Bosh skeleti-miya qutisi. Sut emizuvchilarning bosh skeleti to'la suyaklashgan. Ayrim suyaklar bir-biri bilan umrbod saqlanib qoladigan choklar orqali birikadi. Ko'p hollarda suyaklar notekis g’adir-budur yuzali bo'lib, bu yuzaga muskullar birikadi. Miya qutisining ensa bo'limi katta ensa teshigini o'rab turadigan bitta ensa suyagidan tashkil topgan. Lekin bu suyak to'rtta mustaqil suyak (toq asosiy ensa suyak, ikkita yon ensa suyak va bitta ustki ensa suyak) ko'rinishida yuzaga kelib, yosh hayvonlarda bir-biriga chok bilan qo’shilgan bo'ladi. Ensa teshigining ikki yonida bittadan ensa bo'rtmasi bor. Bu orqali bosh skeleti birinchi umurtqaga harakatchan tarzda birikadi. Miya qutisining ostida, ensa suyagining oldida asosiy ponasimon suyak turadi, bu suyakning oldida esa ingichka old ponasimon suyak bo'ladi. Asosiy ponasimon suyakdan yon tomonlarga chiqqan o'simtalar katta qanotlar va oldingi ponasimon suyakdan hosil bo'lgan yon o'simtalar kichik qanotlar deb yuritiladi. Bu o'simtalar ko'zlararo to’siqning pastki qismini tashkil etadi. Ko'z kosasining old tomonida kichkinagina ko'z yoshi suyagi bor. Ko'zlararo yupqa to’siqning ko'p qismini noto’g’ri shaklli plastinkalar ko'rinishidagi juft ko'z ponasimon suyak bilan qanot - ponasimon suyaklar hosil qiladi. Ular old va asosiy ponasimon suyaklarning ustida turadi. Eshituv bo'limida markazdan suyaklangan juft tosh suyaklar bo'lib, bular asosiy ensa suyagining ikki yonidan joy olgan va pastki tomondan nog’ora suyaklar bilan qopdangan. Hidlov bo'limida, old-ponasimon suyakning oldida bitta panjara suyak bor. Bu suyak vertikal plastinka shaklida bo'lib, uning ikki yonidan hidlov chig’anoqlari chiqadi. Ustki jag’ suyaklari hosil qilgan tashqi devordan hidlov bo’shliqlariga pastki yoki jag’ chig’anoqlari kirib turadi (137-rasm).
Qoplogich suyaklardan tepa manglay va burun suyaklar miya qutisi qopqog’ini hosil qiladi. Bundan tashhari, tepa suyaklar oraliqida sut emizuvchi hayvonlarga harakterli bo'lgan toq tepaaro suyak joylashgan. Miya qutisining yon tomonlari esa juft tangacha suyaklardan hosil bo'lgan. Yonoq o'simtalari tagida pastki jag’ birikadigan yuza bor. Yonoq o'simtasi uzun yonoq suyagining Orqa qismiga old tomondan esa ustki jag’ suyagining yonoq o'simtasiga birikadi. Bu suyaklardan hosil bo'lgan yonoq yoyi ko'z kosasini tashqi tomondan o'rab turadi. Diapsid tipidagi bosh skletidan yonoq suyagi pastki chakka yoyining, tangacha suyak esa yuqori chakka yoylarining elementidir.