K=P*q bu erda
K – kompaniya kapitallashuvi;
P – bitta oddiy aksiyaning bozor narxi;
q – muomaladagi aksiyalar soni.
Savdo hajmi – belgilangan davr (qoidaga ko‘ra, kun) davomida bozordagi tuzilgan barcha bitimlar yig‘indisi.
Savodlar hajmi
Savdo hajmining o‘sishi bozor likvidligining ortishiga olib keladi.
1. Amalda sotilgan qimmatli qog‘ozlar soni. Misol: Nyu-York fond
birjasi (NYSE) har kuni bu ma’lumotlarni chop etadi. Bu savdo hajmini
o‘lchashning eng ob’ektiv usuli hisoblanadi.
2. Sotuvlar soni. Misol: London fond birjasi (LSE) savdo haqida
ma’lumotlarni shu ko‘rinishda chop etadi. Usulning ob’ektivlik darajasi
pastroq, chunki 100 ta yoki, aytaylik, 5000 ta aksiyani sotish haqida
shartnomalar o‘rtasida tafovut qilinmaydi. «Tik»lar hajmi, ya’ni berilgan vaqt oralig‘i davomida, masalan, 10 daqiqa yoki 1 soat ichida narxning o‘zgarishlar soni. Bu nom kotirovkalardagi ko‘pchilik o‘zgarishlar bir «tik»ga teng ekanligidan kelib chiqadi. AQSH da fyucherslar bilan savdo qiladigan savdo maydonchalarining katta qismi bir kun davomidagi operatsiyalar hajmini chop etmaydi va treyderlar hajmni baholash sifatida «tik»lar hajmidan foydalanadi. Bundan tashqari, turli saytlarda nafaqat savdo hajmini, balki strukturasini ham ko‘rish uchun qulay resurslardan foydalaniladi. Bunday resurslar «bozor xaritasi» deb nomlanadi. Uni rasmiylashtirishga yondashuv bitta: segmentlar maydoni qimmatli qog‘oz bilan savdo hajmini ko‘rsatadi, rangi esa – narxni anglatadi. O‘zgaruvchanlik – daromad yoki aktivning bozor narxi o‘zgarib turish darajasini tavsiflaydigan moliyaviy ko‘rsatkich. Moliyaviy risklarni boshqarishda eng muhim moliyaviy ko‘rsatkich va tushuncha hisoblanadi, bu yerda belgilangan vaqt oralig‘ida moliyaviy vositadan foydalanishning risk o‘lchamini ifodalaydi. O‘zgaruvchanlikni hisob-kitob qilish uchun tanlanma standart og‘ish (o‘rtacha kvadratik og‘ish – O‘KO) statistik ko‘rsatkichi qo‘llanadi, bu esa investorlarga moliyaviy vositani xarid qilish riskini aniqlashga imkon beradi. O‘rtacha yillik o‘zgaruvchanlik eng ko‘p qo‘llanadi.
O‘zgaruvchanlikning ikki xil turi farqlanadi.
Tarixiy o‘zgaruvchanlik – bu uning qiymati haqida tarixiy ma’lumotlar asosida hisoblab chiqilgan berilgan vaqt oralig‘ida moliyaviy vosita qiymatining standart og‘ishiga teng bo‘lgan ko‘rsatkich.
Kutilayotgan o‘zgaruvchanlik – moliyaviy vositaning bozor qiymati kutilayotgan risklarni aks ettiradi degan taxminda moliyaviy vositaning joriy qiymati asosida hisoblab chiqilgan o‘zgaruvchanlik.
Standart og‘ish – bu nisbatan o‘rtacha qiymatli ma’lumotlar nuqtalari qanchalik keng tarqalganligini ko‘rsatadigan o‘lcham.
Indekslar Fond bozori indeksi – bu fond bozorining sifat holatini tavsiflaydigan va o‘zi muhim axborotga ega bo‘lmagan ma’lum bir sondir. Bu
raqamning qiymati emas, balki uni ilgari qabul qilingan qiymatlar bilan taqqoslash natijalari muhim ahamiyat kasb etadi. Indekslar bozordagi o‘z
tavsiflashi sababli ularni hisob-kitob qilish usullari o‘rtacha ko‘rsatkich formulalari bilan tavsiflanadi (u yoki bu darajada aniq taxminlar bilan).
Fond indekslarini hisob-kitob qilish – chamalab ko‘rilmagan (baho berilmagan) o‘rtacha arifmetik indeks (masalan, DOW JONES) narxlar yig‘indisidan oddiy o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida hisoblab chiqiladi;
– chamalab ko‘rilgan (baho berilgan) o‘rtacha arifmetik indeks bozor kapitallashuvi bo‘yicha baho berilgan narxlar yig‘indisidan oddiy o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida hisoblab chiqiladi.