O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

Xavfsizlik parametrlari
ham simsiz kirish nuqtasining majburiy 
sozlamalariga kiradi, chunki uzatish muhitining tabiati yuborilgan xabarni 
osonlikcha olishga uchinchi tomonga imkon beradi. 
Simsiz tarmoq xavfsizlik parametrlarini sozlashga xavfsizlikni taʼminlash 
protokolini belgilash, tarmoqqa kirish parolini (kalitini) o‘rnatish va tanlangan 
protokolga qarab baʼzi boshqa parametrlarni aniqlashni o‘z ichiga oladi. 
Simsiz tarmoqlarni himoya qilish foydalanuvchi autentifikatsiyasini, 
shifrlashni va uzatilayotgan maʼlumotlarning butunligini tekshirishni o‘z ichiga 
oladi. Agar xavfsizlik protokoli qo‘llanilmasa, tarmoq ochiq holda yaratiladi, unga 
kirish parolsiz bo‘ladi. Bunday simsiz tarmoqlar xavfli deb hisoblanadi, chunki 
autentifikatsiyaning yo‘qligi, himoyaning yo‘qligini bildiradi, demak uzatiladigan 
maʼlumotlar shifrlanmaydi. Ochiq simsiz tarmoq orqali uzatilgan har qanday 
maʼlumot begona shaxs tomonidan shifrlanmagan holda radioto‘lqinlarni tinglash 
orqali olinishi mumkin. 
Wi-Fi tarmoqlarining dastlabki avlodlari 
WEP
(Wired Equivalent Privacy) 
xavfsizlik protokolidan foydalangan. Ushbu protokol hozirda eskirgan deb 
hisoblanadi va undan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki aniqlangan zaifliklar 
tufayli yеtarli darajada himoyani taʼminlay olmaydi. Biroq, WEP odatda zamonaviy 
simsiz qurilmalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, bu esa eski simsiz qurilmalar 
bilan birgalikda ishlashga imkon beradi.
WPA va WPA2
(Wi-Fi Protected Access) protokollari WEP o‘rnini bosuvchi 
sifatida ishlatiladi. Ushbu protokollar kengaytiriladigan autentifikatsiya protokoli 


115 
EAP (Extensible Authentication Protocol) va ishonchli shifrlashni qo‘llab-
quvvatlaydi. WPA2 protokolida yangi va foydalanish uchun tavsiya etilgan AES 
shifrlash algoritmi qo‘llaniladi. Autentifikatsiyani taʼminlaydigan EAP protokoli 
foydalanuvchidan uning tarmoqqa kirish huquqini tasdiqlovchi maʼlumotni taqdim 
etishini talab qiladi. Eng sodda variantda, bu kirish nuqtasining sozlamalarida 
ko‘rsatilgan tarmoqqa kirish paroli bo‘lishi mumkin. Ushbu autentifikatsiya usuli 
Pre Shared Key (WPA-PSK, WPA2-PSK) deb nomlanadi.
Murakkab variantda esa autentifikatsiya qilish uchun RADIUS server 
tomonidan taqdim etilgan markazlashtirilgan foydalanuvchi bazalaridan foydalanish 
mumkin. Masalan, Windows domeni kontrolleri (nazoratchisi) bunday server 
vazifasini o‘tashi mumkin. Bunday holda simsiz tarmoqqa kirish uchun domen 
foydalanuvchilarining login va paroli orqali autentifikatsiya qilinadi. Ushbu usul 
WPA-Enterprise deb ham ataladi. 
Ko‘pgina kirish nuqtalari xavfsizlikni taʼminlashning quyidagi variantlarini 
taqdim etadi: WPA2-PSK (TKIP), WPA2-PSK (AES) va WPA2-PSK (TKIP/AES). 
TKIP va AES – bu Wi-Fi tarmoqlarida ishlatiladigan 2 xil shifrlash 
standartlari. TKIP – bu ishonchsiz WEP algoritmini almashtirish uchun WPA 
standartida kiritilgan eski shifrlash protokol. Aslida, TKIP WEP shifrlash 
algoritmiga o‘xshaydi. TKIP endi ishonchli xavfsizlik usuli deb hisoblanmaydi va 
hozirda tavsiya etilmaydi. AES – bu WPA2 standartida kiritilgan xavfsizroq 
shifrlash protokoli. AES faqat Wi-Fi tarmoqlari uchun maxsus ishlab chiqilgan 
standart emas. Ushbu algoritm boshqa maqsadlarda ham keng qo‘llaniladi. 
11.1-jadvalda WEP, WPA va WPA2 protkollarining qiyosiy tahlili keltirilgan. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish