O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

 
 
1.3. Gidrologiyaning tadqiqot usullari 
Daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv havzalarida 
kechadigan hodisalar qonuniyatlarini to‘la o‘rganish, ulardan tegishli 
xulosalar chiqarish maqsadida gidrologiyada turli xil tadqiqot usullaridan 
foydalaniladi. Ular ichida eng asosiylari 
statsionar, ekspeditsiya
va 
tajriba­ laboratoriya
usullaridir. 
Statsionar
 
usulda suv obyektlari (daryolar, ko‘llar, muzliklar)ning 
gidrologik rejimi elementlari ko‘p yillar davomida kunning ma’lum 
belgilangan soatlarida muntazam ravishda kuzatib boriladi. 
Ma’lumki, suv havzalarining gidrologik rejimi tabiiy geografik 
omillar, birinchi navbatda, iqlim ta’sirida bo‘lib, suv sathi, suv sarfi, suv 
harorati, muzlash hodisalari, erigan moddalar hamda loyqa oqiziqlar oqimi 
va boshqa elementlarning kunlik, mavsumiy, yillik va ko‘p yillik 


34 
o‘zgarishlarida namoyon bo‘ladi. 
Statsionar usulda suv obyektlaridagi kuzatish ishlari, fan va amaliyot 
ehtiyojlarini hisobga olib, mutaxassislar tomonidan maxsus ishlab 
chiqilgan yagona dastur va qo‘llanmalarga qat’iy amal qilgan holda 
bajariladi. Mamlakatimiz daryolari, ko‘llari, suv omborlari va muzliklarida 
bu ishlar, asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tizimiga qarashli 
gidrologik postlar va stansiyalarda
amalga oshiriladi. Ayrim hollarda bu 
usuldagi tadqiqotlar tegishli muassasalar, masalan, Qishloq va suv xo‘jaligi 
vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va boshqa tarmoq 
muassasalariga qarashli kuzatuv joylarida ham o‘tkazilishi mumkin. 
Ekspeditsiya
 
usulida ma’lum hududdagi nisbatan kam o‘rganilgan 
yoki umuman o‘rganilmagan suv obyektlari to‘g‘ridan­to‘g‘ri dala 
sharoitida, umumiy tarzda yoki aniq bir yo‘nalishdagi maqsadni ko‘zlab 
tadqiq etiladi. Bu usulda bajarilishi zarur bo‘lgan gidrologik o‘lchash va 
kuzatish ishlari majmui, ekspeditsiya oldiga qo‘yiladigan vazifalarga 
bog‘liq holda, oldindan tuzilgan dasturda batafsil ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Ekspeditsiya sharoitida, asosan, makonda keng miqyosda o‘zgaruvchi, 
lekin ma’lum vaqt ichida kam o‘zgaradigan gidrologik hodisalar va 
jarayonlar tadqiq qilinadi. 
Ekspeditsiya usulida o‘rganilayotgan hudud gidrografik tarmoqlarida 
nisbatan qisqa muddatli (bir necha oydan to bir­ikki va ba’zan undan ham 
ko‘p yillarda) o‘lchash va kuzatish ishlari bajariladi. Bu esa kerakli 
gidrologik 
ma’lumotlarni to‘plashga imkon beradi. Ekspeditsiya 
sharoitidagi izlanishlar natijasida to‘plangan barcha gidrologik va boshqa 
turdagi ma’lumotlar tegishli hisobotda umumlashtiriladi va ulardan aniq 
xulosalar chiqariladi. Bu xulosalar asosida, ekspeditsiya ma’lumotlariga 
tayangan holda, hududning suv zaxiralaridan xalq xo‘jaligining turli 
tarmoqlarida foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar 
beriladi. 
Respublikamizda har yili O‘zgidromet, Qishloq va suv xo‘jaligi 
vazirligi, Fanlar akademiyasi va boshqa suv tadqiqotlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
muassasalar tizimlarida bir qancha maxsus ekspeditsiyalar tashkil etiladi. 
Ularning har biri o‘zining ma’lum maqsad va vazifalariga ega bo‘ladi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish