7
I BOB. GEOEKOLOGIYANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1.
Ekologiyaning umumiy masalalari.
Atrof-muhitni sog‗lomlashtirish, aholini ichimlik suvi, ekologik toza
oziq mahsulotlari bilan ta‘minlash, biologik xilma-xillikni asrash,
iqlim
o‗zgarishlarining oldini olish dolzarb muammolar hisoblanadi va ularni
ijobiy hal qilish insoniyatning kelgusi taraqqiyotini belgilaydi.
Hozirgi mavjud ekologik muammolarni o‗rganish, ularni tushunib
yetish va zarur tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun har bir
inson Koinot, quyosh, Yer, notirik va tirik tabiatning uyg‗unligi
to‗g‗risidagi bilimlarga ega bo‗lishi lozimdir.
Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi.
ekologiya tushunchasi fanga birinchi bо‗lib 1866 - yilda nemis biologi
E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya – yunoncha sо‗z bо‗lib,
uning
ma‘nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan
о‗zaro munosabatini bildiradi.
Umumiy ekologiya to‗rt bo‗limga bo‗lib o‗rganiladi: autekologiya,
populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.
1. Autekologiya ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan
о‗zaro
munosabatini, turlarning qanday muhitga kо‗proq va uzviy
moslashganligini о‗rganadi.
2. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalar tuzilmasi va
dinamikasi, ma‘lum sharoitda turli organizmlar sonining о‗zgarishi
(biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya biogeotsenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim
о‗simlik va hayvon turlarining о‗zaro aloqasini
hamda ularning tashqi
muhit bilan munosabatini о‗rganadi.
4. Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi
ta‘limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta‘limotning asoschisi V.I.Vernadskiy
hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya‘ni Yer qobig‗idagi
mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi.
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib,
mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika
taraqqiyotining ta‘siri natijasida ekologiya tushunchasi о‗ta kengayib ketdi.
Fanga ―Inson ekologiya‖si degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi
muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921
yil amerikalik olimlar
Borjes va Park tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasi tibbiy soha
8
bо‗limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me‘moriy,
iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham о‗rganildi. Inson ekologiyasi insonni
atrof-muhitga
va aksincha, muhitning insonga ta‘sirini о‗rganadi. Inson
ekologiyasini о‗rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keldi. Unga
birinchi bо‗lib Raderik Mak Kenzil ta‘rif bergan.
Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti
inson bilan uning atrof-muhit о‗rtasidagi xususiy bog‗lanishlarini
о‗rganishdan iborat.
Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tibbiy va ijtimoiy fanlar
jumlasiga kirib, о‗rganilayotgan ob‘ekt yoki tizimni atrof-muhit bilan
munosabatini keng miqyosda tadqiq etadi. Bir hujayrali sodda tuzilishdagi
bakteriyalar, zamburug‗lar, о‗simlik, hayvonlar va ularning hamjamoalari,
biosfera, shuningdek inson ham ekologiya fanining ob‘ekti bо‗lib xizmat
qiladi.
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog‗lanishini
ifoda
etar ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: