O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


 Daryo havzasining suv balansi, gidrologik yil



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

10.3.5. Daryo havzasining suv balansi, gidrologik yil 
 
Suv balansi materiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra quyidagi aniq 
tenglikka asoslanadi: har qanday ixtiyoriy yuza bilan chegaralangan 
maydonga ma’lum vaqt davomida kelib qo‘shiladigan suvlarning yig‘indisi 
(

kirim
) bilan undan tashqariga chiqib ketadigan suvlarning yig‘indisi 
(

chiqim
) orasidagi farq shu maydonda suvning ko‘payishi yoki kamayishiga 
(

U) teng bo‘ladi, ya’ni: 

kirim
-

chiqim


U


Ushbu tenglik har qanday ixtiyoriy yuza bilan chegaralab olingan 
maydon va har qanday vaqt oralig‘i uchun to‘g‘ri bo‘ladi. Ko‘pchilik 
hollarda shu ko‘rinishdagi suv balansi hisob-kitoblari daryo havzalari, 
ko‘llar va suv omborlari uchun amaliy masalalarni hal etish maqsadida 
bajariladi. 
Qo‘yilgan vazifa hamda mavjud ma’lumotlarga bog‘liq holda suv 
balansi to‘la va juz’iy (to‘la bo‘lmagan) bo‘lishi mumkin.
Barcha kirim va chiqimni tashkil etuvchilarni, shuningdek, 
o‘rganilayotgan tabiiy maydonning yer usti va yer osti suvlari zaxiralari 
o‘zgarishini hisobga olib tuzilgan balans 
to‘la suv balansi
 
deb ataladi.


129 
Agar balans elementlaridan bir yoki bir nechtasini o‘lchash imkoni 
bo‘lmasa va ular suv balansi tenglamasining qoldiq a’zosi sifatida 
aniqlansa, bunday balans 
juz’iy
(taxminiy) 
suv balansi
 
deb ataladi.
Ilmiy va amaliy maqsadlarda yetarli vaqt oralig‘i (bir yil yoki 
o‘rtacha ko‘p yil) uchun tuzilgan suv balanslaridan foydalaniladi. 
Ixtiyoriy tanlangan, yuqoridan yer yuzasi bilan, yon tomonlardan 
uning sirti konturi bo‘ylab o‘tuvchi tik yuzalar bilan va pastdan suv 
o‘tkazmas tog‘ jinslari qatlami bilan chegaralangan hajm (havza) uchun 
suv balansi tenglamasining umumiy ko‘rinishini aniqlash muhim ilmiy va 
amaliy ahamiyatga ega. 
Yuqoridagi shartlarni bajaradigan havza uchun suv balansining 
kirim 
qismi
 
quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
- ko‘rilayotgan hajm yuzasiga yoqqan atmosfera yog‘inlari (X); 
- havza yuzasida va tuproq-gruntlarda kondensatsiyalangan namlik 
miqdori (E
1
); 
- havzaga yuza suv oqimi, jilg‘alar, soylar, daryolar ko‘rinishida 
kelib qo‘shilgan suv miqdori (U
1 yuza
); 
- yer osti oqimi ko‘rinishida qo‘shilgan suv miqdori (U
1 yer osti
). 
Suv balansining 
chiqim qismi
 
quyidagi tashkil etuvchilardan iborat 
bo‘ladi: 
- ko‘rilayotgan hajm yuzasidan bo‘lgan bug‘lanish (E
2
); 
- havzadan yuza suv oqimi, jilg‘alar, soylar, daryolar ko‘rinishida 
chiqib ketgan suv miqdori (U
2 yuza
); 
- havzadan yer osti oqimlari ko‘rinishida chiqib ketgan suv miqdori 
(U
2 yer osti
). 
Balansning kirim qismi uning chiqim qismidan ko‘p bo‘lsa, 
ko‘rilayotgan hajmda namlik zaxirasi orta boradi va aksincha, chiqim 
qismining kirim qismidan ko‘p bo‘lishi hajmdagi namlik zaxirasining 
kamayishiga sabab bo‘ladi. Shu tufayli tenglamaning kirim va chiqim 
qismlari orasidagi tenglikni hosil qilish uchun uning kirim qismiga U
1
ni, 
ya’ni vaqt oralig‘i boshida shu hajmdagi namlik zaxirasini hisobga oluvchi 
a’zoni va tenglamaning chiqim qismiga U
2
ni, ya’ni vaqt oralig‘i oxiridagi 
namlik zaxirasini hisobga oluvchi a’zoni qo‘shish kerak. Shularni e’tiborga 
olib, daryo havzasining suv balansi tenglamasi quyidagi ko‘rinishda 
yoziladi: 
X + E

+ U
1 yuza
+ U
1 yer osti 
+ U
1
= E
2
+ U
2 yuza
+ U
2 yer osti
+ U
2 . 
Tenglamani soddalashtirish maqsadida quyidagicha yozamiz: 
X = (E

- E
1
) + (U
2 yuza
-U
1 yuza
) + (U
2 yer osti
-U
1 yer osti
) + (U
2
-U
1
). 


130 
Oxirgi ifodada
U
2 yuza 
– U
1 yuza 
= U, 
E

– E
1
= E, 
U
2 yer osti
-U
1 yer osti 
= U
er
osti
va 
U
2
-U
1


U ekanligini hisobga olib, daryo havzasining suv balansi 
tenglamasini quyidagicha ixchamlashtirish mumkin: 
X = U = E + U
er
osti

U. 
Ko‘p hollarda daryo havzasining suv balansi tenglamasi 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish