O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

16.1.
 
Kanal pog‘onada VPN-ni tashkil etish protokollari 
PPTP (Point-to-Point Tunneling Protocol) va L2TP (Layer-2 Tunneling 
Protocol) – OSI modeli kanal pog‘onasining tunnellashtirish protokollari. Ushbu 
protokollarning umumiy xususiyati shundaki, ular Internet kabi ochiq tarmoq orqali 
korporativ tarmoqdagi resurslarga xavfsiz masofaviy kirishni taʼminlash imkonini 
beradi. Ushbu protokollar kanal pog‘onasida ishlagani uchun o‘zidan yuqori 
pog‘onada ishlovchi barcha protokollar xabarlarini uzatishni taʼminlay oladi. 
PPTP protokoli uzatilayotgan maʼlumotlarni shifrlash va tunnellashtirishni 
qo‘llab-quvvatlaydi. L2TP protokoli esa faqat tunnellashtirish vazifasini bajaradi. 
Tunnellashtirish
– bu mavjud tarmoq ustida virtual kanal (tunnel)ni tashkil etib, u 
orqali maʼlumotlarni uzatishni taʼminlash. Bunda uzatilayotgan xabar paketlari
tunnelga kirish paytida, har bir paket uchun yangi paket yaratiladi, tunnel bo‘ylab 
aynan yangi paket uzatiladi. Ushbu yangi paket ichida 
asl paket
to‘liq yoziladi, yangi 
paketning sarlavhasi yaʼni adreslari sifatida 
VPN serveri va VPN mijoz
yoki 
2 ta 
VPN server
adreslari yoziladi. Yangi paket tunneldan chiqish paytida uning ichidagi 
asl paket
ajratib olinadi, tarmoqning qolgan qismiga (lokal tarmoqqa) asl paket 
uzatiladi.
L2TP protokolida xavfsizlikni taʼminlash (autentifikatsiya, shifrlash
butunlikni taʼminlash) uchun tarmoq pog‘onasida ishlovchi IPSec protokoli 
ishlatiladi. 
VPN mijoz dasturi odatda masofadan ulanish uchun standart Point-to-Point 
Protocol (PPP) dan foydalanadi. PPTP va L2TP protokollari PPP protokoliga 


169 
asoslangan va uning kengaytirilgan varianti hisoblanadi. Kanal pog‘onasida 
ishlovchi PPP protokoli maʼlumotni inkapsulyatsiya qilish va uni 
nuqta-nuqta
ulanishlar orqali yеtkazib berish uchun mo‘ljallangan. 
PPP tarkibiga quyidagi protokollar kiradi: 

nuqta-nuqta ulanishni sozlash, o‘rnatish, ishlatish va tugatish uchun masʼul 
bo‘lgan Link Control Protocol (LCP); 

tarmoq pog‘onasi protokollarini inkapsulyatsiya qiladigan tarmoqni 
boshqarish protokoli (NCP). 
Ochiq tarmoqlar orqali konfedensial maʼlumotlarni bir nuqtadan ikkinchisiga 
yеtkazish uchun maʼlumotlar avval PPP yordamida inkapsulyatsiya qilinadi, so‘ngra 
PPTP 
va 
L2TP 
protokollari 
maʼlumotlarni 
shifrlashni 
va 
o‘zining 
inkassulyatsiyasini amalga oshiradi. 
Tunnel protokoli paketni tunnelning boshlanish nuqtasidan oxirigacha 
yеtkazib bergandan so‘ng, dekapsulyatsiya amalga oshiriladi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish