O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulufbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


O‘zbekistonda gidrologik prognozlar xizmatining yo‘lga



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/186
Sana07.07.2022
Hajmi3,89 Mb.
#752457
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   186
Bog'liq
2 5274118169022173722

O‘zbekistonda gidrologik prognozlar xizmatining yo‘lga 
qo‘yilishi. 
O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda daryolar va boshqa suv 
havzalarida muntazam gidrologik kuzatishlar 1910-yildan boshlandi. 
Mamlakatimizda XX asrning birinchi choragidan dunyo amaliyotida ilk 
bor gidrologik prognozlar xizmati tarkib topa boshladi. Bunga 
V.G.Glushkov, E.M.Oldekop, L.K.Davidov kabi olimlar asos solgan. 
Ushbu ishlarga turtki bo‘lgan asosiy sababni qishloq xo‘jaligi 
sug‘orma dehqonchilikka asoslangan O‘zbekiston sharoitida gidrologik 
prognozlarning muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan 
tushuntirish mumkin. Shu tufayli bo‘lsa kerak, gidrologiyaning gidrologik 
prognozlar qismining rivojlanishida o‘zbekistonlik olimlarning xizmati 
katta bo‘lgan. Bu borada XX asrning boshlarida Toshkentda Turkiston yer 
holatini yaxshilash bo‘limining Gidrometriya qismi va Meteorologiya 
bo‘linmasi mutaxassislari va ilmiy xodimlari erishgan natijalar diqqatga 
sazovordir. Masalan, mazkur davlat muassasasida faoliyat olib borgan 
tadqiqotchi E.M.Oldekop 1911- yilda Chirchiq daryosi oqimi bilan uning 
havzasiga yoqqan atmosfera yog‘inlari o‘rtasida bog‘lanish mavjudligini 
isbotladi. Natijada, u dunyo amaliyotida ilk bor daryolar oqimini ularning 
havzalarida qish davomida to‘plangan yog‘in miqdorlariga bog‘liq holda 
uzoq muddatli prognozlash usuliga asos soldi. Demak, O‘zbekistonda 
gidrologik prognozlarning ilmiy asoslangan dastlabki usullarini ishlab 
chiqish tarixi 1911- yildan boshlanadi. 
Ushbu tadqiqotlar natijalariga tayangan holda, yuqorida nomi qayd 
etilgan rasmiy tashkilot 1917-yilda o‘zining O‘rta Osiyo daryolarida o‘ta 
kam suvli bo‘lishi haqidagi ilk ogohlantirishini matbuotda e’lon qildi. 
Ushbu “ogohlantirish”ni nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo miqyosida, 
birinchi marta, oldindan e’lon qilingan uzoq muddatli gidrologik prognoz 
sifatida qabul qilish lozim. 
Keyinroq, ya’ni o‘tgan XX asrning 20-yillari boshlarida gidrologik 
prognozlarni takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqotlar Toshkentda o‘z 
faoliyatini boshlagan O‘rta Osiyo Meteorologiya institutida davom ettirildi. 
Shu institut mutaxassislari tomonidan, L.K.Davidov rahbarligida 1923-


25 
yildan boshlab, O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi yirik daryolar 
oqimi haqida dastlabki uzoq muddatli prognozlar berila boshladi. Alohida 
qayd etish lozimki, bu turdagi prognozlar birinchi marta faqat 
O‘zbekistonda ishlab chiqilgan va iste’molchilarga yetkazib berila 
boshlagan. Masalan, Ukrainada Dnepr daryosi to‘linsuv davri oqimini uzoq 
muddatli 
prognozlash 
mumkinligini 
isbotlashga 
oid 
tadqiqotlar 
O‘zbekistondan 10-15 yil keyin, 1923-1927-yillardagina E.V.Oppokov 
rahbarligida amalga oshirilgan. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish