189
SOCKS protokoli IP tarmoqqa bog‘liq emas va operatsion tizimga bog‘liq
emas. Masalan, mijoz dasturlari va proksi o‘rtasida maʼlumot almashish uchun IPX
protokoli ishlatilishi mumkin.
SOCKS protokoli tufayli, tarmoqlararo ekran va
VPN-lar turli tarmoqlar o‘rtasida xavfsiz aloqa va maʼlumot almashishni tashkil
qilishi mumkin. SOCKS protokoli ushbu tizimlarni yagona siyosat asosida xavfsiz
boshqarish imkonini beradi. Taʼkidlash joizki, xavfsiz tunnellar SOCKS protokoli
asosida har bir dastur va seans uchun alohida tuzilishi mumkin.
SOCKS protokoli spetsifikatsiyasiga ko‘ra, SOCKS serveri (uni tarmoqlararo
ekranda o‘rnatish tavsiya etiladi) va har bir foydalanuvchi kompyuterida o‘rnatilgan
SOCKS mijozi mavjud. SOCKS serveri mijoz nomidan har qanday dastur serveri
bilan mijozning o‘zaro aloqasini taʼminlaydi. SOCKS
mijozi mijozning dastur
serveriga (resurs joylashgan server) bo‘lgan barcha so‘rovlarini SOCKS serveriga
uzatish va undan javobni qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
SOCKS 5 protokoli IETF tomonidan Internet standarti sifatida qabul qilingan
va RFC 1928 ga kiritilgan. SOCKS 5 protokoli yordamida ulanishni o‘rnatishning
umumiy sxemasini quyidagicha taʼriflash mumkin:
tarmoqdagi har qanday dastur serveriga uzatmoqchi bo‘lgan mijozining
so‘rovi o‘sha kompyuterda o‘rnatilgan SOCKS mijozi tomonidan qabul qilinadi;
SOCKS serveriga ulanganidan so‘ng, SOCKS mijozi o‘zi qo‘llab-
quvvatlaydigan barcha autentifikatsiya usullarining identifikatorlarini aytadi;
qaysi autentifikatsiya usulini ishlatishni SOCKS serveri hal qiladi (agar
SOCKS serveri SOCKS mijozi tomonidan taqdim etilgan autentifikatsiya
usullaridan hech birini qo‘llab-quvvatlamasa, ulanish to‘xtatiladi);
taklif qilingan autentifikatsiya usullaridan
birini tanlagan holda, SOCKS
serveri SOCKS mijozi bilan ishlayotgan foydalanuvchini autentikatsiya qiladi;
muvaffaqiyatsiz autentifikatsiya qilingan taqdirda,
SOCKS serveri
ulanishni to‘xtatadi;
muvaffaqiyatli autentifikatsiyadan so‘ng, SOCKS mijozi SOCKS serveriga
tarmoqdagi so‘ralgan dastur serverining domen nomini yoki IP adresini uzatadi,
190
so‘ngra SOCKS serveri cheklov qoidalari asosida ushbu dastur serveri bilan aloqani
o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qiladi;
ulanish o‘rnatilganda, dastur mijozi va dastur serveri bir-biri bilan SOCKS
serveri orqali o‘zaro aloqa qiladi, shuningdek tarmoq aloqasini himoya qilish uchun
umumiy seans kalitini generasiya qilib, ular orasidagi
barcha trafikni shifrlashi
mumkin.
SOCKS serveri tomonidan foydalanuvchini autentifikatsiya qilish X.509
raqamli sertifikatlari yoki parollarga asoslangan bo‘lishi mumkin. SOCKS mijozi va
SOCKS serveri o‘rtasidagi trafikni shifrlash uchun OSI modelining seans yoki
pastki pog‘onalardagi protokollardan foydalanish mumkin.
Foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilish, IP adresni o‘girish
va trafikni
shifrlashdan tashqari, SOCKS serveri quyidagi funksiyalarni ham bajarishi mumkin:
ichki tarmoq resurslaridan foydalanishni cheklash;
tashqi tarmoq resurslaridan foydalanishni cheklash;
xabarlar oqimini filtrlash, masalan, viruslarga skanerlash;
hodisalarni qayd qilish va hodisalarga reaksiya ko‘rsatish;
tashqi tarmoqdan so‘ralgan maʼlumotlarni keshlash.
Do'stlaringiz bilan baham: