nazariy
va
amaliy
bo'ladi. Biror
tilning grammatikasini ilmiy tadkiq etish – nazariy grammatika, xalqni savodga
o'rgatish uchun oliy, o'rta va boshlang'ich maktablarda va umuman barchaga
mo'ljallangan amaliy grammatika farqlanadi.
Jahon tillaridagi grammatik xususiyatlarni ilmiy o'rganuvchi –
umumiy
grammatika
va turli qarindosh yoki qarindosh bo'lmagan tillardagi grammatik
alomatlarni chog'ishtirib o'rganuvchi
qiyosiy-tipologik grammatika
farqlanadi.
Ilmiy jihatdan grammatika falsafaning tafakur, mantiqning hukm boblari
bilan bog'lanadi.
Tilning grammatik sistemasi
undagi barcha grammatik vositalarning
ma'jmui hisoblanadi. Tilning grammatikasiga oid barcha vositalarning ichki
bog'lanishlari qanday tarzda ekanligi uning
strukturasini
tashkil etadi.
Tilni alohida sistema tarzida qarab, uning grammatik sistemasi va struk-
turasini chuqur o'rganish uchun har bir grammatik xususiyatning shakl va ma-
zmun jihatini chuqur tadqiq etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |