Oyoqlar skeleti va kamarlar. Yelka kamari kurak va ingichka o'mrov suyagidan tashkil topgan. Kurak suyagi sut emizuvchilar uchun xarakterli uchburchak plastinka shaklida bo'lib, uzunasiga ketgan baland toj va tojning uchida akromial o'simtasi bo'ladi. Kurakning distal (pastki) uchida elka suyagi uchun bo’g’in yuzasi ham bor (138-rasm).
1 38-rasm. Tulkining elka kamari va oldingi erkin oyoqlar skeleti: 1 - kurak; 2 - kurak toji; 3 - akromial o'simta; 4 - elka suyagini boshi; 5 - kurak suyagini bo'rtmasi; 6 - elka suyagi; 7 - tirsak suyagi; 8 - bilak suyagi; 9 - bilakuzuk suyaklari; 10 - kaft suyaklari; 11 - barmoq falangalari.
O'mrovning bir uchi tog’ay yordami bilan kurakka (akromial o'simtasiga) va ikkinchi uchi to'sh dastasiga birikadi. Korakoid suyagi embrion rivojlanishdagina bo'lib, keyinchalik kurakka korakoid o'simta shaklida qo’shilib ketadi Oldingi oyoqlar skeleti elka, bilak va oyoq kafti bo'limlaridan iborat. Elka bo'limidagi elka suyagi uning proksimal (yuqori) uchida kurakning bo’g’in yuzasi bilan qo’shiladigan yumaloq boshchasi bor. U distal (pastki) uchidagi bloksimon o'simta orqali bilak bo'limi bilan qo’shiladi. Bilak bo'limi tirsak va bilak suyaklaridan tashkil topgan. Oyoq kafti uchta kenja bo'lim: bilaguzuk kaft va barmoq falangalaridan vujudga kelgan (138-rasm).
Chanoq kamari juft nomsiz suyakdan iborat. Nomsiz suyak embriologik ryvojlanishda uchta tipik elementlarning-yonbosh, quymich va qov suyaklarining qo’shilishidan hosil bo'ladi. Bu suyaklarning birikkan joyida son suyagining chanoqqa qo’shilishi uchun quymich kosa bor. Sut emizuvchilarning chanoqi berk chanoq bo'ladi, chunki quymich suyagi bilan qovsuyaklari o'zaro o'rta chiziq bo'ylab qo’shilib ketadi (139-rasm).
Keyingi oyoq kam oldingi oyoq singari uchta: son, boldir va oyoq kafti bo'limlaridan tashkil topgan. Birinchi asosiy bo'lim - son bitta son suyakdan, ikkinchi bo'lim boldir esa ikkita: katta boldir va kichik boldir suyaklaridan hosil bo'ladi. Uchinchi bo'lim - oyoq kafti uchta kenja bo'lim: tovon kaft va barmoq falangalari dan iborat. Umuman tuzilish jihatidan orqa oyoq oldingi oyoqdan biroz farq qiladi. Orqa oyoq tovon suyaklarining proksimal bo'limida sut emizuvchi hayvonlar uchun xarakterli birmuncha katta bo'lgan ikkita suyaklar bor. Bulardan ichkaridagisi - to’piq suyagi, tashqaridagisi esa tovon suyagi deb atatadi. Bu suyakning orqa qismida sut emizuvchilar uchun xarakterli bo'lgan payning birikishi uchun tovon bo'rtmasi mavjud. Nihoyat, sut emizuvchilarning tizza bo’g’imida serpay yumaloq suyakcha tizza kosasi joylashgan (140-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |