sirliboyeva, 
S.R.Saidova, D.P.Aytbayev, G‘.X.Yunusov, E.R.Semakova, X.Magdiyev 
va boshqalar) tomonidan ilk bor yaratilgan 
«Orol havzasi yer usti suvlari 
kartasi» 
(masshtab: 1:1000000, 2004) hamda 
«O‘zbekiston yer usti suvlari 
atlasi»
(2006, 2008) fikrimizning yorqin dalilidir. Yoki, O‘zbekiston 
Milliy 
universitetida 
“Gidrokimyo” (mualliflar: B.E.Adenbayev, 
Z.S.Sirliboyeva, 
Z.F.Hakimova, 
M.M.Mirxoliqova, 
2014) 
o‘quv 
qo‘llanmasi chop etildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi – 
O‘zgidromet, uning Gidrometeorologiya ilmiy tekshirish instituti, 
O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 
Geologiya va geofizika instituti, Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya 
instituti, shu institut qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari instituti, 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, 
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa vazirliklar tizimidagi qator 
muassasasalar gidrologik tadqiqotlarning asosiy markazlariga aylandi. 
Ularning barchasida gidrologik tadqiqotlar va, umuman, gidrologiya 
fanining rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mustaqillik 
yillarida 
respublikamizda 
gidrologiya 
va 
gidrometeorologiya sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashning uzluksiz 
tizimi yaratildi. Bu tizim o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’limning 
bakalavriatura va magistratura bosqichlari, oliy ta’limdan keyingi 
bosqichlarini qamrab oladi. Jumladan, hozirgi kunda mamlakatimizda 
gidrologiya, gidrometeorologiya va suv xo‘jaligi sohalari bo‘yicha kichik 


33 
mutaxassislar tayyorlaydigan qator maxsus kasb-hunar kollejlari faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Uning davomi sifatida O‘zbekiston Milliy universiteti, 
Samarqand davlat universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya 
instituti, Toshkent davlat texnika universiteti kabi oliy o‘quv yurtlarida 
gidrologiya bakalavrlari va magistrlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi “Oliy 
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan 
o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, 
mamlakatimizda gidrologiya sohasida ham katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. 
O‘zbekiston 
Milliy 
universiteti 
va 
O‘zgidromet 
qoshidagi 
Gidrometeorologiya ilmiy tekshirish institutida 
11.00.03 – Quruqlik 
gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo 
hamda Toshkent Irrigatsiya va 
melioratsiya institutida esa 
05.23.09 – Gidravlika va muhandislik 
gidrologiyasi 
ixtisosliklari bo‘yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchi va 
mustaqil tadqiqotchi institutlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi 
fikrimizning yorqin dalilidir. 
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz mustaqilligi yillarida 
respublikamizda gidrologik tadqiqotlarning asosiy markazlari hisoblangan 
O‘zgidromet, uning Gidrometeorologiya ilmiy tekshirish instituti, 
O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya 
instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Geologiya va geofizika 
instituti, shu institut qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari instituti 
olimlari gidrologiya fanining rivojiga hamkorlikda hissa qo‘shmoqdalar. 
Bu holat tog‘li hududlar gidrologiyasi ilmiy maktabining kelajakdagi 
istiqboli yanada porloq ekanligidan dalolat beradi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish