8. MUZLIKLAR GIDROLOGIYASI
Muzliklar yer sirtining qor chizig‘i chegarasidan yuqori qismida,
relyef hamda iqlim sharoiti qulay kelgan joylarda qorning to‘planishi va
zichlashishidan hosil bo‘ladi. Ular o‘zi joylashgan hududning iqlimiga,
daryolarining suv rejimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa, tog‘
muzliklari daryolarni to‘yintiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
8.1. Qor qoplami va uning xususiyatlari
Qor qoplami qorning yer sirtida to‘planishidan hosil bo‘ladi. Shamol
ta’sirida u yer sirtida notekis taqsimlanadi. Natijada, qor qoplamining
asosiy ko‘rsatkichlari
- qalinligi, strukturasi
(tuzilishi),
zichligi,
suv
miqdori
turli hududlarda turlicha bo‘ladi. Daryolarning suvliligi ko‘p
jihatdan ularning havzalarida yilning sovuq davrlarida to‘plangan qor
qoplami miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Tabiatda quruq va xo‘l qor qoplamlari bir-biridan farq qiladi. Quruq
qor qoplamining zichligi o‘rtacha 0,06 g/sm
3
ga teng bo‘lsa, xo‘l qor
qoplaminiki esa 0,20 g/sm
3
atrofida bo‘ladi.
Yer sirtida shunday yuza(sath)lar mavjudki, u joylarda qor
ko‘rinishida yoqqan atmosfera yog‘inlarining o‘rtacha yillik miqdori uning
erishiga va bug‘lanishiga sarf bo‘lgan qiymatiga teng bo‘ladi. Aniqrog‘i,
ma’lum balandlikda qor
to‘planishi
va uning
sarflanishi
muvozanatda
bo‘ladi. Relyef va iqlim sharoitlarining o‘zaro munosabati tufayli
vujudga
kelgan bunday sath
qor chegarasi
yoki
qor chizig‘i
deb ataladi.
Qor chizig‘idan pastda qor shaklida yoqqan yog‘inlarning miqdori
ularning erishga va bug‘lanishga sarflanishidan kam, qor chizig‘idan
yuqorida esa buning aksi bo‘ladi. Qor chizig‘idan yuqorida,
xionosfera
deb ataladigan qatlam doirasida, muntazam ravishda qorning to‘planishi
kuzatiladi. Xuddi shu xionosfera chegarasida doimiy qorliklar va muzliklar
hosil bo‘ladi. Xionosfera qatlamidan yuqoriga ko‘tarilgan sari esa
yog‘adigan qor miqdori sarf bo‘ladiganidan kamaya boradi.
Qor chizig‘ining geografik kengliklar bo‘yicha taqsimlanishi 8.1-rasmda
keltirilgan. Qor chizig‘i qutb doirasida, havo haroratining pastligi tufayli,
okean sathigacha tushadi. Jumladan, janubiy yarim sharda qor chizig‘i 62
0
janubiy kenglikdan boshlab okean sathiga to‘g‘ri keladi. Sababi, janubiy
yarim shar iqlimiga asosiy ta’sirini okean ko‘rsatadi. Qor chizig‘ining eng
baland nuqtasi subtropiklarda joylashgan (6400 m gacha). Ekvator havosi
nam bo‘lib, u yerda yog‘in miqdori bir muncha ortadi va qor chizig‘i
balandligi 4400-4900 m gacha tushib qoladi. Tog‘li hudududlarda qor
chegarasi balandligi yil fasllari bo‘yicha o‘zgarib turadi (8.2 - rasm).
79
Do'stlaringiz bilan baham: |