O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi o„zbekiston milliy universiteti


Geotizimlarning o„zgarganlik indeksini



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/111
Sana29.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#718269
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   111
Bog'liq
geoekologiya oquv qollanma

Geotizimlarning o„zgarganlik indeksini
hisoblashda A.G.Isachenko 
(2003, 128-b) taklif qilgan metoddan foydalanildi. Bunda har bir 
antropogen elementga og‗irlik koeffitsenti berilib, shu antropogen 
elementni landshaftning umumiy maydonidagi % hisobidagi ulushiga 
ko‗paytirish bilan landshaftning o‗zgarganlik indeksi topildi. Misol uchun 
22-1 landshaftni keltiramiz:
1) 24.398 



24.398; 2) 1.043 



1.043; 
3) 1.187 

0.9 

1.068; 4) 73.372 

0.7 

51.360 
O‗zgarganlik indeksi: 24.398 + 1.043 + 1.068 + 51.360 

 77.869
Bu Yerda: 24.398 – turar joy, sanoat korxonalari va turli binolar, 
1.043 – qattiq qoplamali avtomobil va temir yo‗llar, 1.187 – irrigatsiya va 
melioratsiya tarmoqlari, 73.372 – sug‗oriladigan yerlar kabilarning 
landshaftning umumiy maydonidan % hisobidagi ulushi. 
Landshaftlarni antropogen elementlarining og‗irlik koeffitsentlari 
A.G.Isachenko (2003, 128-b) bo‗yicha:
0.1– tabiiy suv havzalari, quritilmagan botqoqliklar; 0.2 – shartli-
o‗zgarmagan o‗rmonlar; 0.3 – tiklanishning turli bosqichidagi o‗rmonlar; 
0.4 – uzoq vaqtda tiklanadigan yosh daraxtli o‗rmonlar; 0.5 – yaylovlar va 
pichanzorlar; 0.6 – bahorikor yerlar, bog‗lar, manzarali daraxtzorlar; 0.7 – 
sug‗oriladigan yerlar; 0.8 – karerlar, terrikonlar, ag‗darmalar; 0.9 – sun‘iy 
suv havzalari; 1 – turar joy va sanoat binolari, yo‗llar. 
3.2. Tabiiy muhitning inson xo„jalik faoliyati ta‟sirida 
ifloslanishi. 
Tabiiy muhitning ifloslanishi tabiiy omillar va inson faoliyati bilan 
bog‗liq tarzda ro‗y berishi mumkin. Tabiiy ifloslanishning asosiy 
manbalari: vulqon otilishi, zilzila, sel, yong‗inlar, ko‗chki, suv toshqini
kuchli shamollar kabi tabiiy jarayonlar natijasida sodir bo‗ladi. Bu turdagi 
ifloslanish bevosita tabiiy jarayonlar bilan bog‗liq bo‗lib, unda inson 
ishtiroki bo‗lmaydi.
Inson xo‗jalik faoliyati bilan bog‗liq barcha ifloslanishlarni ba‘zan 
antropogen ifloslanish, deb ataladi. Antropogen ifloslanish tabiat 
komponentlari bo‗yicha: suvning, havoning va tuproqning ifloslanishi
Shuningdek, geotizimlarning ifloslanishi kabi guruhlardan iborat. 


84 
Antropogen ifloslanish davomiyligiga ko‗ra: vaqtinchalik va doimiy; 
tarkalish ko‗lamiga ko‗ra: global, regional va lokal guruhlarga ajratiladi.
Indikator
(lot. 
indikator
– ko‗rsatkich) – atrof-muhitda 
(geotizimlarda) ifloslantiruvchi moddalar miqdoriy parametrlarining yoki 
sifatiy tarkibining mavjudligi, to‗planishi, o‗zgarishi to‗g‗risida ma‘lumot 
beruvchi ko‗rsatkich bo‗lib fizik, kimyoviy va biologik bo‗lishi mumkin.
Geoekologik vaziyatlarni belgilovchi indikatorlar, ularning miqdori, 
qaysi birining ustuvor bo‗lishi to‗g‗ridan-to‗g‗ri inson faoliyatiga bog‗liq 
bo‗lib, ma‘lum xo‗jalik sohalariga muayyan indikatorlar to‗g‗ri keladi. Shu 
sababdan geoekologik vaziyatlarni va indikatorlarni aniqlashda shu 
hududda xo‗jalik faoliyatining qaysi sohasi rivojlanganligiga alohida 
e‘tibor qaratish lozim.
Geoekologik vaziyatlarni ko‗rsatuvchi mezonlar bir qancha 
indikatorlar asosida ishlab chiqiladi. Respublikamizda bu boradagi ishlar 
o‗tgan asrning 80-yillaridan boshlangan bo‗lib, talaygina ishlar bajarilgan. 
Hanuzgacha, ushbu masala yuzasidan ko‗plab mutaxassislar tadqiqotlar 
olib borishmoqda.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish