35
izlanishlarda ham ushbu ta‘limotdan keng foydalana boshlandi. Geotizimli
konsepsiyaga ko‗ra barcha geoekologik voqea-hodisalar,
jarayonlar,
muammolar geotizim doirasida o‗rganilishi lozim. Bu konsepsiya
tarafdorlari tabiat komponentlari yagona bir tizimda harakat qiladi va
o‗zaro bir butundir deya, tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish
chora-tadbirlari ma‘muriy birliklar doirasida emas, balki tabiiy geografik
birliklar –
geotizimlar, xalqaro miqyosda esa geografik qobiq doirasida
butun dunyo hamjamiyatining birgalikdagi harakati orqali amalga
oshirilishini
yoqlab
chiqadilar.
Bu
konsepsiya
turli
sohadagi
mutaxassislarning o‗z tadqiqotlarida tizimli yondashishlarini taqozo etadi.
―Geotizim so‗zining birinchi qismi tizimning muhim xususiyati
hududiylik ekanligini ko‗rsatadi. Ta‘kidlash lozimki, ko‗pgina tizimlar
hududiy xususiyatga ega emas, masalan: hayvon va o‗simliklarning tanasi,
asab tizimi, ta‘lim tizimi, boshqaruv tizimi va h.k.
Shunday ekan
geotizimlar muayyan hududlarni egallaydi, ularning xossalariga maydoni,
qiyofasi va boshqa hududiy ko‗rsatkichlar ta‘sir etadi‖(Jekulin, 1989).
Geotizimli konsepsiyaga binoan, masalan Chirchiq-Ohangaron
okrugi bir butun yagona geotizim deb qaralib, uni bir necha mustaqil, lekin
bir-birlari bilan uzviy bog‗langan va tabaqalashgan
kichik geotizimlar
guruhidan iboratligini hisobga olinadi. Ushbu kichik geotizimlar individual
xususiyatga ega bo‗lishi bilan birga, barchasining negizida yagona
rivojlanish va dinamik o‗zgarishning tabiiy omillari borligini namoyon
etadi. Chirchiq-Ohangaron okrugining rivojlanishida yer usti va yer osti
suv oqimlari hamda modda va energiya
oqimlarining ichki harakati
geotizimning bir butunligini ta‘minlaydi. Xo‗jalik faoliyatining rivojlanishi
bilan antropogen yukning ortishi mazkur geotizimning strukturasi va
maxsus faoliyatiga keng miqyosda ta‘sir etib, uning ma‘lum yo‗nalishda
o‗zgarishiga, landshaftlardagi geoekologik vaziyatning turli darajada
bo‗lishiga sabab bo‗lmoqda.
Chirchiq-Ohangaron okrugida tabiatdan oqilona foydalanish va uni
muhofaza qilish, unga bo‗lgan munosabatni optimallashtirishni mazkur
konsepsiya orqali o‗rganish turli geoekologik
muammolar yechimini
topishda muhim ahamiyatga ega. Sug‗orma dehqonchilik uchun relef va
iqlim sharoitlari qulay bo‗lgan landshaftlar asosan Toshkent, Mirzacho‗l,
Sirdaryo sikllariga tegishli terrasalarda joylashgan. Irrigatsiya va
melioratsiya tarmoqlari turli xil moddalarni oqizib, boshqa hududlarga olib
borib yotqizadi. Sug‗orma dehqonchilik tuproqlar tabiiy holatining
o‗zgarishiga sabab bo‗ladi. Bunday hududlarda uzluksiz sug‗orish
natijasida
tuproqdagi namlik rejimi, mikroflora va mikrofauna tarkibi,
36
chirindi miqdori hamda fizik xususiyatlari o‗zgaradi. Ushbu omillar hamda
agrotexnik tadbirlarning birgalikdagi ta‘siri tufayli landshaftlarning
xususiyatlariga mos holda turli tabiiy geografik jarayonlar faollashadi va
har xil ko‗rinishdagi geoekologik muammolar vujudga keladi.
Mazkur konsepsiyaga binoan geoekologik muammo qotib qolgan,
o‗zgarmas bo‗lmay, balki muntazam ravishda dinamik o‗zgaruvchi va
rivojlanuvchi ko‗pgina oddiy muammolardan
iborat muammolarning
tizimli uyg‗unligidir. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun uning
rivojlanishini tezlatuvchi birinchi omilni va qolgan barcha ikkinchi darajali
omillarning bartaraf etilishi o‗zaro bog‗liq tadbirlarni birgalikda
qo‗llangandagina hal qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: