O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti



Download 34,96 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2022
Hajmi34,96 Kb.
#674436
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jasur Mustaqil ish

Milliy mafkura — muayyan millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud boʻlishi va rivojlanishini asoslab beruvchi gʻoyalar va qarashlar tizimi. Koʻp hollarda Milliy mafkurani bitta millat yoki xalqning mafkurasi deb tushunilmaydi, u muayyan davlat yoki jamiyatning umumiy mafkurasi maʼ-nosini ham anglatadi. Chunki "milliy" sifati "millat" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, faqat muayyan etnik birlikni emas, balki muayyan "jamiyat" yoki "davlat" maʼnosini ham ifodalashi mumkin. Milliy mafkura tushunchasi ham Oʻzbekistonda yashab, faoliyat koʻrsatayotgan barcha millat vakillariga tegishlidir. Milliy mafkuraning oʻzagini Oʻzbekistondagi turli millat va elat, din va eʼtiqod vakillarini mamlakatimizda ozod va obod vatan barpo etish uchun birlashtirish, xalqlarni oʻzaro hurmat va hamkorlikka chorlash, olijanob maqsadlarni koʻzlash kabi umuminsoniy tamoyillarga aylangan gʻoyalar tashkil etadi. Milliy mafkura oʻzligimizni, muqaddas anʼ-analarimizni anglash tuygʻularini, xa-lqimizning koʻp asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qoʻyilgan oliy maqsad va vazi-falarni ifoda etadi. Milliy mafkura har qanday millatchilikdan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlardan xolidir. U jamiyatimizdagi har qanday insonning eʼtiqodi va dunyoqarashidan qati nazar, ularning barchasini yagona maqsad atrofida birlashtiradigan; xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni buyuk istiqbol sari chorlaydigan maʼnaviy omildir. Milliy mafkura haqida gapirganda yana shuni ham nazarda tutish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini toʻliq taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12moddasida "Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emas", deyilgan. Mafkurada boʻshliqqa yoʻl qoʻymay, Milliy mafkurani xalqimiz ongiga singdirish zamon talabidir
Istiqlol mafkurasi – millat va davlatning mustaqil rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan gʻoyaviynazariy qarashlar tizimi. Istiqlol mafkurasi istibdod mafkurasi va amaliyotiga qarshi, ozodlikka intilish zarurati tufayli paydo boʻladi. Uning asosiy vazifasi ozod va erkin taraqqiyot yoʻlidagi olijanob maqsadlar atrofida xalqni birlashtirish, ulkan bunyodkorlik ishlariga safarbar etish, unda gʻoyaviy immunitet, mustaqillikka erishguncha xalqning orzu, maqsadini ifodalash, keyin esa mustaqillikni mustahkamlash omili hisoblanadi. Ozodlik yoʻlidagi intilishlar qonga botirilganini koʻrsatuvchi misollar jahon xalqlari tarixida koʻplab topiladi. Iistiqlol mafkurasi olgʻa surgan hayotbaxsh qarashlar hech qachon izsiz ketmagan, bu qarashlar yangi sharoit va vaziyatlar vujudga kelganda mustaqillik uchun kurashni tay-yorlashga xizmat qilgan. Mustaqillikka erishgandan keyin Istiqlol mafkurasining mazmuni mustaqillik davri oldida turgan yangicha vazifalarda yorqin namoyon boʻladi. Bu davrda u mustaqillikning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy va maʼnaviy asoslarini mustahkamlashni gʻoyaviy jihatdan taʼminlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Mamlakatimiz xalqi ongida "Oʻzbekiston — yagona Vatan" degan tushunchani qaror toptirish Istiqlol mafkuraning muhim vazifalaridan biridir. Istiqlol mafkurasi yurtimizda istiqomat qilayotgan turli xalq va millat vakillarida yagona vatan farzandi ekanligi bilan faxrlanish tuygʻusini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekistonning Istiqlol mafkurasi istibdod illatlariga barham berish, mustaqillik, ozodlik va bunyodkorlik kabi qadriyatlarning maʼnosini chuqur anglab yetish, uni odamlarning qalbi va ongiga singdirish, jamiyat hayotida ogohlik, hamkorlik, milliy totuvlik muhitini taʼminlashni oʻzida ifodalaydi 

Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g’oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iborat. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g’oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarur. Albatta, mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongida bir xil g’oyani zo’r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g’oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo’lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. 1999 yil 16 fevralь, 2004 yil martidagi Buxoro va Toshkent, shahrida 2005 yil 13 mayda Andijon shaharlarida sodir etilgan terrorchilik voqealaridan to’g’ri xulosa chiqarish kerak. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya’ni jamiyat, millat o’z g’oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qo’llashi mumkin bo’lgan g’oyaviy tahdidlardan qo’rqmasa, bunday millatni yengish mumkin emas. Aksincha, jamiyat ichida g’oyaviy parokandalik, bo’linishlar bo’lsa dushmanlarga, ularning yot mafkuralariga yo’l ochib beradi. Bunday millatni yengish, mustamlaka qilish oson kechadi. Demak, barqarorlik va xavfsizlik – jamiyatning ongligiga, anglangan to’g’ri tushuncha va bilimlarga faol amal qilishiga, fikriy, g’oyaviy birligiga, bular esa xavfsizlik ma’rifatiga tayanadi. SHu boisdan ham har bir o’zbekistonlik millatidan, dinidan, tug’ilgan joyidan, kasbu yoshidan qat’iy nazar Vatan posboni bo’lishi lozim. Mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat – o’zbekistonliklarning milliy istiqlol g’oyasi atrofida jipsligidir. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy bosh g’oyasi va maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Milliy istiqlol g’oyasi o’zining asosiy g’oyalari: 1) Vatan ravnaqi; 2) yurt tinchligi; 3) xalq farovonligi; 4) komil inson; 5) ijtimoiy hamkorlik; 6) millatlararo totuvlik; 7) diniy bag’rikenglikka tayanar ekan, ana shu g’oyalarga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar tashqi va ichki tahdidlarning oldini oladi.



Download 34,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish