O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

geoekologik vaziyat
– muayyan geotizimlarda tabiiy 
geografik jarayonlar va inson xo‗jalik faoliyati bilan bog‗liq geoekologik 
muammolarning makon va zamonda almashinib kelishining ayni vaqtdagi 
holati: tabiiy landshaftlarning o‗zgarish holati; tabiat komponentlarining 
sifat va soniga ko‗ra holati; antropogen yuk holati; aholining salomatligi 
holati va h.k. 
Bunda nafaqat shu geotizimdagi, balki yon atrofdan tutash 
geotizimlardagi antropogen salbiy ta‘sirlarning ham bo‗layotgan oqibatini 
hisobga olinadi. Ma‘lumki, ifloslangan zaharli moddalar havo, suv va 
hayvonlar orqali mazkur geotizimga kirib keladi.
Geoekologik baholashning bosh maqsadi insonning qanday ekologik 
vaziyatlarda hayot kechirishini tavsiflash va u asosida yuzaga kelgan 
noqulay ahvolni yumshatish chora-tadbirlari majmuasini ilmiy asoslashdan 
iborat. 
Geoekologik vaziyatni baholash uncha uzoq bo‗lmagan tarixga ega. 
Shundan bo‗lsa kerak bu borada adabiyotlarda turlicha fikrlar uchraydi. 
―Hududlarda geoekologik vaziyatni baholash murakkab masala bo‗lib 
hozirgacha yagona fikrga kelingani yo‗q. Baholashda ekologik vaziyatning 
keskinligi bo‗yicha pog‗onalar soni, ularni ajratishdagi mezonlar turli 
mualliflarda bir xil emas. Hatto bir xil nom bilan ataladigan keskinlik 
darajasi mazmun jihatdan ham farq qiladi‖ (Raxmatullaev, 2007). Bu 
borada hanuzgacha poyoniga etkazilgan mantiqiy baholash prinsipi, 
uslubiyoti va usullari ishlab chiqilgani yo‗q‖ (Rafiqov, 1999). Demak, 


98 
geoekologik vaziyatni baholash mezonlari, metodologiyasi, uslublari ham 
turli mutaxassislarda har xil ekan. Bu holat bizningcha, birinchidan turli 
mamlakatlardagi tabiiy sharoit va geotizimlarning tabiiy imkoniyatlarini 
turlichaligi bilan, ikkinchidan geotizimlarga bo‗ladigan antropogen 
yukning har xilligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun mazkur masala 
yuzasidan O‗zbekistonda bajarilgan ishlarning tahlilini ko‗rib chiqishni 
ma‘qul topdik. 
O‗zRFA Geografiya bo‗limi tomonidan A.A.Rafiqov ilmiy 
rahbarligida tayyorlanib, 1992 yil nashr etilgan 1:1000000 masshtabli 
―O‗zbekiston Respublikasining ekologik kartasi‖ da ekologik vaziyat 
darajalari 13 ta indikatorlar asosida tavsiflangan va 5 ta pog‗onaga 
ajratilgan: qanoatlanarli, o‗rtacha qanoatlanarli, o‗rtacha, keskin, tang. 
Keyinchalik A.A.Rafiqov (1999) ushbu indikatorlarni takomillashtirib
sonini 16 taga etkazadi, shuningdek 13 ta indikatordan 5 tasining o‗rniga 
boshqalarini taklif qiladi. Ushbu indikatorlardan ―O‗zbekiston tabiatni 
muhofaza qilish kartasi‖ ni (2003) tuzishda foydalanib geoekologik 
vaziyatlar landshaftlarning o‗zgarganlik darajasi sifatida etti pog‗onali 
shkalada berilib ranglarda tasvirlangan. Mazkur kartani tuzishda landshaft 
kartasi asos qilib olingan.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi (V.L.Savello va boshq., 
1998) tomonidan Respublikamiz hududining ekologik vaziyatini baholash 
uchun 18 ta ko‗rsatkichdan iborat shkala ishlab chiqilgan va 5 ta darajadagi 
ekologik zonalarga ajratib, ma‘muriy tumanlar chegarasida ballarda 
miqdoriy baholangan. Ushbu kartaning asosini ma‘muriy-hududiy 
bo‗linish tizimi tashkil etadi. Ekologik vaziyat quyidagi darajalarda va 
ballarda ifodalangan: keskin – 120 dan kam ball; kuchsiz keskin – 120-150 
ball; o‗rtacha keskin – 150-250 ball; kuchli keskin – 250-400 ball; juda 
keskin – 400 va undan ko‗p ball. Keyinchalik, ―ushbu ishlar 
takomillashtirilib, ―ekologik rayonlashtirish metodikasi‖ ishlab chiqilgan. 
Bunda taksonomik birlik sifatida ma‘muriy tumanlar olingan, biroq bu 
tumanlar hududning ifloslanish areallari bilan, ya‘ni mavjud landshaft-
geografik konturlar bilan amalda mos tushmaydi. Unda ko‗rsatkichlar soni 
20 ta bo‗lib, 3 ta blokka birlashtirilgan, ekologik vaziyat 4 ta darajada 
ko‗rsatilib ballarda ifodalangan: kuchsiz – 160 balldan kam, o‗rtacha – 
160-220 ball, yuqori (keskin) – 220-260 ball, juda yuqori (inqirozli) – 260-
300 ball‖ (Razakov, 2000). 
Yergeodezkadastr qo‗mitasi tomonidan tayyorlanib nashr etilgan 
―O‗zbekiston Respublikasi yer resurslari atlasi‖ da (2001) berilgan 
―Ekologik mintaqalashtirish‖ kartasida mintaqalar sifatida ma‘muriy 


99 
tumanlar olingan va baholashda 18 ta ko‗rsatkichdan foydalanilgan. 
Respublika hududi quyidagi mintaqalarga ajratilgan: 0 – qoniqarli (yo‗l 
qo‗yarli); I – keskin; II – favqulodda; III – halokatli. Ekologik 
baholashning asosiy mezonlari sifatida quyidagilar olingan: Yer usti 
suvlarining ifloslanish indeksi (SII), atmosferaning ifloslanish indeksi 
(AII), tuproqlarning pestitsidlar bilan ifloslanishi (kg/ga), ichimlik 
suvining davlat standartiga to‗g‗ri kelishi, tuproqlarning sho‗rlanishi, 
aholining umumiy kasallanishi va boshqalar. 
O‗zbekiston ―Geologiya va ma‘dan resurslari davlat qo‗mitasi‖ 
tomonidan 1999 yilda nashr etilgan ―O‗zbekiston Respublikasi 
geoekologik kartasi‖ da geoekologik vaziyatga komponentlar bo‗yicha 
baho berilgan. Kartada tuproqlar ifloslanishi rang bilan tasvirlanib to‗rt xil 
darajada ko‗rsatilgan: ifloslanish yo‗q, kuchsiz ifloslangan, o‗rtacha 
ifloslangan, kuchli ifloslangan. Bu darajalar ifloslovchi moddalarning yalpi 
ko‗rsatkichi asosida olingan. 
Z.A.Amanbaeva (2004) A.A.Rafiqov (1999) taklif qilgan mezonlar 
shkalasidan foydalanadi va tadqiqot ob‘ektining xususiyatlaridan kelib 
chiqib mezonlar shkalasiga 3 ta qo‗shimcha kiritib, Ohangaron daryosi 
havzasi o‗rta oqimi geoekologik vaziyatini baholaydi.
A.Raxmatullaev (2007) ushbu masala yuzasidan bajarilgan bir nechta 
ishlarni tahlil qilib, Zarafshon vohasining geoekologik vaziyatini baholash 
mezonlarini ishlab chiqadi. Geoekologik vaziyatni keskinlik darajasi 
bo‗yicha 7 ta pog‗onaga ajratadi – qanoatlanarli, jiddiy, o‗rtacha keskin, 
kuchli keskin, tang, xavfli, halokatli. 
Bular 
geoekologik 
vaziyatni 
baholashda 
barcha 
tabiiy 
komponentlarning xususiyatlarini hisobga olishga asoslangan kompleks 
baholash ishlari bo‗lib, quyida tabiat komponentlarining ekologik holatini 
baholashga qaratilgan ayrim ishlarni keltiramiz. 
G.N.Tinina va L.G.Pianovskayalar (1998) tomonidan suvlarning 
ifloslanish darajasini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Bu mezonlar 
shkalasini ishlab chiqishda 5 ta indikator hisobga olingan.
G.A.Tolkacheva va boshq. (1998) tomonidan atmosfera havosining 
ifloslanishini baholovchi mezonlar ishlab chiqilgan bo‗lib, unda 7 ta 
indikatorlardan foydalanilgan.
Sh.Iskandarova (2000) yer usti suvlarini gigienik jihatdan baholash 
metodikasini iishlab chiqdi.
O‗zdaverloyiha ITI tomonidan tuproqlarning sho‗rlanganlik va 
pestitsidlar bilan ifloslanganlik darajalari ishlab chiqilgan bo‗lib, 
respublika hududi 4 pog‗onali shkalada ma‘muriy tumanlar doirasida 


100 
baholangan va quyidagi mintaqalarga ajratilgan: 0 – qoniqarli (yo‗l 
qo‗yarli); I – keskin; II – favqulodda; III – halokatli. 
Geoekologik 
vaziyatni 
baholash integral baholash bo‗lib, 
geotizimning barcha komponentlarini qamrab olishini hisobga olsak, bu 
borada A.A.Rafiqovning (1999) ishlari ancha mukammaldir. Boshqalardan 
farq qilib geoekologik vaziyat ma‘muriy birliklar miqyosida emas, tabiiy 
geografik birliklar, ya‘ni landshaftlar doirasida, barcha tabiiy 
komponentlarni hisobga olgan 16 ta indikatorlardan foydalanib 
baholangan. Uning ishlari keyinchalik Sh.M.Sharipov (2006, 2011) 
tomonidan davom ettirilib, takomillashtirildi va baholash jadvaliga 
―Geotizimlarning o‗zgarganlik indeksi va darajasi‖ hamda ―Geotizimlarga 
antropogen yuk holati‖ qo‗shildi (5-jadvalda * bilan belgilangan). 
Antropogen yuk holatini 3 ta ko‗rsatkich: 1) aholi zichligi va ―Yer 
sig‗imi‖, 2) geotizimlarning antropogen elementlar bilan bandligi, 3) 
Yerlardan foydalanish turi kabi ko‗rsatkichlardan foydalanilib, indikatorlar 
soni 20 taga etkazildi (5-jadval).
Yuqorida 
keltirilgan 
tadqiqotlar 
va 
boshqa 
adabiyotlarda 
geoekologik vaziyat darajalarini nomlash va pog‗onalarga ajratilishining 
turlichaligini ko‗ramiz. Buning ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablari bo‗lib, 
avvalambor tahlil qilish, qiyosiy baholash, landshaftlarni geoekologik 
nuqtai nazardan toifalarga ajratish uchun aniq mezonlarni ishlab chiqishni 
talab etadi. Ob‘ektiv sababi – geoekologik vaziyat darajalarining 
pog‗onalari va ularni belgilovchi indikatorlarning soni geotizimlarning 
taksonomik darajasiga bog‗liq. Geotizimlarning quyi taksonomik 
darajasiga tushgan sari, indikatorlar soni va aniqligi ortib boradi. Sub‘ektiv 
sababi 
esa, 
tadqiqotchilarning 
tayanch 
ma‘lumoti, maqsadi va 
yondashuvining har xilligidir. 
 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish