1-jadval . Atmosfera havosidagi ba‟zi zararli moddalarning REM
Modda
REM, mg/m
z
Bir martalik
maksimall
O„rtacha
sutkalik
Azot qo‗sh oksid
0,085
0,085
Ammiak
0,2
0,2
Atseton
0,35
0,35
Benzol
1,5
0,8
Geksaxlorsiklogeksan
0,03
0,03
Kaprolaktam (bug‗lari, aerozol)
0,06
0,06
Karbofos
0,015
—
Mishyak
—
0,003
Simob (metalli)
—
0,0003
Qo‗rg‗oshin
—
0,0007
Sulfit kislota
0,3
0,1
Oltingugurt qo‗sh oksidi
0,5
0,05
Uglerod oksidi
3,0
1,0
Fenol
0,01
0,01
Formaldegid
0,35
0,012
Xlor
0,1
0,03
Xlorofos
0,04
0,02
2-jadval. Xo„jalik-ichimlik va madaniy maksadlarda suvdan
foydalanish bo„yicha suv ob‟ektlaridagi zararli
moddalarning REM
Modda
Zararli ko„rsatkichlarning
chegaralanganligi
REM.
mg/l.
Alyuminiy
Sanitar-toksikologik (S- t)
0,5
Ammiak
S-t
2
Atseton
Umumiy sanitar (U- s)
2,2
Benzalirin
S-t
0,000005
Benzin
Organoleptik (Org)
0.1
88
Vismut
S -t
0,1
Temir
Org.
0,3
Kadmiy
S-t
0,001
Marganets
Org.
0,1
Mis
Org.
1
Molibden
S-t
0,25
Neft
Org.
0,1
Nitratlef
S-t
45
Simob
S-t
0,0005
Qo‗rg‗oshin
S-t
0,03
Rux
U- s
1
3-jadval. Tuproqlarda pestitsidlarning mavjud bo„lishini
REM (mg/kg)
Pestitsid nomi
REM
Pestitsid nomi
REM
Agelon
0, 15
Linuron
1,0
Akreks
1,0
Metafos
0,1
Atrazin
0,5
Ronit
0,8
Gamma – GXPG (lindan)
0.1
Sevin
0,05
GXSG
0,1
Semeron
0,1
Geptaxlor
0,05
Fosfamid
0,1
Geterofos
0,05
Xrofos
0,5
Karbofos
2,0
4-jadval. Tuproqlarda og„ir metallarning mavjud bo„lishini
REM (mg/kg)
Metall
REM
Element shakli
Mishyak
2,0
Jami mavjud bo‗lishi
Simob
2,1
Jami mavjud bo‗lishi
Qo‗rg‗oshin
20,1
Jami mavjud bo‗lishi
Xrom (VI)
0,05
Jami mavjud bo‗lishi
Marganets
1500
Jami mavdud bo‗lishi
Surma
4,5
Jami mavjud bo‗lishi
Mis
3,0
Harakatchan birikma
Nikel
4,0
Harakatchan birikma
Rux
23,0
Harakatchan birikma
Kobalt
5,0
Harakatchan birikma
Xrom
6,0
Harakatchan birikma.
89
3.3. Geoekologik muammolar va ularning turlari.
Geoekologik muammolarning yuzaga kelishi va shakllanishi.
Geoekologik muammolarning vujudga kelishi tabiat va inson faoliyati
bilan bog‗liq tarzda ro‗y berishi mumkin. Geoekologik muammolarni
keltirib chiqaruvchi tabiiy omillar va jarayonlardan asosiylari: vulqon
otilishi, zilzila, surilma, ko‗chki, sel, suv toshqini, kuchli shamollar,
yong‗inlar va boshqalardir. Bunday omillar bevosita har bir geotizimning
tabiiy xususiyatlari bilan bog‗liq bo‗lib, unda inson ishtiroki bo‗lmaydi.
Insonning tabiiy muhit bilan o‗zaro ta‘siri murakkablashib borishi
oqibatida ko‗p qirrali va turli xususiyatli muammolar yuzaga kelib, o‗zaro
ta‘sir kuchaygan sari shakllanib, yanada jadallashmoqda.
Inson va tabiiy muhit o‗zaro ta‘siri kelib chiqishi jihatidan aslida
ekologik muammo hisoblanadi. Lekin, u ma‘lum geotizimda turli
miqyosda hamda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografik qonuniyatlar
asosida ro‗y bergani sababli geografik muammo ham hisoblanadi, ya‘ni
ekologik muammo muayyan geotizimda tarkib topib, shakllanib,
rivojlanish bosqichlarini bosib o‗tadi. Shu nuqtai nazardan qisqacha qilib
geoekologik muammo deyish mumkin.
Geoekologik muammolar
– insonlarning sog‗ligi va xo‗jalik
faoliyatiga salbiy ta‘sir etadigan, ularning tabiiy muhit bilan
munosabatlarida va geotizimlarning bir butunligida nomutanosiblikni
keltirib chiqaruvchi, tabiiy va antropogen omillar natijasida yuzaga kelgan
jarayon va hodisalar.
Geoekologik muammolar tabiiy geografik qonuniyatlarga bo‗ysinadi.
Shuning uchun ham uni tadqiq etishda tabiiy geografik fanlarning tadqiqot
usullaridan, yondashuvlaridan va prinsiplaridan foydalanish lozim.
Geoekologik muammoni ekotizim, biogeotsenoz yoki ma‘muriy-hududiy
birlik doirasida o‗rganish ham mumkin. Lekin bu holda mazkur
muammoning hududiy chegaralari geotizim chegaralariga har doim ham
mos tushavermaydi. Inson tabiiy resurslardan foydalanganda, avvalo tabiiy
sharoit o‗zgara boshlaydi, uning asosiy haraktlantiruvchi omillari dinamik
o‗zgarishda bo‗ladi, geotizimlarning ma‘lum yo‗nalishdagi o‗zgarishlari
tarkib topadi.
Geoekologik muammolar, odatda, tizimli xususiyatga ega bo‗lib, bu
xususiyatlar quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlar va qonuniyatlarning o‗zaro ta‘siri;
geografiya,
ekologiya,
geologiya
va
boshqa
fanlarning
integratsiyasini talab etadigan fanlar aro ahamiyat kasb etishi;
90
resurslardan turli maqsadlarda bir qancha foydalanuvchilarning
mavjudligi;
geotizim yoki geoekologik muammoning holatini bitta ko‗rsatkich
bilan tavsiflash mumkin emasligi.
Geoekologik muammo qotib qolgan, o‗zgarmas holat bo‗lmay, balki
muntazam ravishda dinamik o‗zgaruvchi va rivojlanuvchi, ko‗p sonli oddiy
muammolarning tizimidir. Masalan: ―Orolbo‗yida geoekologik muammo
1960-yillarning boshidan vujudga kela boshlagan bo‗lsa, 1970-yillarning
o‗rtalarida (1974 yil Taxiatosh gidrouzeli qurilgandan so‗ng, deltada tabiiy
suv toshishi to‗xtatilganidan so‗ng) shakllanish bosqichiga o‗tdi. Dastlab
grunt suvlarining ko‗tarilishi bilan tuproqlar sho‗rlana boshladi, so‗ng eol
relef shakllari vujudga keldi. Tuproqlar quyidagicha yo‗nalishda o‗zgarib
bormoqda: allyuvial o‗tloq – o‗tloq va botqoq – o‗tloq, sho‗rhoklar va
o‗tloq-taqir – tipik sho‗rhoklar – taqirli sho‗rhok va taqir – qum cho‗l
tuproqlari ― (Rafiqov, 1997).
Geoekologik muammoni bartaraf etish deganda avvalombor,
dastlabki tabiiy muvozanatni qayta tiklashni tushunmoq lozim. Tabiiy
muvozanat (ekologik muvozanat) ni qayta tiklash – tabiiy komponentlar va
geotizimlar orasidagi o‗zaro bog‗liqlik, aloqadorlik va harakatni dastlabki
holatiga yaqinlashtirishdir, lekin uni asl holiga qaytarib bo‗lmaydi.
Buzilgan tabiiy muvozanatni qayta tiklash tadbirlarida aholining yashash
sharoiti va sog‗ligini ham avvalgidek holatiga olib kelish lozim. Masalan:
Orol va Orolbo‗yi bir-biri bilan uzviy bog‗liq muammolar bo‗lib, ularning
yechimi o‗zaro bog‗liq kompleks tadbirlarni baravariga qo‗llagan
holdagina hal qilinishi mumkin. Bunda eng birinchi navbatda tashqaridan
kelayotgan suvning toza va miqdorining ko‗p bo‗lishiga erishish lozim.
Chunki, muammoni tezlatuvchi kuch qurg‗oqchil iqlim sharoitida
cho‗llashish hodisasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |