O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti



Download 34,96 Kb.
bet5/5
Sana15.06.2022
Hajmi34,96 Kb.
#674436
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jasur Mustaqil ish

Filogenetik immunitet – anatomik va fiziologik belgisiga ko’ra nasldan naslga o’tadigan himoyaviy rezistentligi. Bunda organizm yuqumli kasalliklarga chidamli bo’ladi.

  • Tug’ma immunitet (turga xos, tabiiy), nasbatan chidamli, nasldan naslga o’tadigan xarakterga ega.

  • Orttirilgan immunitet – hayot davomida orttirilgan immunitet. U o’zo’zidan namoyon bo’lmaydi. Uning namoyon bo’lishi uchun ichki yoki tashqi g’oyaviy ta’sir bo’lishi kerak[3].

    Milliy g’oya asosidagi mafkuraviy immunitet, avvalo, har bir vatandoshimizning mustahkam e’tiqod va yuksak dunyoqarashga ega bo’lishini taqozo etadi. Insonning ko’plab xususiyatlari tug’ma bo’lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, har bir avlod uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllan-sagina mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlaydi. G`oya faqatgina inson qalbini egallaganda, inson ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi, rag’batlantiruvchi kuchga, harakat uchun qo’llanmaga aylanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi bo’lib qolmoqda. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri, bu bilimdir. Ammo bilimlar ko’p… Ikkinchi asosiy qismi ana shu bilimlar zamirida shakllanadigan qadriyatlar tizimidir. Uchinchi unsuri: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi aniq mo’ljal va maqsadlar tizimi bilan bog’liq. Talaba mafkuraviy immunitetining tarkibini: 1) mafkuraviy bilim; 2) histuyg’u; 3) iroda; 4) ko’nikma va 5) malakalar tashkil qiladi.\ Mafkuraviy immunitet milliy mustaqillikning afzalligiga ishonch asosida quriladi. Ishonch esa ishontirish va tushuntirish natijasida hosil bo’ladi. Masalan, O’zbekiston – dunyoviy davlat diniy davlatni taqqoslash natijasida tushuncha hosil bo’ladi.

    Maʼrifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. Maʼrifat ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi. Maʼrifat tushunchasi madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. Maʼrifat maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. Maʼrifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. Maʼrifat — bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasvdir. Maʼrifatni hayotga singdirish maorif tizimi orkali amalga oshiriladi.
    Tasavvufda Maʼrifat sufiylarning ruhiy kamolotga erishuvining asosiy bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi
    (Siz Ma'rifat haqida 5-sinf darsligining Tarixdan hikoyalar kitobida ham ko'proq tanishishingiz mumkin) Ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori boshchiligida faoliyat yuritib keladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi universitet doirasida tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar reja asosida olib borib, fakultetlar va talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlaydi. Bo’lim O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Mirzo Ulug’bek tuman hokimiyati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi har o’quv yili boshida yuqorida ko’rsatilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda universitet miqyosida o’tkaziladigan tadbirlar rejasini tuzadi va ularni amalga oshiradi. Amalga oshirilgan ishlari uzasidan hisobotlar rahbar tashkilotlarga taqdim etiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻtqazilgan videoselektori yigʻilishidagi fikrlarni tinglab, haqiqatdan ham bugungi va ertangi kunimiz, hayotimiz farovonligi uchun maʼnaviyat masalasi nihoyatda muhimligini his etdim. “Tarbiyada tanaffus boʻlmaydi”, deydi xalqimiz. Lekin maʼnaviy-maʼrifiy ishlardagi uzviylik hozircha bunday emas. Bugungi kunda maktab, bogʻcha, oliy taʼlim hamda mahallalar bu borada alohida-alohida ish olib borayotgani bor haqiqat. Shuning uchun ham maktab, oʻrta-maxsus va oliy taʼlim dargohlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning mutlaq yangi tizimini ishlab chiqish, samaradorlikni oshirish boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berildi.
    Bugun, farzandlarimizni bilimli, fazilatli, maʼnaviyatli va maʼrifatli etib tarbiyalashda, taʼlim muassasalari uchun metodik yordam, tegishli adabiyotlar bilan taʼminlanishi zarur. Oʻylab koʻrsak, mahalla deb atalmish goʻshada qandaydir ichki iliqlik, sehr bor. Mahallaning tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, har bir oilaga kirib kelgan farzandimiz, yangi tugʻilgan chaqaloqqa guvohnoma olish, yosh oilalarni boshini qovushtirish uchun ham mahallaga borilar edi. Oʻzim shaxsan guvohi boʻlganman, men tugʻilib oʻsgan joy ham oddiy qishloq, «rais bobo kelyapti», desa, biz yoshlar oldiga chiqishga iymanganmiz. Bu mahalla raislari hurmatga sazovor insonlar boʻlganligidan dalolat beradi. Bir eslab koʻraylik, bir vaqtlar qishloqlarimizda toʻy-maʼrakalar boʻladigan boʻlsa, rais bobomizning roziligi, ishtirokisiz oʻtkazilmas edi. Qaysidir xonadonda hashar boʻladigan boʻlsa ham rais boboning oldiga borilar edi, “hamma hasharga” deyilsa, bir oilaning mushkuli oson boʻlardi. Oʻgʻirlik, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasidagi tortishuv, qoʻyingki, koʻplab katta-kichik masalalar mahalla taʼsiri bilan yechim topardi. Maʼnaviyat, madaniyat nuqtai-nazaridan oxirgi paytlarda mahalladan uzoqlashib ketmayapmizmi, degan savol haqida chuqur oʻylab koʻrishimiz kerak. Mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratishimiz zarur. “Bir ziyoli-bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-oʻqituvchi va taniqli ziyolilarni biriktirish taklif etildi. Bu mexanizmni amalga oshirish uchun har birimiz mahallamizda faol ishtirok etishimiz zarur. Masʼullar oʻzi bilan ovora boʻlib, qolganlar oʻzini chetga tortsa, mahallada maʼnaviy muhit yaxshilanishi qiyin boʻladi. Buning uchun zarur infratuzilma yaratilishi nazarda tutilmoqda. Hududlarning markazlarida namunaviy loyihalar asosida maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etish, mahalliy byudjetlar hisobidan sohaga qoʻshimcha shtatlar ajratish boʻyicha koʻrsatma berildi. Hududlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar faoliyati samaradorligini oshirish, adabiyot va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida “Ijod” jamoat fondi negizida Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash fondi tashkil etilishi qayd etildi. Maʼnaviy muhit yaxshilanishi uchun, oʻylaymanki, mahallalardagi maʼrifatli insonlar va namunali oilalarni boshqalarga oʻrnak sifatida koʻrsatish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishimiz zarur. SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, har bir alohida jinoyat sodir bo‘lishining o‘ziga xos individual sabablari mavjud. Insonlardagi insoniy sifatlarning (ijtimoiy ong, aql idrok, tafakkur, iroda) rivojlanishi hayotda yuz beradi. YA’ni ob’ektiv hayotda ijtimoiy muhit bilan shaxsning aloqadorligi tufayli insonda uning turli ijobiy sifatlari bilan birga salbiy sifatlari ham rivoj topadi. Har qanday ijtimoiy hodisaning, o‘zgarishning zamirida eng avvolo uni keltirib chiqaruchi sabab yotadi.
    Mutafakkirlar siyosatshunoslar, huquqshunoslar, ruhiyatshunoslar, faylasuflar, korrupsiyaning kelib chiqishini turlicha fikrlaganlar. Ammo bizning fikrimizcha korrupsiyaning kelib chiqishiga, insonlarda huquqiy ong, huquqiy saviya, huquqiy tizim, eng avvalo ma’naviy, ma’rifiy odobahloq qoidalari, insondagi komillik, to‘g‘riirog‘i komil inson g‘oyalarining etishmasligi asosiy sabab bo‘la oladi. Korrupsiyani oldini olishda ma’naviyatli, ma’rifatli, komil insonlarni shakllantirish orqali maqsadga erishish osonroqdir. Komil insonlarni tarbiyalashda har bir davlatning g‘oya va mafkurasi adolatli, ezgulik mafkurasi sifatida shakllanishi kerak. Qadimgi davrlarda ham insonlarni bir biriga mehroqibatli bo‘lishlari uchun, noma’qul ishlarga qo‘l urmasliklari uchun g‘oya va mafkura katta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ma’lumki, g‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko‘rinishlari halqimizning ko‘p ming yillik o‘tmishi davrida rivojlanib keldi. Qadimgi Xorazm, Sug‘diyona va Baqtiriyada ilk bor shakillangan. Ajdodlarimiz tomonidan bundan 2700 yil oldin yaratilgan dastlabki yozma manba "Avesto" kitobida ham ezgulik g‘oyalari ilgari surilgan. YAxshilik bilan yomonlik o‘rtasida azaliy kurash aks ettirilgan. Zardo‘shtiylikning ezgulik va insonparvarlik haqidagi qarashlari mintaqamizga islom dini kirib kelgunga qadar asosiy g‘oyalar edi. Movaraunahr (Hozirgi O‘zbekiston hududi)da islom dining tarqalishi halqning yagona maslakka birlashtirishdek tarixiy vazifani bajardi. IXXII asrlarda Somoniylar, G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazimshoxlar sulolalari tomonidan mintaqada asos solingan davlatlar nafaqat O‘zbek halqi, balki jahon halqlari tarixida ham chuqur iz qoldirdi. Muhammad Xorazmiy, Abu Nasir Farobiy, Axmad Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi alomalarning O‘lmas asarlari jahon fanini boyitdi. Mutasavvurlar: Xoja YUsuf Xomodoniy, Axmad YAsaviy, Adul Xoliq G‘ijdivoniy, Bahouddin Naqishband Najmiddin Kubro; muxadislar: Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta’limotida aks etgan komil inson g‘oyalari, adolat haqidagi qarashlari jamiyatning sog‘lom ma’naviy axloqiy ruxini saqlashda mustahkamlashga xizmat qildi. Bu g‘oyalar vatan va xalq manfaati yo‘lida fidoiylik va insonparvarlikni ulug‘ladi, o‘zbek davlatchiligining rivojlanishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Amir Temurning "Temur tuzuklari", Nizomulmulkni «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va axli fuqaroga munosabatda adalot, insof, diyonat, el yurt tinchligi va obodligi bosh g‘oya sifatida ilgari surildi. Bu g‘oyalar Temuriylar davlati g‘oyaviy tamoyillarining ustuvor yunalishi edi. Bu intilishlar XIX asrda marifatparvarlik g‘oyalari bilan chiqan Ahmad Donishning ilg‘or qarashlarida, XX asr boshida yuzaga kilgan jadidchilik xarakatining taraqqiyparvar nomoyondalari Behbudiy, Fitrat, CHulpon, Munavar Qori, Abdulo Avloniy ijodi va foliyatida komil inson g‘oyalari ilgari surildi, insonlarni xaq yo‘liga boshlashda katta xizmat qildi. Mana shunday mutafakkiru allomalarning ijobiy g‘oyalari natijasida ajdodlarimiz oqu qorani yaxshi ajrata olgan. O‘tmish tvariximizda jinoyatchilikning turlari juda ham kam darajada uchragan. Masalan; Amir Temur o‘zining "Temur tuzuklari" kitobida shunday fikrni bildiradi. "Mening sarhadimni kun chiqar sarhadidan, kun botar sarhadigacha bitta bolaning boshiga, bir toboq oltin qo‘yib junatilsa, bolaning boshidagi bitta ham oltin yo‘qolmaydi" "Amir Temur hukmronligi davrida bozorlarda tartibintizom bo‘lgan, narxnavolar ustidan qattiq nazorat o‘rnatilgan, raislar, nazoratchilar haridor haqqiga hiyonat qilgan sotuvchilarni, chayqovchi iymonsizlarni jazolanganlar". Xonliklar davrida ham "o‘g‘irlik, talonchilik, bozorlarda aldash hollari juda ham kam, deyarli uchramagan. Birinchi marotaba o‘g‘irlik qilgan kishining chap qo‘li, ikkinchi marotaba o‘g‘irlik qilsa o‘ng qo‘li kesilgan. Agar sotuvchi haridor haqqiga hiyonat qilsa, sotuvchini shaharmashahar aravaga o‘tqazib sharmanda qilishgan. Bozordagi do‘konlar eshigida umuman qulf qo‘yilmagan. O‘g‘irlik, talonchilik, tovlamachilik xollari rus bosqini davridan keyin ko‘payib ketdi. Mana shundan keyin bozorlarda, do‘konlarda qulf paydo bo‘ldi". Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘tmish ajdodlarimizda odob ahloq, tarbiya, komil inson g‘oyalari etarli darajada mujassam bo‘lgan. Biz ham korrupsiyaning ildizini yo‘qotishda, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni odob ahloqli, ma’naviy marifatli komil inson g‘oyalarni ularning ongiga singdirish orqali erishishimiz eng to‘g‘riroq va osonroq yo‘ldir. Ma’lumki, otabobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’limtarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’limtarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi45. Avvalo bu g‘oyalarni yoshlar ongiga singdrish ta’limtarbiya muassasalarida (bog‘cha, maktablar, kasb hunar kollejlari va oliy t’lim o‘quv yurtlari) kengroq olib borishlarni taqozo etadi. Inson e’tiqodsiz, g‘oyasiz, fikrlashsiz yasholmaydi. SHaxs va uning e’tiqodi masalasi muhim muommalardan biri bo‘lib, uning shakllanishi mohiyatan ijtimoiy omillarga bevosita bog‘liq deb qaraladi. Bu masalaga e’tiborning borayotganing boisi shundaki, shaxsdagi mafkuraviy imunetetning shakllanishida undagi ezgu g‘oya va imon e’tiqod muhim ahamiyatga egadir. Agar biz yoshlarimizda bolalikdan boshlab sog‘lom e’tiqod va yuksak dunyoqarashni shakllantira olsak, ular ma’naviti boy, mustaqil fikrli va olijanob shaxslar bo‘lib kamolga etadi. SHu ma’noda, shaxs e’tiqodi undagi shunday barqoror va teran fikr, tasavvurlar, bilimlar majmuiki, mafkuraviy dunyoqarash hamda milliy g‘oyalar aslida ana shunday e’tiqodlar asosida shakllanadi. Insoniylik fazilatikomillik g‘oyalari, hozirgi kunda mustaqil davlatimizda keng qo‘llanilayotgan mafkura mujassamlashgan. Jinoyatchilikni ildizini qirqishda, korrupsiyani oldini olishda, konstitutsiya belgilagan maqsadlarga erishishda katta xizmat qiladi. Komil insoniy tarzda tarbiyalangan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofda sodir bo‘layotgan voqeahodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni paytda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va halq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan insongina milliy g‘oya tamoyillarini to‘g‘rii baholay oladi. Komil insoniy g‘oyalarni kishilar ongiga singdirish, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarga rioya etib yashash jamiyatimiz hayotining asosiy mezoniga aylanib boradi. Komil insoniylikni ko‘chaytirish, jamiyatda loqaydlik, beparvolik, boqimandalik, poraxo‘rlik kabi illatlarni payini qirqish, odamlar qalbida yuksak ishonch va e’tiqodni qaror toptirish, ahloqan pok, ma’naviy boy, ijtimoiy faol, jismonan baquvvat avlodni voyaga etkazish, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odamiylik kabi fazilatlarni tarbiyalash, insonlar ongida ta’sirchanlikni oshiribgina qolmay, demokratik jamiyat barpo etish borasidagi intilishlarimiz samaradroligini ham oshiradi. Yoshlarimiz tafakkurida erkin fikr, erkin hayot tuyg‘usini shakllantirish lozimdir. Hayotni erkinlashtirib, komil inson g‘oyasini halqimiz qalbi va ongiga singdirish uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olishning muhim shartidir. Komil insoniylik g‘oyasi siyosiy voqelikni uyg‘unlashtirib, turli shaxslar, ijtimoiy guruhlar ehtiyojlarini mujassamlashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida birbiri bilan yaqinlashtiradi va shu ma’noda demokratik qadriyatlarni nufuzini oshiradi. Kishilar ongini mahalliychilik, urug‘aymoqchilik, mahdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy imunetetni shakllantirish, mafkuraviy kurashda to‘g‘rii yo‘l tanlash va jaholatga qarshi marifat bilan kurashish insoniylik g‘oyasini halqimizning qalbi va ongiga teran singdirilishi bilan bog‘liq. Insoniylik g‘oyalarini, ma’naviy etuk ongni, yoshlarimiz qalbiga singdirishda, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya davlatning rivojlanishida, insoniyat hayotining faoliyatida katta xavf ekanligini ochiqoydin tushuntira olishda, yoshlarni jinoyatchilik va turli oqimlarga kirib ketishini oldini olishda, ta’lim muassasalarining roli kattadir. O‘qituvchilar o‘quvchilarni to‘g‘rii hayot yo‘liga boshlay olishlari, sabr toqatli haqqoniy insonlar etib, halq va davlat manfaatlarini O‘z manfaatlaridan ustun qo‘yadigan va hozirgi kunda xavf va tahdidlarni to‘g‘rii tahlil qila oladigan insonlar bo‘lib etishish uchun, qattiq mehnat qilib jon kuydirmoqlari darkor Olimlar, o‘qituvchilar, tarbiyachilirning davlat oldidagi ma’suliyati shu qadar kuchli bo‘lishi kerakki, ular mustaqil O‘zbekiston uchun adolatli, halqparvar, kuchli va salohiyatli, bilimdon, jinoiy unsurlardan yiroq professional kadrlarni etkazib bermoqlari darkor. Ikkinchidan, kadrlar tayyorlash milliy dasturining tadbiqi kishining jamiyatda o‘z o‘rninni topish jarayoninni tezlashtiradi. Zero, har bir inson o‘smirlik, ya’ni voyaga etish arfasidanoq jamiyatda o‘z o‘rninni topa olishi va belgilay bilishi lozim. Aks xolda bu uning hayot yo‘llarida sarson, maqsadsiz bo‘lib qolishiga olib keladi. Bu esa yoshlarni o‘ziga ishonchini so‘ndirish, ayrim xollarda jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmaslikka, o‘z foydasi va jamiyat foydasini ta’minlay olmasligiga, faqat o‘z manfaati yo‘lida tekinxo‘rlikka ruju qo‘yuvchi oqibatlarga tushub qolishiga sabab bo‘ladi. Demakkim, uning shaxs bo‘lib shakllanishi gumon bo‘lib qoladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish bilan ana shunday salbiy oqibatlarni oldi olinadi.

    Foydalanilgan adabiyotlar.
    1 Yukask Ma’naviyat yengilmas kuch I.A.Karimov
    2 O’zbekiston XXI asr ostonasida I.A.Karimov

    3 Erkin va farovon demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz Sh.Mirziyoyev

    4 Sh.Mirziyoyev INSONPАRVАRLIK, EZGULIK VА BUNYODKORLIK – milliy G’oyamizning POYDEVORIDIR


    5 Vikipediya Ma’lumotlari.



    Download 34,96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish