O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


-rasm. maʼlumotlarning OSI pog‘onalaridan o‘tganda unga har bir pog‘ona boshqaruv



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

5.2-rasm. maʼlumotlarning OSI pog‘onalaridan o‘tganda unga har bir pog‘ona boshqaruv 
xabarlarining qo‘shilishi
 
5.2.1. Fizik pog‘ona 
Ushbu pog‘onada maʼlumot bitlarini fizik kanallar orqali uzatish usullari
tarmoq komponentlarining xarakteristikalari aniqlanadi. Tarmoq komponentlarining 
xarakteristikalari: uzatish vositasi turi (kabel, radio to‘lqin), fizik tarmoq 
interfeyslari turlari, tarmoq topologiyalari, chastota va boshqalar.
Fizik pog‘onada tarmoq qurilmalarida apparat shaklda amalga oshiriladi. Fizik 
pog‘ona texnik vositalariga kabellar, ulagichlar, kommutatsiya panellari, repiterlar, 
konsentratorlar, media konvertorlar kiradi. 
5.2.2. Kanal pog‘onasi 
Ushbu pog‘onada asosiy topologiya tarmoqlarida maʼlumotlar kadrlari 
(freymlari)ni yеtkazib berish amalga oshiriladi, bu uchun uzatish vositasining 
mavjudligi tekshiriladi, kadr tayyorlanadi va uzatishda xatolar aniqlansa ular 
tuzatiladi. Kadr – maʼlumot bitlari, yuboruvchi va qabul qiluvchining MAC-
adreslarini o‘z ichiga olgan kanal pog‘onasining maʼlumot birligi. Shuningdek 
protokolga qarab, kadrning yaxlitligini tekshirish uchun nazorat summasi, tarmoq 
protokoli yorlig‘i va h.k. bo‘lishi mumkin.


57 
Kanal pog‘onasini to‘g‘ri tushunish uchun quyidagilarni anglab olish kerak: 
1) Maʼlumotlarni uzatish kadrlarda (freymlarda) amalga oshiriladi.
2) Kadrlarni yеtkazib berish faqat asosiy topologiya tarmoqlarida va bitta 
tarmoq segmenti ichida amalga oshiriladi, yaʼni yеtkazib berish oraliq vositachi 
uzellardan foydalanmasdan amalga oshiriladi. 
3) Fizik adres tushunchasi paydo bo‘ladi, uzatiladigan kadrlarni yеtkazib 
berish uchun ishlatiladigan MAC-adres. 
Kanal pog‘onasi tarmoq qurilmalarining dasturiy taʼminotida (tarmoq 
adapterlari, kommutatorlar, modemlar va boshqalar), shu jumladan OT-lar uchun 
tarmoq adapteri drayverida amalga oshiriladi. 
5.2.3. Tarmoq pog‘onasi 
Ushbu pog‘onaning asosiy vazifasi turli topologiyali tarmoqlarda va turli 
tarmoq segmentlarida maʼlumotlar paketlarini vositachi uzellardan foydalangan 
holda yеtkazib berishdir. Ushbu vazifani hal qilish uchun tarmoq pog‘onasida 
o‘zining adreslash tizimi (tarmoq adresi) joriy etiladi hamda kompyuter tarmog‘ida 
maʼlumotlarni uzatish yo‘lini aniqlash uchun marshrutlash mexanizmi qo‘llaniladi. 
Yangi adreslash tizimini joriy etish zarurati marshrutlashni taʼminlovchi 
tarmoq adresi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi kerakligi bilan izohlanadi. Ushbu 
adres tarmoq nomeri bilan bir qatorda xost nomerini ham o‘z ichiga oladi. 
Bunday holda, agar yuboruvchi va qabul qiluvchi adreslarining birinchi 
qismlari bir-biriga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa (yaʼni, ularning tarmoq nomerlari bir-
biriga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa), u holda yuboruvchi va qabul qiluvchi bitta tarmoq 
segmentida joylashgan deb hisoblanadi va maʼlumot to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
(vositachilarsiz) uzatiladi. 
Agar yuboruvchi va qabul qiluvchi turli tarmoqlarda joylashgan bo‘lsa, 
maʼlumot vositachi uzelga (shlyuz)ga uzatiladi, u yеrdan maʼlumot qabul qiluvchiga 
yoki keyingi vositachi uzelga yuboriladi.


58 
Maʼlumotlar paketlarini uzatish yo‘llari tarmoq uzellarida saqlanadigan yoki 
baʼzi dinamik marshrutlash protokollari asosida avtomatik ravishda tuziladigan 
marshrutlash jadvallari asosida aniqlanadi. 
Tarmoq pog‘onasi kompyuter tarmog‘ida tegishli protokollarni o‘rnatish va 
sozlash (IP, IPv6 va boshqalar) orqali amalga oshiriladi. 
Tarmoq pog‘onasida ishlaydigan apparat qurilmalariga marshrutizator kiradi. 
5.2.4. Transport pog‘onasi 
Ushbu pog‘ona ishonchsiz tarmoqda maʼlumotning kafolatli uzatilishini 
nazorat qiladi, yaʼni ishonchsiz tarmoq ustida 2 uzel o‘rtasidagi ishonchli aloqani 
taʼminlashga xizmat qiladi. Asosiy funksiyalari paketning buzilishi, yo‘qolib 
qolishi, dublikatining paydo bo‘lishi kabi uzatishdagi xatoliklarni to‘g‘rilash 
hisoblanadi.
Maʼlumotlarni paketlarga ajratadi. Har bir paketning sarlavha qismi bo‘lib, 
unda yuboruvchi IP-adresi va qabul qiluvchi IP-adresi yozilgan bo‘ladi. 
Ushbu pog‘onada asosan 2 ta protokol TCP va UDP qo‘llaniladi. TCP 
protokolida yuboruvchi maʼlumotlar uzatganda, qabul qiluvchidan ushbu 
maʼlumotlar to‘liq yеtib kelganligi haqida xabar oladi, agar maʼlumot to‘liq yеtib 
kelmaganligi haqida xabar olsa, unda maʼlumotni qayta yuborishni amalga 
oshiriladi.
UDP protokoli maʼlumot qabul qiluvchiga to‘liq yеtib borganini tekshirish 
zarur bo‘lmagan holda foydalaniladi, yaʼni ushbu protokol maʼlumotlarni tarmoqqa 
uzataveradi, lekin ushbu maʼlumotlar qabul qiluvchiga yеtib bordimi yoki yo‘qmi, 
buni aniqlab o‘tirmaydi. Bu protokol maʼlumotlarni uzatishni minimal xarajatlar 
bilan tashkil etishga imkon beradi, bu odatiy kichik so‘rovlarni yuboradigan baʼzi 
tarmoq xizmatlari uchun muhim. 
Bu pog‘onada tarmoq porti degan tushuncha mavjud. Tarmoq porti – mantiqiy 
port (fizik port emas) bo‘lib, u har bir IP-adres uchun mos ravishda 1 dan 2^16-1 
tagacha bo‘ladi. Masalan 192.168.0.10 IP-adres xostga o‘rnatilgan bo‘lsa, unda 
192.168.0.10:1, 192.168.0.10:2,…,192.168.0.10:65535, agar ushbu xostda yana 


59 
bitta 172.20.0.20 IP-adres o‘rnatilgan bo‘lsa, unda 172.20.0.20:1, 172.20.0.20:2,…, 
172.20.0.20:65535. 
Tarmoq portlari 2 ta uzelning tarmoq dasturlari o‘rtasida aloqani 
identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. IP-adres orqali maʼlumot uzelgacha yеtib 
keladi. Uzelga yеtib kelgan maʼlumotni qayta ishlashga qaysi dasturga uzatish uchun 
aynan port qo‘llaniladi. Bundan kelib chiqadiki, paketlarda yuboruvchi va qabul 
qiluvchi IP-adreslaridan tashqari tarmoq porti ham yozilgan bo‘ladi. Masalan: 
192.168.0.100:12020-192.168.0.10:80 – buning maʼnosi, maʼlumot 192.168.0.100 
IP-adresli yuboruvchi uzelning 12020 porti orqali 192.168.0.10 uzelning 80 portiga 
uzatilmoqda, degani.
Albatta bu holda ushbu 2 ta uzelning mos portlarida qaysidir dastur jarayoni 
ishlab turgan bo‘ladi, aynan ushbu dasturlar aloqa qilayotgan bo‘ladi. Odatda qabul 
qiluvchi uzelda tarmoq dasturi ishga tushgandan keyin bir yoki bir nechta portni 
band qilib, ushbu portlarni tinglab turadi. Agarda tinglab turgan portiga xabar kelsa, 
dastur uni o‘qib olib qayta ishlaydi, kerak bo‘lsa javob qaytaradi, uzatuvchi xabarni 
qaysi porti orqali uzatgan bo‘lsa, ko‘pincha javob ham o‘sha portiga uzatiladi. Har 
bir portdan bir vaqtning o‘zida faqat bitta dastur foydalanishi mumkin.
5.4.5. Seans pog‘onasi 
Ushbu pog‘ona qaysi tomonning hozirda aktivligini qayd qiladi va aloqani 
sinxronlash usulini taqdim etadi. 
Sinxronlashda uzoq uzatish jarayonlarda nazorat nuqtalarini qo‘yadi, agar 
nosozlik yuz bersa, uzatishni boshidan emas, balki so‘nggi nazorat nuqtasidan 
boshlab davom ettirish mumkin bo‘ladi. Har bir nazorat nuqtasida, oxirgi nazorat 
nuqtasidan ushbu nazorat nuqtasigacha bo‘lgan maʼlumotlar to‘liq yеtib borilganligi 
tekshiriladi, endi ko‘pincha protokolga bog‘liq.
Amalda seans pog‘onasidan kam sonli dasturlar foydalanadi va u kamdan-kam 
hollarda alohida protokol sifatida amalga oshiriladi. Bu pog‘onaning funksiyalari 
ko‘pincha amaliy pog‘ona funksiyalari bilan birlashtirilib, bitta protokolda amalga 
oshiriladi. 


60 
5.4.6. Taqdimot pog‘onasi 
Taqdimot pog‘onasi tarmoq orqali uzatiladigan maʼlumotlarning maʼnosini 
o‘zgartirmasdan taqdim etish shakli bilan shug‘ullanadi. 
Taqdimot pog‘onasi tufayli bir tizimning amaliy pog‘onasi tomonidan 
uzatiladigan maʼlumot har doim boshqa tizimning amaliy pog‘onasi tomonidan 
tushuniladi. 
Ushbu pog‘ona yordamida amaliy protokollar maʼlumotlarni namoyish 
qilishdagi sintaktik farqlarni yoki belgilar kodlaridagi farqlarni bartaraf etishi 
mumkin. Masalan: ASCII va EBCDIC 
Ushbu pog‘onada maʼlumotlarni shifrlash va deshifrlash masalalarini hal qilish 
mumkin, buning natijasida barcha amaliy xizmatlar uchun maʼlumotlar almashinuvi 
maxfiyligi taʼminlanadi. Bunday protokolga TCP/IP stekining amaliy pog‘ona 
protokollari uchun xavfsiz xabar almashishni taʼminlaydigan Secure Socket Layer 
(SSL) misol bo‘ladi. 
Bundan tashqari maʼlumotlarni siqish (arxivlash) va arxivdan ochishni amalga 
oshirishi mumkin. 
5.4.7. Amaliy pog‘ona 
Amaliy pog‘ona turli xil protokollarning to‘plamidir, ular orqali tarmoq 
foydalanuvchilari fayllar, printerlar yoki gipermatnli veb-sahifalar kabi umumiy 
manbalarga kirishlari va hamkorlikda ishni tashkil qilishlari mumkin. Masalan: 
elektron pochta protokoli. 
Amaliy pog‘onada ishlatiladigan maʼlumot birligi odatda xabar deyiladi. 
Amaliy pog‘onada juda ko‘p xilma-xil xizmatlar mavjud, ushbu xizmatlar 
maʼlum tarmoq protokollari orqali taqdim etiladi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish