O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti tarix yo‘nalishi III bosqich talabasi sunnatilla jabborovning jahon tarixi fanidan kurs ishi mavzu


Avstriyada milliy ziddiyatlar va ozodlik kurashi



Download 141,93 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2021
Hajmi141,93 Kb.
#69873
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SUNNATILLA KURS ISHI

1.2. Avstriyada milliy ziddiyatlar va ozodlik kurashi.
Avstriya - Vengriya imperiyasini tuzish to`g`risidagi 1867-yil bitimidan keyin avstris millati uzil-kesil tarkib topdi. Aholining 50 mln dan 30 mln o`z huquqlari uchun qahramonona kurashgan slavyan xalqi bo`lsa ham avstris millati ikki davlatdan iborat yagona monarxiyada hukmron bo`lib qoldi .

Chexiya yerlarida milliy kurash anchagina keng quloch yoydi. Chexiyani avtonomiyadan tamomila mahrum qilgan 1867-yil konstitutsiyasi, Vena hukmdorlarining markazlashtiruvchi siyosati chex yerlarida norozilikka sabab bo`ldi . Chexlar harakati ikki oqimda: dvoryanlarga ko`z tikkan Palatskiy va Rigir boshliq keksa Chexlar 1 -oqim, aka -uka Gregramlar va sladkovskiy boshliq yosh chexlar 2-oqimga bo`linib, chexlar siyosiy huquqlar berilishini talab qildilar. Hukumat ta`qib choralarini kuchaytirib, 1868-yilning 7-oktabrda qamal holati joriy qilindi. Chexlar harakati kuchayib ketdi. Chexlarning milliy harakati bilan bir qatorda polyaklar harakati ham katta rol o`ynaydi. Bu harakat maktablarda polyak tilini o`qitishni, mamlakatni boshqarishda avtonomiya berilishini, Galitsiyada mustaqil polyaklar ma`muriyati joriy qilishni talab etdi .

Galitsiyada ukrain aholisi ham milliy zulm ostida kun ko`rdi. Avstriya hukumati Galitsiyadagi hukmron sinf bilan polyak pomeshchiklari bilan bitim tuzib, o`lkani idora qilishda ularga rahbarlik rolini berdi. Ukrain dehqonlari, kosiblari, ziyolilar tobora kuchayotgan zulmga qarshi kurashdilar, norozilik namoyishlari uyushtirdilar. 1867-yil bitimidan keyin Vengriyada siyosiy kurash boshlanib ketdi. Bunga sabab, Avstriya - Vengriya bitimi Vengriyaning o`z ichida siyosiy mustaqillikni qonunlashtirgan bo`lsa ham, lekin aslida, ikki davlatdan iborat yagona monarxiyada hukmronlik vaziyatini saqlab qolgan edi.

Vengriyada 1868-yil 3- noyabrda " Millatlar haqida " qonun qabul qilindi. Bu qonun aslida Vengriya hududida yashovchi slavyan xalqlari bilan ruminlarni oddiy siyosiy huquqlardan mahrum etgan edi. Faqat madyar tili davlat tili deb e’lon qilindi. Madyar ( vengr tili).

XIX asrning so`ngi o`n yilligida milliy zulm kuchayib, Zakarpateyadagi ukrain aholisi vengrlashtirildi. Ukrainlar Avstriya -Vengriyaga qarshi namoyish qilib chiqdi.

Xorvatiya ham Avstriya - Vengriya zulmi ostida edi . Bu yerda 1848-yil xorvatlarining ta`siri kuchli edi. 1868-yilda yangi bitim tuzilib, Xorvatiya o`z parlamenti ( sobori ) va Xorvat bankidan iborat mustaqil ijrochi hokimiyatga ega bo`lish imkonini berildi. Lekin bu bitim Xorvatiyaning Vengriyaga qaramligini o`zgartira olmadi. Xorvatiya byudjetining 56 % Vengriyaga o`tkazilardi. Xorvatiya doim xarbiy va " favqulotdda " holatda turardi , aholi


noroziligi qattiq ta`qib bilan bostirilardi. Slovyanlar ham vengirlar zulmi ostida edi. 60 -yillar oxirida slovaklar 1848 -yil inqilobda qo`lga kiritgan barcha huquqlaridan mahrum bo`ldilar . 1867-yil bitimidan so`ng Slovakiyada vengrlashtirish siyosati olib borildi. Slovaklarning milliy ozodlik harakati kuchayib ketdi.

Avstriya - Vengriyadagi gabsburglar monarxiyasi xalqlar zindoni edi. 1890-yili Vena kelishuvining barbod bo`lishi bilan milliy harakat yanada kuchaydi. Bazeni hukumati ( 1895-1897) hatto chex tiliga davlat maqomi berishga majbur bo`ldi ( 1897). Ammo nemis shovinistlari turli yo`llar bilan bunga to`sqinlik qilardilar. Bazening vorisi gauch ( 1898 -1899) til to`g`risida qonunni bekor qildi. Endi navbat chex deputatlariga o`tdi.4

Kerber hukumati ( 1900-1904) Chexiyani chex va nemislar rayoniga bo`lmoqchi edi, ammo " yosh chexlar" suron ko`tardilar, til tengligi talab etildi. Parlament ishi barbod bo`ldi. Hech ish qila olmagach Kerber istefoga chiqdi. Galitsiya polyak - ukrain munosabatlari keskinlashdi. Italiyaning Tirol viloyati ularga qo`shildi. Vengriya seymi mustaqillik talab qildi: (armiyada, moliya, bank , bojxona , ta`limda ). Xorvat - Vengir munosabatlari yomonlashdi . Xorvatlar o`z haqqi huquqlari uchun kurash boshladilar.5

Fransiyadagi xalq qo'zg’olonining g’alabasi va Lui Filippning ag’darib tashlanganligi haqidagi birinchi xabarlar Avstriyaning keng jamoatchilik doiralariga juda katta ta'sir qildi. Shahar va qishloqlarda g’alayonlar boshlandi. Liberal burjuaziya orasida oppozitsion harakat kuchaydi.

1848-yil 13-martida Vena markazida xalq, jumladan ishchilar, hunarmandlar va shahar kambag’allari to'plandi, hamma yerda Metternini ag’darib tashlash, asriy qullikdan qutilish uchun kurash va xalqni qurollantirishga da'vat qilgan xitoblar o'qib eshittirildi.

Hukumat xalq harakatini bostirish maqsadida qo'shin keltira boshladi. Bunga javoban, Landtag binosi yonida yig’ilganlarga yordam berish uchun shahar atrofidagi ishchilar kelishdi va qonli to'qnashuvlar boshlandi. Qurolli kurash kun davomida kuchayib bordi, hukumat Metterniga iste'fo berishga va student (akademiklar) qurolli legioni tuzishga majburan rozi bo'ldi. Shunday qilib, 14-martda milliy gvardiya tuzildi. 14-15-mart kunlarida Vena atrofidagi ishchilar o'z stanoklarini buzib, fabrikalarni yondirdilar. Natijada 15-martda imperatorning Konstitusiya joriy qilishga rozi ekanligi haqidagi farmoni qabul qilindi.

Avstriya inqilobining birinchi bosqichida faqat ishchilar va keng mayda burjua qatlamlarigina faol ishtirok qilib qolmasdan, unda yirik burjuaziya ham qatnashgan edi. Biroq oradan ozgina vaqt o'tmay kechagi ittifoqchilar o'rtasida bir tomondan burjuaziya bilan va ikkinchi tomondan ishchilar o'rtasida ziddiyat kuchayib ketdi. Burjuaziya inqilob tamomlangan deb hisobladi va uning bundan keyingi chuqurlashib borishiga to'sqinlik qilishga urindi. Mart inqilobi xalq ommasining moddiy ahvolinii yaxshilashga yordam bermagani uchun ular uning natijalaridan qoniqmagan edilar.

Hukumat tomonidan ishlab chiqilgan Avstriya imperiyasi Konstitusiyasi 25-aprelda e'lon qilindi. Bu Konstitusiya Avstriya imperiyasining imperatoriga butun ijroiya hokimiyat va armiyaga raqbarlik qilish ququqini topshirdi.

Avstriya reyxstagi ikki palatadan iborat bo'lishi shu bilan birga yuqori palata a'zolarining ko'pchilik qismi imperator tomonidan tayinlanishi kerak edi.

Rexstagga saylov yuqori mulkiy senz asosida va to'g’ridan-to'g’ri emas, balki ikki pag’onali saylov asosida o'tkazilishi lozim edi. Uy hizmatkorlari, urush va mehnat nogironlari saylov ququqlaridan butunlay mahrum edilar. Bunday cheklashlardan norozi bo'lgan qurolli ishchilar, Vena atroflaridan universitet tomonga kelishga shoshildilar. Ular shu kun Vena markazida, imperator saroyi oldida bo'lgan ommaviy namoyishlarning eng faol qatnashchilari bo'ldilar. Ko'p joylarda barrikadalar qurildi. Namoyishchilar milliy gvardiya siyosiy komitetini tarqatish haqidagi hukumat qarorini bekor qilishdi. Venadan qo'shinlarni chiqarib yuborishni, yalpi saylov ququqi joriy qilishni va ta'sis majlisini chaqirishni talab qildilar, hukumat yon berishga majbur bo'ldi.

Avstriya reyxstagi 22-iyulda o'z majlisini boshladi. Uning tarkibiga pomeshchiklar, burjuaziya va burjua intelligensiyasi vakillari kirgan edi. Ammo shu bilan bir qatorda, pomeshchiklarning qattiq qarshilik ko'rsatishiga qaramay reyxstagga 97 ta dehqon deputati ham saylangan edi. Deputatlar orasida turli millat vakillari: nemislar, chexlar, polyaklar ukrainlar va boshqalar bor edi.

29-avgustda rexstag dehqonlarning feodal majburiyatlarini bekor qilish haqida qaror chiqardi. Asosiy feodal majburiyatlari obrok, barshchina va turli majburiyatlar esa haq to'lash sharti bilan bekor qilindi. Feodal majburiyatlarni bekor qilish haqida 7-sentyabrda chaqirilgan qonunga muvofiq pomeshchiklarga to'lanadigan haqning uchdan ikki qismi dehqonlar tomonidan, uchinchi qismi esa davlat tomonidan to'lanishi kerak edi. To'lanadigan haqning belgilab qo'yilgan miqdori juda yuqori bo'lib, dehqonlar yil davomida to'laydigan to'lovga nisbatan 20 barobar yuqori edi. Shunga qaramay har qalay feodal majburiyatlarning bekor qilinishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu esa Avstriya inqilobining muhim yutug’i sifatida e'tirof etildi.

1848 yil 3-oktyabrda Avstriya hukumati inqilobiy Vengriyaga qarshi rasmiy ravishda urush e'lon qilishi Vena ishchilarining qattiq g’azabini qo'zqatdi.

Harbiy ministrning buyrug’iga binoan Vena grenaderlar batalioni 6 oktyabrda Vengriyadagi inqilobni bostirish uchun jo'nab ketishi kerak edi. Ammo batalion buyruqqa bo'ysunishdan bosh tortdi. Hamma joyda Avstriya urushqoqlarining konterrevolyusion niyatlariga qarshilik ko'rsatishga chaqirishdi. Hukumat qo'zg’olonchilarga qarshi yirik harbiy qismlarni yubordi. Venaning bir qancha tumanlarida ya'ni ko'prik yonida va vokzal yonida qonli to'qnashuvlar bo'lib o'tdi. Qo’zg’alonchilar to'plarni o'z qo'llariga olishga muvaffaq bo'ldilar. Italiya, Vengriya, Chexiya va Galitsiyada o'zining jallodlik faoliyati bilan nom chiqargan harbiy ministr Laturni asir olib dorga osdilar. Venaning inqilobiy demokratik doiralari qat'iy kurashga tayyorlanmoqda edilar. O'z kuchlarining Vena atrofiga keltirilayotgan konterrevolyutsion armiyaga qarshi kurashish uchun ishchilar, studentlar, hunarmandlar jangovar tashkilotlar barpo qilishga intilib, qurol-yarog’ berilishini talab qila boshladilar. Avstriyada 20-aprelda tuzilgan havfsizlik komitetiga hamda Vena xalq ommasining inqilobiy kurashga boshchilik qildilar.

Vena qo'zg’oloni yengilishining asosiy sabablaridan biri burjuaziyaning Vena ichida ham Frankfurt parlamentida ham sotqinlik siyosatini olib borishi natijasi edi. Shu bilan birga yengilish sabablaridan yana biri inqilobga bosh bo'lib qolgan va qurolli kurashga rahbarlikni ta'minlash qobiliyatiga ega bo'lmagan mayda burjua demokratiyasi vakilining qat'iyatsizligi va izchillik bilan harakat qilmaganligi edi.

Inqilob davomida ayniqsa Venadagi oktyabr inqilobi vaqtida ishchilar eng faol rol o'ynadilar. Vena proletarlari va studentlar harakatlarda faol qatnashdilar. Avstriya inqilobi oxirigacha yetkazilmaganligining asosiy sababi Avstriya liberal burjuaziyasining sotqinlik siyosati bo'ldi. U xalqqa hiyonat qildi va feodal-monarxiyachi konterrevolyutsiya kuchlari bilan ittifoq tuzdi.

1848-yilgi Avstriya inqilobi yengilgan bo'lishiga qaramay, uning ahamiyati juda katta bo'ldi. Dehqonlarning feodalizmga qarshi ommaviy harakatlari inqilobdan oldingi feodal tartiblarni yo'qotishga olib keldi.

1848-1849 yillarda Chexiyada inqilobiy harakatlar bo'lib o'tdi. Martning boshlaridayoq Pragada va Chexiyaning ko'pgina viloyat va shaharlarida Konstitusiyaga ko'ra so'z erkinligini va boshqa erkinliklar joriy qilishni talab qilgan varaqalar tarqatildi.

Tarkibiga mayda burjuaziya va intellegensiyaning radikal kayfiyatdagi vakillari kirgan yashirin demokratik "Ripil" jamiyatining chaqirig’i bilan Pragadagi Svyatovaslav binosida majlis chaqirildi. Bu yerda Avstriya imperatoriga petitsiya bilan murojaat qilishga qaror qilindi. Bu petitsiyada barcha chex yerlari uchun yagona seym chaqirish, feodal majburiyatlarini tugatish, davlat ma'muriy va madaniy tashkilotlarida chex va nemis tillarining teng huquqli bo'lishi va boshqa bir qancha islohotlar qilish talab qilingan edi. Bu loyihani uzil-kesil tahrir qilish uchun Svyatovaslav komiteti deb atalgan komitet tuzildi. Uning tarkibiga chex va nemis burjuaziyasi vakillari kirgan edi.

Ferdinand I bu petisiyaga bergan javobida ma'lum darajada yon berishga majbur bo'ldi. U chex yerlari uchun mas’ul ministrlik tuzishga va davlat idorasida chex va nemis tillarining teng huquqligini tan olishga rozi bo'ldi. Biroq bir qancha muhim talablar qanoatlantirilmasdan qolib ketdi. Chex yerlarining bir butun qilib birlashtirish va ularga muhtoriyat berish masalasi Avstriya rexstagida ko'rib chiqilishi lozim edi. Chexiyada mart kunlari xalq ommasi harakatining yuksalishi bilan nishonlandi. Bir qancha sanoat markazlarida Praga, Brino va boshqa joylarda ishchilar g’alayonlarining 17-martda hukumat oldiga o'z ahvollarini yaxshilash talabini qo'yib chiqishlari ishchilarning eng katta harakatlaridan biri bo'ldi. Ishchilar harakatining yuksalishi bilan bir qatorda dehqonlarning feodal zulmga qarshi ommaviy harakati o'sib bordi. Avstriya hukumati dehqonlar harakatidan qo'rqib, pomeshchiklarga bundan keyin tovon to'lash yo'li bilan barshchinani bekor qilish haqida 1848-yil 28-mart farmonini chiqardi. Bu farmonga muvofiq, haq to'lash hisobiga 1849-yil 31-martdan boshlab, barshchina bekor qilinishi lozim edi. Bu farmondan keyingi ikki hafta ichida Chexiyada dehqon harakatlari ko'tarilib turdi. Ko'p hollarda bunday harakatlar harbiy kuch yordami bilan bostirildi. Dehqonlar feodal majburiyatlarni bajarishdan bosh tortdilar. Radikal-demokratik elementlarning targ’iboti dehqonlar harakatining yuksalishiga yordam qildi. Radikal-demokratik elementlar dehqonlarni barcha feodal majburiyatlarni tugatish va dvoryan imtiyozlarini bekor qilish uchun kurashga chaqirar edilar.

Mayning oxirida bosmaxona ishchilarining stachkasi bo'ldi. Shundan keyin Praga atrofidagi to'qimachklik korxonalari ishchilarining, shuningdek tegirmon xodimlarining yirik chiqishlari boshlandi. Ishchilar orasida ochlikka, muhtojlikka va ishsizlikga qarshi kurashga chaqirgan varaqalar tarqatildi. Dehqonlarning feodalizmga qarshi majburiyatlarini haq to'lamasdan bekor qilishni qat'iy talab qila boshladilar. Bu talablar qondirilmaganligi uchun demokratlar Praga ishchilariga murojaat qilib, ularni kurashga chaqirdilar. 12-iyunda Praga ko'chalarida ko'p ming kishilik namoyish bo'lib o'tdi. Namoyishchilar o'q bilan kutib olindi. Bunga javoban Praga ishchilari, hunarmandlari, shahar kambag’allari, demokratik intillegensiya vakillari kurashga otlandilar va barrikadalarda turib, qahramonona jang qildilar.

Praga qo'zg’aloni katta tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. Chexiya xalq ommasining bu yirik qurolli chiqishi 1848-1849 yillarda olib borilgan inqilobiy kurashning eng yuqori cho'qqisi bo'ldi deyish mumkin.6

Praga qurolli qo'zg’oloni 1848-yilda Chexiyadagi ijtimoiy harakatning rivojlanishida muhim davr bo'ldi. Praga qo'zg’oloni bostirilganidan keyin chex burjua liberal vakillari butun kuch g’ayratlarini xalq ommasining inqilobiy harakatini bostirishga, Chexiyadagi ijtimoiy harakatni milliy burjua yo'liga bo'lib yuborishga, konterrevolyutsion Gabsburglar mavqeini qayta tiklashga sarfladilar. Venadagi oktyabr qo'zg’oloni vaqtida chex liberallari xalqqa nisbatan ochiqdan-ochiq, dushmanlik mavqeini tutdilar.

Praga qqo’zg’aloni bostirilganidan keyingi qattiq repressiya sharoitida chex demokratlari burjua liberallarining xalqqa qarshi rejalarini amalga oshirilishiga to'sqinlik qila olmadilar. Chex burjuaziyasi siyosatidan qattiq noroziligini o'z manfaati yo'lida foydalanib, millatchilik niqobi ostida inqilob kuchlarini bostirishga va reaksion Gabsburglar absolyutizmi mavqeini mustaqkamlashga yordam qildilar.

Fransiyadagi fevral inqilobi haqidagi xabarlar Vengriya inqilobining boshlanib ketishini tezlashtirdi. 3-martda seym quyi palatasi majlisida Koshut Avstriya umumiy yagona tizimini keskin ravishda tanqid qildi va shaxsiy qaramlikni bekor qilish, butun mamlakatda xalq vakilligi va o'z-o'zini boshqaruv mahkamasi joriy etish talablarini ilgari surdi. Shandor Petefi boshchiligidagi radikallar guruhi tuzgan va inqilob dasturi bo'lib qolgan bu talablar petitsiyaga asos qilib olindi. Dasturda quyidagi talablar kiritilgan edi. Matbuot erkinligi va senzurani bekor qilish, Vengriyaning javobgar hukumatini barpo qilish, seymni har yili chaqirib turish, hammaning qonun oldida teng bo'lishi, bir xil soliq tizimi barshchinani yo'qotish, armiyaning Konstitusiyaga sodiq bo'lishga qasamyod qilish, chet el qo'shinlarini Vengriyadan olib chiqib ketish, siyosiy mahbuslarning ozod qilishi kabilar edi. "O'n ikki band" deb nomlagan bu dasturning kamchiliklariga qaramay, u Vengr xalqining inqilobiy elementlarini birlashtirish platformasi bo'lib xizmat qildi.7

Petefi vengr xalqini ozodlik kurashiga chaqirgan inqilobiy gimn "Milliy ashula"ni yozib, bir kun ilgari, ya'ni 15 mart kuni ertalab "Pilvans" kafesida to'plangan radikallarga o'qib berdi. Namoyishchilar shaharrning eng yirik bosmaxonasiga keldilar. Bu yerda Vengriya tarixida birinchi marotaba senzura ruxsatisiz "o'n ikki punkt" va "milliy ashula " bosib chiqarildi. hokimiyat ijtimoiy xavfsizlik komiteti qo'liga o'tdi. Shu kuniyoq komitet inqilobning butun mamlakatga yoyish haqida chaqiriq bilan murojaat qildi. Ferdinand I inqilob g’alabalarini yo'q qilishga urinib ko'rdi. 27-martda qonun chiqarildi, bu qonunga muvofiq Vengriya hukumati mamlakatning harbiy va moliya ishlarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan edi. Bu xalqning yangi to'lqiniga sabab bo'ldi. 23- martda temirchilar, kiyim tikuvchilar, slesarlarning birinchi ommaviy majlisi bo'ldi. Ishchilar ish haqini oshirishni va sex cheklashlarini bekor qilishni talab qildilar.

Pomeshchiklarning vino sotishdagi monopoliya ququqini, baliq ovlash va ov ququqini bekor qilish uchun 1848-yil martidayoq dehqonlarning harakati boshlandi. Dehqonlar pomeshchiklarning yerini o'zlaricha bo'lib olishga kirishdilar. Aprelda dehqonlar harakati ayniqsa keng quloch yoydi. Dehqonlar harakati stixiyali va tarqoq harakat edi. Bityani hukumati boshchiligidagi vengr dvoryanlari bu harakatni shavqatsizlik bilan bostirdilar. Dehqonlar agrar masalani hal qilishga qaratilgan yangi tadbirlarni amalga oshirishga erisha olmadilar. Chunki liberallarning va radikallar vakillarining ko'pchiligi ularning kurashini qo'llab- quvvatlamadi va dehqonlar harakatini qoraladi. May oxirida yangi seymda saylov chaqirish munosabati bilan dehqon g’alayonlari bir muncha pasaydi. Millat majlisi dehqonlarning ishonchini oqlamadi. Majlis bir necha oygacha feodal majburiyatlarni bekor qilish uchun pomeshchiklarga kompensatsiya to'lash masalasini muhokama qilish bilan band bo'ldi. Mayning ikkinchi yarmidan boshlab, ya'ni dehqonlar o'z talablari qondirilishiga bo'lgan ishonchini yo'qotganlaridan keyin harakat yangi kuch bilan boshlanib ketdi. Tanchichning dehqonlar foydasini ko'zlab so'zlagan nutqi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Tanchich o'z gazetasi orqali va millat majlisi minbaridan turib dehqonlar harakatini qo'llab-quvvatlash uchun qat'iy kurashni avj oldirib yubordi. Tanchich millat majlisida o'z dasturi bilan chiqdi. Dastur "Rabochaya gazeta"ning 9-iyul sonida e'lon qilindi va unda quyidagilar bayon qilingan edi. Keyingi 20 yil ichida pomeshchiklar bosib olgan barcha ekin yeri va yaylovlarni qaytarib berish gabsburglar tomonidagi kontrrevolyusionerlarning yerini batraklarga va inqilobiy armiya safida turib jang qilgan ko'ngilli soldatlarga bo'lib berish, bekor etilgan ushr va barshchina yagona daromad manbai bo'lib kelgan va daromadi ming fontdan oshmaydigan pomeshchiklargagina kompensasiya berish ko'zda tutilgan edi.

Dehqonlar harakatining yuksalishi va Tanchichning faol kurashi Millat majlisida dvoryanlar kompensasiyasi masalasini muhokama qilishni keyinga qoldirib, dehqonlarning talablari bilan shug’ullanishga majbur etdi.

1848-yil 22-sentyabrda Ferdinand I rasmiy bayonot bilan chiqib, unda Vengriyaning mustaqillikka intilishini va Vengriya hukumatining siyosatini qoraladi. Bunday bayonot urush e'lon qilish bilan barobar edi. Millat majlisi mudofaa ishini uyushtirish uchun shu kuniyoq Vatanni himoya qilish komiteti tuzishga qaror qildi. Vengr xalqining Gabsburglar monarxiyasiga qarshi milliy ozodlik kurashi dohiysi bo'lib qolgan Koshut ozodlik Komitetiga bosh qilib saylandi. Vatanni qimoya qilish komiteti tuzilishiga javoban 25-sentyabrda imperator qaroriga asosan Avstriya generali graf Lamberg Vengriya hukumati bilan kelishmasdan turib, Vengriyadagi barcha qo'shinlarning bosh qo'mondoni qilib tayinlandi. U Millat majlisini tarqatib yuborishni va mamlakatni qamal holatida deb e'lon qilib, Vengriyani boshqarishi kerak edi. Ammo Lamberg 28-sentyabrda Vengriya poytaxtiga kelishi bilanoq, g’azablangan xalq tomonidan tutib olindi va qatl qilindi. 8

11-sentyabr Vengriya territoriyasiga bostirib kirgan Еlachich qo'shinlar Gabsburglarga sodiq ofiserlar boshchiligidagi eski armiya tomonidan hech qanday qarshilikka uchramasdan, poytaxtga qarab harakat qildi. Xalq va birinchi navbatda bosib olingan territoriyadagi dehqonlar kurashga otlandilar. 140 mingga yaqin dehqon o'roq va panshaxa bilan qurollandi. Bosib olingan viloyatlarda partizanlarning faol urushi boshlanib ketdi, qo’zg’alon ko'targan dehqonlar otryadlari grenaderlarning 1848-yil iyulda tuzilgan yosh armiyasiga Pakoz va Shukoro yonidagi qal qiluvchi janglarda anchagina yordam qildilar. 29-sentyabr kuni vengr xalqi ozodlik urushida o'zining birinchi g’alabasini qo'lga kiritdi. Vengriya qo'mondoni general Moga Еlachich armiyasini batamom kirib tashlashdan saqlab qoldi. 7 oktyabrda ular yangi g’alabaga erishdilar. Еlachichga yordam berish uchun shoshilinch ravishda ketayotgan Avstriya generali dushman otryadini o'rab olib, taslim bo'lishga majbur etdi. Bu operatsiyada Tosh va Feyr komitetlarida qo'zg’olon ko'targan 15 ming dehqon faol qatnashdi. Dekabrning o'rtalarida Vindishgres o'zining 30 ming kishilik armiyasi bilan Vengriyaga qarshi hujum boshladi va 1849-yil 5-yanvarda Vengriya poytaxtiga kirdi. Kotushning avstriyaliklarga zarba berish haqidagi buyrug’iga qaramay, korpusga qo'mondonlik qilgan Gergey chekinishni davom ettirdi va manifest chiqarib, unda Vatanni qimoya qilish komitetiga itoat qilishdan bosh tortganligini bildirdi. 1849-yil 2-maydan Vatanni qimoya qilish komiteti Semero boshchiligidagi Ministrlar soveti bilan almashtirildi. Koshut Vengriya hukumatining boshliqi qilib saylandi. 9

Vengriya qo'shinlari chekinayotgan Avstriya armiyasini quvlab borib, 19-aprelda Nad’sharlo tumanida unga qal qiluvchi zarba berdi, 26-aprelda esa Kamori degan muhim qal’ani ozod qidilar Frans-Iosifning iltimosiga kura Vengriyaga podshoning 100 mingga yaqin qo'shini yuborildi. Shu bilan bir vaqtda podshohning 50 ming kishlik armiyasi Transilvaniyaga bostirib kirdi. Shimoldan Paaskevich qo'mondonligidagi Rossiya armiyasi hujum qildi. Ustun darajadagi dushman kuchlari tazyiqi ostida vengr armiyasi chekinishga majbur bo'ldi. Vengriya inqilobi yengildi. Vengriya inqilobi shu uchun yengildiki, bu inqilobga boshchilik qilgan dvoryan burjua hukumati Vengriya uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan masalani, uning territoriyasidagi xalqlarning teng huquqligi masalasini hal qilish qobiliyatiga ega emasdi va hal qila bilmadi.

Faqat oxirgi fojiali soatda halokat arafasida u vengr xalqlarini ezishdan iborat bo'lgan eski siyosatdan voz kechishga qaror qildi va 1849-yil 28-iyulda Vengriyadagi barcha millatlarning teng ququqligi haqida qonun qabul qildi.10

Germaniya davlatlarida inqilobning bosh masalasi german davlatlarini milliy jihatdan birlashtirish bo’lgan bo'lsa, ko'p millatli Avstriya imperiyasida burjua-dcmokratik inqilobning bosh masalasi Gabsburglarning feodal-absolyutistik monarxiyasini tugatish. feodal tartiblarini bekor qilish va mustaqil burjua davlatlarini tashkil qilish edi. Germaniya davlatlaridagi kabi Avstriyada ham xalqning inqilobiy harakatlarini ommaviy tus olishiga Fransiyadagi inqilobning ta'siri katta bo'ldi.

13-martda Venada inqilob boshlandi. Xalq ommasi seym binosini qurshovga olib konstitutsuyani qabul qilinishini va Metternixni iste'foga chiqishini talab qildi. Hukumatning xalq harakatini qurol kuchi bilan bostirishga bo’lgan urinishi uni yanada kuchaytirdi. Saroyning hukrmron doiralari yon berishga majbur bo'ldilar. Metternix iste'foga chiqarilib. senzura bekor qilindi, byurgerlarga qurollangan milliy gvardiya otryadlarini tuzishga ruxsat etildi, shuningdek, talabalarning qurolli otryadlari - "Akademik legionlar" tuzildi. Imperator konstitutsuya ishlab chiqish uchun Venada provinsiyalar seymni (landtag) majlisini chaqirishga va'da berdi.

Milliy ozodlik harakatlarining eng katta o'choqlaridan biri bu - markazi Praga bo’lgan Chexiyadagi milliy ozodlik harakati edi.11 Svetovaslav komiteti Chebiya, Moraviya va Sileziyani markazi Praga bo'lgan avtonom davlatga birlashtirib, yangi vakillik organini tuzish haqida imperatorga talabnoma yubordi. Chexiyadagi Avstriya hukumatining vakillari Svetovaslav komitetining a'zolarini islohotlar tayyorlashga va ushbu komitetni Milliy komitetga aylantirishga rozi bo'ldilar.

Xorvatiyaning xalq majlisi ham 25 martda imperatorga xalq nomidan talabnoma yuborib, Xorvatiyada milliy hukumat va armiya tuzishga ruxsat so'radi. Ferdinand 1 ning ruxsati bilan Gabsburglar hokimiyati ostida yangi "Xorvat-Sloven-Dalmatsiya qirolligi'' tuzildi.

Imperator inqilobni bostirishga qaror qildi. U Markaziy komitetni tarqatib yuborish haqida farmon chiqardi. Bunga javoban Venada xalq harakati ko'tarildi. Xalqning qurolli qarshiligiga duch kelgan hukumat Markaziy komitetni tarqatish haqidagi farmonni bekor qilib, konstitutsiya loyihasini tayyorlashga kirishganligini e'lon qildi. Shundan so'ng hukumat demokratlarga qarshi o'ziga tayanch qidira boshladi va buni katolik ruhoniylaming ta'siri kuchli bo'lgan qo'shni Tirolda ko'rdi. Imperator Venadan Tirolga qochdi. Avstriya hukumati Venadan harbiy qo'shinlarni chiqarish va umumiy saylov huquqini joriy qilishga majbur bo'ldi.

Pragada 1848-yilning 2-iyunida slavyanlar kongressi chaqirildi. Kongressning asosiy maqsadi agressiv nemis millatchiligiga qarshi butun slavyan xalqlarini birlashtirish edi. Unga qarshi Pragaga imperiya qo'shinlari keltirila boshlandi. Bunga javoban Praga aholisi 12-17 iyun kunlari qurolli qo'zg'olon ko'tardi, biroq imperiya qo'shini qo'zg'olonni shafqatsiz ravishda bostirdi.



Vena ishchilari fransuz ishchilari kabi mehnat huquqini talab qilib 23-avgustda namoyish uyushtirdilar. Namoyishni tarqatish uchun burjuaziyaning milliy gvardiyasi qurolsiz ishchilarni o'qqa tutdi. 18 kishi halok bo'ldi, 200 ga yaqin kishi yaralandi. 1848-yilning oktyabr-noyabr oylarida Vcnadagi xalq harakati bostirildi, kurash davomida qo'zg'olonchilardan 5000 kishi qurbon bo'ldi.

1849-yilning yanvarida imperiya qo'shini Budapeshtni egalladi. Vengriya poytaxtida inqilobiy harakatlar bostirildi.12

1849-yilning 4-martida Venada yangi konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiya mart inqilobi qo'lga kiritgan barcha muvaffaqiyatlarni bekor qildi. Vengriya avtonomiyasi tugatilib, butun imperiya hududida yagona markazlashgan davlat boshqaruvi o’rnatildi. Venadagi mart inqilobining muvaffaqivatlari Avstriya imperiyasining boshqa viloyatlarida ham inqilobiy harakatlaring jonlanishiga sabab bo'ldi. 15-mart kuni Budapesht shahrining ishchilar, hunarmandlar, talabalar va ziyolilarning vakillaridan iborat xalq ommasi demokrat shoir Shandor Petyofi rahbarligida tipografiyani egallab, azaldan tayyorlangan 12 talabdan iborat siyosiy dastur chop qildi. Unda senzurani bekor qilish, seym oldida mas'ul bo'lgan hukumat tuzish, barshchinani bekor qilish va boshqa talablar aks etgan edi. Bratislav shahrida majlisga yig'ilgan Vengriya seymi xalq harakatining keng quloch yoyishdan vahimaga tushib, Vengriyada burjua yangilanishlari haqida bir qator qonunlar qabul qildi. Masalan, dvoryanlaring soliq imtiyozlarini va krepostnoylik huquqini bekor qilish, Vengriya qirolining moliya va harbiy sohalarda mustaqilligi haqida parlament tizimini joriy qilish va boshqalar shular jumlasidandir.



Venadagi imperator hukumati ham Vengriyada mustaqil hukumat tuzishga rozilik berdi. Bu hukumatni graf Batian boshqarib, u Avstriyadan ajralib chiqib, mustaqil Vengriya davlatini tuzishga harakat qildi.

Budapeshtga Avstriya qo'shini kiritilgach Batian hukumati iste'foga chiqdi. Hokimiyat Layosh Koshut boshchiligidagi Mudofaa komiteti qo'liga o'tdi. Asosiy e'tiborni ko'p sonli milliy armiya tuzishga qaratgan Layosh Koshut 1849 yilning bahoriga kelib 170 ming kishilik armiya tuzdi.

Debretsenga ko'chgan Vengriya seymi Avstriya imperiyasining yangi konstitutsiyasi qabul qilingan kun 1849-yil 14-aprelda, unga javob tariqasida, Vengriyaning mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildi. Tezda milliy gvardiya Budapeshtni egalladi.



Avstriyada inqilob natijasiz bo'lmadi, dehqonlar to'lov yo'li bilan feodal tobeligidan ozod bo'ldilar, pomeshchik sudlari bekor qilindi, dvoryanlarning soliq, sud va harbiy sohadagi imtiyozlari tugatildi.

Imperiyadagi mehnatkashlar o’z haq-huquqi uchun kurash olib boradilar. Xususan 1869-yilda poytaxt Venada ishchilarning ommaviy chiqishi bo’lib o’tadi. Namoyishchilar demokratik erkinlik berishni talab etadilar. 13

Hukumat bunga javoban namoyish rahbarlarini uzoq muddatga surgun qiladi. 1884-yilda ishchilar harakatiga qarshi “favqulotda qonun” joriy qiladi. Unga ko’ra ishchilar harakatiga politsiya aralashish huquqini beradi. 80-yil oxiriga kelib kasaba uyushmalari tarqatib yuboriladi. Ishchilar gazetasi nashri to’xtatiladi. Shunday bo’lsada 1889-yilda Avstriyada sotsialistik demokratik partiyasi (ASDP) tuziladi.14

Bu davrda mamlakat ichida slavyanlarni mustamlaka sharoitida saqlab qolishidan tarafdor bo’lgan Pangerman va Xristian sotsialistlar partiyasi edi. Ammo ular ham ozodlik kurashin to’xtata olishmaydi.

Chex muxolifati Chexiyaga ham siyosiy huquqlar berilishini talab qiladi. Hukumat bunga javoban ta’qib choralarini kuchaytiradi. 1868-yilda Chexiyada hatto qamal holati joriy qilinadi. Kurash davom etadi. Oqibatda 1880-yilda Chexiyada sud va ma’muriy ishlar uchun ikki til joriy qiladi. 1882-yildan boshlab, Praga universitetitida o’qitish ikki tilda (nemis, chex) olib boriladigan bo’ladi.

Galitsiyadagi ukrain aholisi ham milliy zulm ostida edi. Avstriya hukumat doiralari Galitsiya bilan bitim tuzib, o’lkani idora qilishda ularga rahbarlik rolini beradi.

XIX asrning so’ngi o’n yillarida milliy zulm yanada kuchayadi. Zakarpatyedagi ukrain aholisi vengirlashtiriladi. Xorvatiya doimo harbiy yoki favqulotda holatda tutiladi. Xalq noroxiliklari qattiq bostiriladi.

Xorvatiyadagi milliy-ozodlik harakatiga Vengriya hukumati 1912-yilda Xorvatiya Seymini tarqatib yuborish va konstititsiyasini to’xtatib yuborish bilan javob beradi.

Shu tariqa XIX asr oxirgi choragida Avstriya-Vengriyada milliy ozodlik harakatlari hali ham davom etardi.


Download 141,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish