O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

Tarmoq nomi
(Service Set Identifier, SSID) – bu simsiz tarmoq identifikatori, 
u mijozlarga simsiz tarmoqni topish, simsiz tarmoqqa ulanish uchun ushbu tarmoq 
parametrlarini olish imkonini beradi. Odatda, mavjud simsiz tarmoqlarning 
identifikatorlari mijoz qurilmalarida simsiz tarmoq ulanishlari qismida ko‘rsatiladi. 
Xuddi shu identifikatorlar keyinchalik ulanish parametrlarini saqlash uchun 
ishlatiladi (shu jumladan, ulanish uchun ishlatilgan parollar va boshqa parametrlar). 
Tarmoq identifikatori har 100 milli sekundda maxsus signal paketlari 
yordamida radioto‘lqinlar orqali uzatiladi. Agar kerak bo‘lsa, kirish nuqtasi 
identifikatorini yashirishi mumkin (xavfsizlikni taʼminlash maqsadida) va qo‘shni 
kirish nuqtalari bir xil identifikatorlardan foydalanishi mumkin (keng hudud bo‘ylab 
simsiz tarmoq yaratishga imkon beradi). 
Chastota kanali
– bu maʼlumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan chastota 
diapazonini bildiruvchi son. Odatda 1 dan 13 tagacha kanal bo‘ladi (har xil 
davlatlarda farq qilishi mumkin). Har bir kirish nuqtasi bitta kanaldan foydalanadi, 
simsiz tarmoq mijozlari ushbu kanal orqali kirish nuqtasiga ulanadi. Bir nechta 
kirish nuqtalari bitta xizmat ko‘rsatish zonasida (taʼsir zonasida) joylashganida 
kanallarni tanlash muammosi paydo bo‘ladi. 
Agar bunday kirish nuqtalarida bir xil chastota kanali ishlatilsa, u holda bu 
maʼlumot uzatish tezligini sezilarli darajada pasaytiradi, chunki turli xil Wi-Fi 
tarmoqlari umumiy muhitdan foydalanishga majbur. Bundan tashqari, chastota 
kanalini tanlashda yonma-yon turgan kanallarning bir-biriga o‘zaro taʼsirini hisobga 
olish kerak. Shu munosabat bilan, bir-biriga yaqin turgan kirish nuqtalarining 
kanallari 
shunchaki 
bir-biridan 
farq 
qiluvchi 
yonma-yon 
kanallardan 
foydalanmasligi, aksincha bir-biridan uzoqda bo‘lgan kanalardan foydalangani 
maqsadga muvofiq. To‘liq ajratilgan kanallar (yaʼni bir-biriga salbiy taʼsir 
etmaydigan kanallar) bu 1, 6 va 11 kanallardir. 


114 
Kanalni sozlashda kanallarni avtomatik aniqlash rejimini tanlash maqsadga 
muvofiq. Bunday holda, kanal kirish nuqtasi tomonidan avtomatik ravishda 
atrofdagi signallarni tahlil qilgan holda belgilanadi. 
1 dan 13 gacha bo‘lgan kanal sonlari 2,4 gigagertsli simsiz tarmoqlar uchun 
amal qiladi. Shu bilan birga, 5 gigagertsli chastota diapazoni simsiz tarmoqlarni 
qurish uchun ham ishlatilishi mumkin, bu diapazon yangi Wi-Fi standartlarida 
tobora ko‘proq foydalanilmoqda. 5 gigagerts chastotali Wi-Fi tarmoqlari mavjud 
kanallarning o‘z ro‘yxatiga ega. Masalan 34 dan 64 gacha, 100 dan 128 gacha. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish