248
10.2. Dastlabki tabaqalar va davlatning vujudga kelishi
Ijtimoiy tabaqalar va davlatning vujudga kelishi masalasi tarix fani oldida
turgan eng muxim masalalardan biri xisoblanadi.
Mehnatning
birinchi , ikkinchi va uchinchi yirik ijtimoiy bo‘linishi
talonchilik urushlari, urug‘ qabila va qabilalar orasidagi tashqi va ichki
munosabatlar ijtimoiy tabkaqalar va ilk davlatlarning vujudga kelishi uchun
shart-sharoit yaratdi. Natijada uzoq davom etgan ibtidoiy jamoa tuzumi o‘rnida
dastlabki quldorlik davlatlari vujudga keldi.
Lekin ibtidoiy jamoa tuzumining buzilishi va dastlabki davlatlarning
vujudga kelishier sharining odam yashaydigan joylarida
ayni bir vaqtda emas
balki turli sharoitdpa shu bilan birga turli davrlarda vujudga keldi.
Jamiyat yerdor, mulkdor, yirik chorvador, katta boylikka ega bo‘lgan
guruxlar va qullar, kambag‘al ozod kishilarga bo‘linib ketar ekan, ular orasida
kelishtirib bo‘lmaydigan ziddiyatlar ham vujudga keldi.
Endi ibtidoiy davrdagi xalqchil boshqaruv tashktlotlari-urug‘
qabila va
xalq kengashlari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Tabaqaviy jamiyatni boshqarish
tashkilotlari vujudga keldi. Ibtidoiy davrdagi urug‘ qabila oq soqollari ayniqsa
harbiy boshliqlar va ularning homiylari o‘z davrining nufuzli aslzoda
zadogonlari-zukumron doiralariga aylanaboshladilar.
Endilikda qabilaning nufuzli kishilari xarbiy o‘ljalarning asosiy qismini
o‘zlariniki qilib olish bilan bir qatorda o‘z qabiladoshlaridan ham sovg‘a o‘lpon
va qurbonliklar tarzida ko‘p boylik to‘play boshladilar.
Urug‘-qabila zadogonlari asta-sekin
xalq ommasidan uzoqlashib, ularni
ezuvchi guruxlarga aylanadilar.
Nufuzli, badavlat kishilar atrofida jangchi, ruhoniy va boshqalardan iborat
sodiq kishilar guruxi to‘planadi. Bu dastlabki tizimning apparatining ko‘rinishi
edi.
Davlat va ijtimoiy tabaqalarning kelib chiqishi masalasida turli xil
qarashlar mavjud bo‘lib, ba'zi olimlar va din xomiylari uni azaldan mavjud deb
249
talqin qiladilar.
Olimlarning ba'zi namoyondalari bu masalada zo‘rlik nazariyasi bilan
maydonga chiqdilar.
Zo‘rlik nazariyasining tarafdorlari ijtimoiy tabaqalar va davlat faqat
istilolar natijasida vujudga kelgan, deb sharxlaydilar. Ularning fikricha istilochi-
talonchilar nufuzli
xukmron tabaqani tashkil etib, istelo natijasida asir olinib
quoga aylantirilgan kishilarni o‘z qo‘l ostilarida saqlab turish uchun davlat barpo
etgan emishlar. Bu nazariyaga ko‘ra xukm chiqarilsa davlat u yoki bu xalq
turmushiga, qabilalar ittifoqiga tashqaridan kirib kelgan bo‘ladi.
Istilolar va zo‘rlik ijtimoiy tabaqa va davlatning vujudga kelishi uchun
hyech qachon asosiy omil bo‘lmagan emas. Shuning uchun ham zo‘rlik
nazariyasi ham amaliy ham mantiqiy jihatdan noto‘g‘ridir.
Demak tabaqalar va davlat ibtidoiy jamoa tuzumining buzilishi natijasida
uning xarobalarida vujudga keldi. Dastlabki davlatlar quldorlik davlatlari bo‘lib
dastlab kichik, kuchsiz edi, bora-bora ular
kengayib qudratli quldorlik
davlatlariga aylandi.
Davlat paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda xukumron toifalarning
manfaatlarini ximoya qiluvchi qoida-qonunlar vujudga kelib, shunga muvofiq
idora tashkilotlari ham joriy qilindi.
Ishlabchiqarish kuchlari,
geografik muxit, ichki, tashqi va boshqa qator
sabablarga muvofiq davlat yer yuzining hamma joylarida bir vaqtda emas, balki
turli davrlarda vujudga kelgan.
Dastlabki tabaqaviy jamiyat-ya'ni ilk davlatlar Mesopotomiya va Misrda
miloddan avv. IV mingyillikning ikkinchi yarmi boshlarida vujudga kelgan.
III ming yillikning oxirlariga kelib Xindistonda ham eng dastlabki
davlatlar vujudga kelganini kuzatish mumkin. Miloddan avvalgi II mingyillikda
esa Kichik Osiyo,
Janubiy Arabiston, Urartu va Egey dengizi xavzasidagi
o‘lkalarda qator ktta kichik davlatlar tashkil topadi. Xuddi shu davrda Xitoyning
Xuanxe daryosi va unga tutash bo‘lgan o‘lkalarda dastlabki davlatlarning
250
vujudga kelgan. Eron, O‘rta Osiyo, Kavkaz yevrosiyo, Janubiy Sibir yerlarida
ilk tabaqaviy jamiyatning vujudga kelishi. Miladdan
avvalgi II ming yilning
oxiri va I ming yillikning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. yevropaning ba'zi
joylarida tabaqaviy jamiyatning vujudga kelishi mil. avv. I ming yillikning
ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelsa, ba'zi joylarida esa miloddning boshlariga to‘g‘ri
keladi.
Yangi Dunyo-ya'ni Amerikaning ko‘pgina qabilalari ham bu jarayoni o‘z
boshlaridan kechirganlar.
Lekin Amerikada tabaqaviy jamiyatning vujudga kelishi Osiyo, shimoli-
sharqiy Afrika,Janubiy yevropa o‘lkalaridan birmuncha keyinroq sodir bo‘ldi.
Shuni ham unitmaslik kerakki, Amerika, Afrika,
Okeaniya va boshqa
joylarda ijtimoiy tabaqa nima ekanligini, davlat nima ekanligini bilmaydigan
qabilalar ham xozirgacha uchraydi.
Shunday qilib beshta tarixiy davrning eng dastlabkisi-ibtidoiy jamoa
tuzumi kishilik jamiyati tarixining juda katta davrni tashkil etib, u ba'zi joylarda
mil. avv. ekan, joylarda esa mil.avvalgi II-I ming yilliklargacha davom etdi.
Ammo yer yuzining ba'zi joylarida bu jarayon XV-XVI asrlargacha davom etib
keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: