26
U
1937-yildan
O‘rta
Osiyo
davlat
universitetida, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda,
pedagogik faoliyat ko‘rsata boshlagan. Olim 1944-
yil sentyabridan unive
rsitetga to‘liq ishga o‘tib, bir yil o‘tgach, ya’ni
1945-yilda
professor
V.M.Chetirkin
bilan
birgalikda, O‘rta Osiyo
davlat universitetining
Geografiya fakultetida, O‘rta Osiyoda yagona
bo‘lgan «Quruqlik gidrologiyasi» kafedrasini tashkil
etdi. Ushbu kafedraning zimmasiga xalq xo‘jaligi,
ayniqsa, suv xo‘jaligi va gidrometeorologiya
xizmati uchun juda zarur bo‘lgan muhandis-gidrologlarni
tayyorlash, shu
maqsadda o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish, ushbu me’yoriy
hujjatlarda O‘rta Osiyoning o‘ziga xos bo‘lgan gidrologik xususiyatlarini
aks ettirish kabi vazifalar yuklandi.
V.L.Shuls 1949-yilda Leningrad,
hozirgi Sankt-Peterburgda
o‘zining «Реки Средней Азии» nomli monografiyasini chop ettirdi.
Asarning ilmiy va amaliy ahamiyati olimlar hamda mutaxassislar
tomonidan yuksak baholandi. Uning muallifi, ya’ni V.L.Shulsga
geografiya fanlari doktori ilmiy darajasi hamda professor unvoni berildi.
Shu yili V.L.Shuls «Quruqlik gidrologiyasi» kafedrasi mudiri lavozimini
egallab, unga qariyb chorak asr (1949-1973-yillar)
davomida rahbarlik
qildi.
Professor
V.L.Shuls
fan
va
ishlab
chiqarishning
o‘zaro
hamkorligiga alohida e’tibor qaratgan. U o‘zining ilmiy-pedagogik
faoliyatini ilmiy tadqiqot institutlari, suv xo‘jaligi korxonalari bilan
hamkorlikda
olib bordi, yirik loyihalarda maslahatchi-gidrolog sifatida
ishtirok etdi. V.L.Shuls tomonidan to‘plangan gidrologik ma’lumotlar, u
bergan ilmiy tavsiyalar Katta Farg‘ona, Toshkent, Janubiy Mirzacho‘l
kanallari, Farhod to‘g‘oni, Qayroqqum, Kosonsoy, Kattaqo‘rg‘on kabi suv
omborlari qurilishida asos sifatida qabul qilindi.
Olim o‘zining tadqiqotlari natijasida O‘rta Osiyo daryolari
oqimining hosil bo‘lish qonuniyatlarini aniqladi
va shu asosda ilk bor
ularni hisoblash usullarini ishlab chiqdi. Professor V.L.Shulsning ilmiy va
nazariy qarashlari uning 100 dan ortiq ishlarida, jumladan, 14 ta yirik
monografiyasida o‘z aksini topgan.
Hozirgi kunda olimning “Таяние
снежников в горах Средней
Азии” (Toshkent, 1956), “Реки Средней Азии” (Leningrad, 1965), “Реки
Афганистана” (Toshkent, 1967), “O‘rta Osiyo gidrografiyasi”
(hammuallif - R.Mashrapov, Toshkent, 1969) kabi yirik asarlari har bir
27
mutaxassisning kitob javonidan munosib o‘rin olgan.
Professor V.L.Shuls uzoq yillar (1959-1976) davomida O‘zbekiston
Geografiya jamiyatini uning prezidenti lavozimida boshqargan. Uning
ilmiy rahbarligida 20 dan ortiq fan nomzodlari va doktorlari tayyorlangan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati va ilmiy-pedagogik
kadrlar tayyorlash hamda
fanni rivojlantirishdagi katta xizmatlari e’tiborga olinib, professor
V.L.Shulsga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» (1958) unvoni
berilgan, u hukumat mukofotlari bilan taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: