1.2.Qimmatli qog’ozlar bozori statistik ko’rsatkichlari
Biz qimmatli qog’ozlar deganda korxona va tashkilotlarning mulk turidan qat’iy nazar mol – mulkida va shu mol – mulkdan olinadigan daromadda qimmatli qog’ozlar egasining xissasi borligini tasdiqlovchi yuridik hujjatni tushunamiz. Endi biz yana bir savol yani qimmatli qog’ozlar bozori qachon paydo bo’lgan degan savolga javob izlaydigan bo’lsak, bu savolga biz albatta qo’shimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoj tug’ilgan kundan boshlab, deb javob berishimiz mumkin. Biz qimmatli qog’ozlar sitatistikasi ko’rsatkichlari haqida gapiradigan bo’lsak. Qimmatli qog’ozlar bozori hajmi, muomlasi, daromadliligi va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan tashkil topadi.
Bozor xajmini xarakterlovchi ko’rsatkichlar quydagilardir.
Fond birjalari soni. Bu ko’rsatkich mamlakat bo’yicha xisoblanadi va aniq vaqtga bo’lgan birjalar sonini xarakterlaydi.
Listingga kiritilgan emitentlar soni. Bu ko’rsatkich har bir birja bo’yicha hisoblanadi. Chunki har bir birjaning emitentlarni listingga kiritish talabi har xil bo’ladi.
Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar soni – bu jami va shu jumladan qimmatli qog’ozlarning turlari bo’yicha hisoblanadi.
Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar qiymati – bu ko’rsatkich qimmatli qog’ozlarning nominal qiymati (PH) ning soniga (N) ni ko’paytirib aniqlaymiz.
Qimmatli qog’ozlarning turlari va emittentlar bo’yicha tarkibi.
Joylashtirilgan qimmatli qog’ozlar soni – qiymati va turli kesimlardagi tarkibi.
Qimmatli qog’ozlarni birlamchi sotishdan olingan mablag’ – bu ko’rsatkich investorni haqiqiy sotib olish bahosi sotib olgan qimmatli qog’ozlar qiymati bilan taqqoslanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozoridagi taklif va talabni hajmi, miqdori va tarkibi.
Talabni taklif bilan qondirilishi ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkich taklifni (miqdor va qiymat) talabga bo’lish bilan aniqlanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozorini kapitalizatsiyasi – bu muomalada bo’lgan qimmatli qog’ozlar sonini ularni bozor qiymatiga ko’paytmasidir.
Tuzilgan birja bitimlari soni va sotilgan qimmatli qog’ozlar miqdori (natural ko’rsatkichlarda, dona)
Qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha oborot – bu birja bitimlarida ko’rsatilgan summalar yig’indisi.
Qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanish darajasi ko’rsatkichi – birja oboroti hajmini yalpi ichki mahsulotga yoki davlat byudjeti daromadlariga nisbati bilan hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozorini statistik tahlilida baholi qiymat ko’rsatkichlari muhim rol o’ynaydi. Ularga qimmatli qog’ozlarni nominal taklif, talab, bozor, o’rtacha, integrallashgan baholari kiradi.
Nominal baho odatda emitent tomonidan aniqlanadi.
Taklif qilinadigan baho sotuvchilar takliflarida keltiriladi.
Talab bahosi odatda sotib olish arizalarida keltiriladi.
Ko’rsatiladigan talab va taklif baholarda hech qachon bitim tuzilmaydi, chunki ular mo’ljal vazifasini bajaradi.
Yuqoridagilardan tashqari birlamchi bozor bahosi yani emission baho mavjud. Emission baho joylashtirish bahosi deb ham yuritiladi.
Qimmatli qog’ozlar bozor bahosi bilan sotiladi va sotib olinadi. Bozor bahosi talab va taklifga bog’liq. Talab yuqori bo’lsa bozor bahosi oshib boradi. Talabning o’zgarishi qimmatli qog’ozlar bo’yicha to’lanadigan daromadga, emitendning istiqboli va obro’yiga va reklama sifatiga bog’liqdir.
Statistikada davrlar uchun o’rtacha baho quydagi formula bilan hisoblanadi.
Bu formulada pi – i kun uchun qimmatli qog’oz bahosi; qi – i kun uchun bitim hajmi. Ma’lumki davlat obligatsiyalari partiyalar bilan chiqariladi. Bunday vaqtda har bir partiya uchun o’rtacha baho aniqlanadi.
Bu yerda pi – i bitim bahosi qi – i bitim hajmi yani obligatsiyalar soni.
Masalan: Bir partiya chiqarilgan nominal qiymati 5000 so’m obligatsiyalar 3 ta shartnomada sotiladi.
Birinchi shartnomda - 5500 so’m bilan 10000 dona sotilgan.
Ikkinchi shartnomada – 4500 so’m bilan 15000 dona sotilgan.
Uchinchi bitimda – 6000 so’m bilan 20000 dona sotilgan.
Endi bularning umumiy bahosi o’rtacha topilgan bahoga teng.
P = (5500 * 10000 + 4500 * 15000 + 6000 * 20000) / (10000 + 15000 + 20000) = 5388.9 so’m.
Agarda davlat qimmatli qog’ozlari bir necha marta chiqarilsa, integrallashgan o’rtacha baho hisoblaniladi.
Bu yerda Pi – i partiyada chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning o’rtacha bahosi Qi – i partiyada chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning o’rtacha bahosi Qi – i partiyada chiqarilgan qimmatli qog’ozlar hajmi donalarda hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlarga bo’lgan baholarning o’zgarib turishi munasabati bilan bahoning barqarorligini hisoblash muhim ahamiyat kasb etadi. Bahoning barqarorligi quydagicha hisoblanadi.
Bahoning barqarorligi = 100 – variatsiya koeffitsenti.
Variatsiya koeffitsenti teng Bu formuladan bu formuladagi V – variatsiya koeffitsenti - o’rtacha kvadratik chetlanish Pi – i kun uchun kotirofka bahosi o’rtacha oylik baho qi – i shartnoma miqdori.Qimmatli qog’ozlar bozori sifati ko’rsatkichlariga quydagilarni keltirishimiz mumkin. Bozorning baholanishi, qimmatli qog’ozlarni olish va sotish jarayonidagi sof foyda hajmi, davlat qimmatli qog’ozlariga hizmat ko’rsatish sarflarini davlat buydjeti xarajatlari va yalpi ichki maxsulotdagi hissasi. Qimmatli qog’ozlar bozoridagi jarayonlarni o’rganishda va baholashda, qimmatli qog’ozlarning chiqarilishi, joylashtirilishi, muomalasi, daromadi va daromadliligi ko’rsatkichlaridan ham foydalanamiz. Statistikada bu ko’rsatkichlar statikadan tashqari dinamikada ham o’rganiladi. Qimmatli qog’ozlarni joylashtirish deganda biz albatta ularni birinchi bozorini, yani ilk bor bozorda sotilishini tushunamiz. Asosan qimmatli qog’ozlarni ilk bor sotilishi bilan emitentlar va vositachilar shug’ullanishadi. Biz stastistik hisobotlarda ilk bor sotilgan qog’ozlarni soni va summasi to’g’risida ma’lumotlarni keltiramiz. Biz bilamizki qimmatli qog’ozlar bir necha bor sotilishi mumkin. Qimmatli qog’ozlar yana sotilishi ikkinchi bozor yani font bozorida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |