O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Fitoviruslarni biologik tozalashning umumiy qoidalari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana11.02.2020
Hajmi0,82 Mb.
#39352
1   2   3   4   5
Bog'liq
kartoshka x-virusini ajratib olish biologik tozalash (2)


1.4. Fitoviruslarni biologik tozalashning umumiy qoidalari 

Viruslarni  toza  preparatlarini  olishni  shartli  ravishda  ikki  bosqichga  ajratish 

mumkin.  Birinchi  bosqichda    bizni  qiziqtirgan  narsa  virusni  biologik  tozalash 

ko‗zda  tutiladi,  ya‘ni  mazkur  virusni  indikator  o‗simliklar  yordamida  boshqa 



2 3

 

 



viruslardan,  bakteriyalardan,  zamburug‗lardan  va  mikroskopda  ko‗rinadigan 

biologik  organizmlardan  ajratib  olinadi  (ammo  u  gohida    xo‗jayin  o‗simlikning 

nekrozidagi  hujayralari  ichida,  gohida      xo‗jayin  o‗simlik  hujayrasida  bo‗ladi).                 

Bu  ish  avvaldan  xususiyati  aniq  bo‗lgan  virusologiya  amaliyotida  ishlatilib 

kelinayotgan  har bir virus uchun uning spetsifikligiga mos  indikator (aniqlagich), 

differensiator (ajratuvchi) va to‗plovchi  virus o‗simlikni tizimli kasallantiradi[1].  

Demak,  virusni  birinchi  ko‗paytirib  olish  uchun  xo‗jayin  o‗simlik  kerak, 

ikkinchidan  bu  virusni  nekrozlar  hosil  qilish  bilan  kasallanadigan    o‗simlik  va 

undagi  hosil  bo‗lgan  nekrozdan  ajratib  olingan  mononekrozdagi  virus  zarralarini 

ko‗paytiradigan virus to‗plovchi o‗simliklar bo‗lishi taqazo etiladi. Agar TMV ni 

oddiy  shtammini  O-VTM  (adabiyotda  ―VTM  vulgare‖  deb  nomlanadi) 

mononekrozdan  ajratiladigan  bo‗lsa  unga  Nicotiana  sylvestris  (differensiator),  



Nicotiana  glutinosa  va  Nicotiana  tabacum  ning  Samsun  navlari  kerak  bo‗ladi. 

Masalan,  tomat  o‗simligidan    TMV  ning  tomat  shtammini  va  oddiy  TMV  ni 

birinchi  Nicotiana  sylvestris    ga  yuqtirilganda  TSH-VTM  (VTM  ning  tomat 

shtammi) bu o‗simlikda nekrozlar hosil qiladi, O-VTM esa  tizimli  kasallantiradi, 

ya‘ni mozaika hosil qiladi, demak ikki shtammni fizik kimyoviy usullarda ajratish  

mumkin bo‗lmagan yoki o‗ta mushkul bo‗lgan bo‗lsa, bu ishni indikator o‗simlik 

orqali    osongina  ajratib  olinadi,  ya‘ni  biologik  shtammlarini  ham  bir-biridan  

ajratiladi va tozalanadi.  Albatta bu ishni kamida uch marta qaytarilishi maqsadga 

muvofiq bo‗ladi (uch marta mononekrozdan o‗tkaziladi). 

Ikkinchi  bosqichda  toza  preparatni  olish  uchun  fizik-kimyoviy  usullar 

qo‗llaniladi, ya‘ni differensial sentrifugalash xromatografiya, elektroforez, gradient 

zichlikda sentrifugalab tozalash metodlari qo‗llaniladi. 

  Viruslarni  o‗simlikga  yuqishiga  bir  qancha  faktorlar  ta‘sir  qiladi  va  ular 

virusni  dastlabki  hujayraga  kirishida,  kasallikni  rivojlanishining  keyingi 

jarayonlarida  muhim  rol  o‗ynaydi.  Tarr  bu  omillarni  4  guruhga  bo‗ladi:  birinchi 

guruhga o‗simlikni xususiyatlari, ikkinchisiga patogenlik xususiyatlari, uchinchisi 

ekologiya va to‗rtinchisi biotik faktorlardir [1]. 


2 4

 

 



  a)  O‗simlikni  xususiyatlariga  uni  irsiy  chidamliligi  kiradi.  Chidamlilik 

darajasi  esa  o‗simlik  to‗qimasining  yoshiga  va  oziqlanishiga  (m., 

mikroelementlarni  yetishmasligi  o‗simlikni  virusga  chidamliligini  pasaytiradi) 

qarab  o‗zgaradi.  Chidamlilik  haroratga  qarab  ham  o‗zgaradi.  Virus  hujayraga 

kirgandan  so‗ng  yuqori  temperaturaga  to‗g‗ri  kelib  qolsa,  o‗simlik  barglari  va 

boshqa  organlarini  o‗zgarishisiz,  simptomlar  yashirin  holatda  o‗tishi  mumkin. 

Nimjon  va  kuchsiz  o‗simliklar  kasallikga  sezgiroq  (chidamsizroq)  bo‗lsa, 

baquvvat, yaxshi rivojlanayotgan o‗simliklar virusga ancha chidamli bo‗ladi, ularni 

to‗qimalari  ancha  qattiq  dag‗al  bo‗ladi.  Ularga  virus  yuqishi  o‗simlikda  yengil 

simptomlar  hosil  bo‗lishiga  olib  keladi  va  o‗simlikni  butunlay  nobud  bo‗lmay 

qolishi mumkin. 

  O‗simlikni        virusga        sezgirligi        yoki        chidamliligi  o‗g‗itlar  bilan  uni 

ta‘minlanishiga  ham  bog‗liq,  masalan,  azotli  o‗g‗itlarni  ko‗pligi  o‗simlik 

chidamliligini pasaytiradi. 

  O‗simlikni virus bilan kasallanishiga o‗simlikni virusga bo‗lgan "moyilligi" 

ham  yordam beradi. Uoker   "moyillik" degan tushunchaga o‗simlikni bir yoki bir 

necha  faktorlar  ta‘siri  natijasida  virus  bilan  oson  kasallanishini  ko‗zda  tutadi. 

Chester  bu  tushunchani  boyitib  "moyillik"  qatoriga  sezgirlik  yoki  "kasallanish 

tendensiyasi borligi" tushunchalarini kiritadi. 

  O‗simlikni  virus  bilan  kasallanishiga  yana  o‗simlikni  yoshi,  bir  sutka 

davomidagi,  fasl  mobaynidagi  chidamliligi,  mexanik  bosim,  o‗g‗it  (kaliy,  fosfor, 

azot), fungitsdid va pestitsidlar ham ta‘sir qiladi. 

  b)  Patogenlik  xususiyatlari  (patogen  organizmda  parazitlik  bilan  hayot 

kechiruvchi organizm) uni agressivligiga (o‗simlikni kasallantirib, uni qarshiligini 

engib, unda yashashi, ko‗payishi) bog‗liqdir. Virusni oz miqdori (zarralar soni) tez 

va  qisqa  muddatda  (kasallanishga  ketgan  vaqt)  o‗simlikni  kasallantirishga  etarli 

bo‗lsa, uni agressivligi yuqori hisoblanadi. 

  Patogenni  yana bir  xususiyati uni  virulentligi bo‗lib, bu  patogenni  (virusni) 

kasallik  qo‗zg‗atish  xususiyatidir.  Bu  xususiyat  barqaror  xususiyat  bo‗lib,  u 

genotip o‗zgargandagina o‗zgaradi. 



2 5

 

 



  v) Ekologik omillar. O‗simlikka virus zarralari kirib, ularda simptomlar hosil 

bo‗lishida ekologik omillar  - namlik, harorat, yorug‗lik, rN, inokulyum ion kuchi 

va hokazolar ham rol o‗ynaydi. 

  g)  Biotik  omillar.  Bunga  interferensiya  hodisasi  misol  bo‗lishi  mumkin, 

ya‘ni bir turni (shtammni) rivojiga ikkinchi turni (shtammni)  yoki bir xil viruslarni 

noinfeksion  zarralari  o‗simlik  retseptorlarini  band  qilishi  sababli  virus  hujayraga 

kiraolmaydi  yoki  kam  miqdordagi  virus  zarralari  kiradi  va  yuqumlilik  darajasi 

pasayadi. 

  S.V.Kustni  (4)  fikricha  o‗simlik  virusi  yuqishiga  4  xil  reaksiya  bilan  javob 

beradi: 1) immunlik, o‗simlikga virus yuqmaydi; 2) o‗ta sezgirlik, o‗simlikni virus 

kirgan joyidagi to‗qimalar nobud bo‗ladi va nekroz kabi simptomlar hosil bo‗ladi; 

3)  tolerantlilik,  virus  o‗simlik  to‗qimalari  bo‗ylab  tarqaladi,  ammo  simptomlar 

kuchsiz  ko‗rinadi;  4)  tizimli  kasallanishda    organizmni  hamma  to‗qimalari 

kasallanadi,  virus  o‗simlikni  hamma  to‗qimalari  va  yaruslaridagi  barglari  va 

o‗simlikni butun tanasi bo‗ylab tarqaladi va kasallik simptomlari yaqqol ko‗ringan 

bo‗ladi


Simptomlar har xil bo‗lishi mumkin, ya‘ni -  mozaika (mozaikani 6-7 xili 

mavjud), barg shaklini o‗zgarishi, tomirlarni rangsizlanishi, xlorotik dog‗larni hosil 

bo‗lishi va hokazo. Ba‘zan yuqorida ko‗rsatilgan 4 guruh simptomlar orasida aniq, 

chegara  bo‗lmasligi  ham  mumkin.  Masalan,  tolerantlik  bilan  sistemali 

kasallanishni  aniq  ajratish  ba‘zan  qiyin  bo‗ladi,  ba‘zi  o‗simliklarda  mexanik 

inokulyasiyada  avval  nekroz  hosil  bo‗lib  (o‗ta  sezgarlik),  so‗ngra  o‗simlikni 

hamma organlari kasallanadi [1]. 

  Agar  har  bir  tip  kasallanishga  misol  keltiradigan  bo‗lsak,  birinchi  tip 

immunlik  holati.  G‗o‗za  o‗simligiga  arpa  mozaikasi  virusi  yoki  jo‗xori  pakana 

mozaikasi  viruslarini  yuqtirilsa,  g‗o‗za  bu  viruslar  bilan  kasallanmaydi,  ya‘ni 

g‗o‗za  o‗simligi  bu  viruslarga  chidamli  -    immundir.  Ammo  yuqorida  keltirilgan 

viruslar  bilan  arpa  yoki  jo‗xori  kasallantirilsa  (o‗ziga  mos  spetsifik  o‗simlikga), 

ularda chiziqli mozaika alomatlari 12—14 kunlardan so‗ng hosil bo‗ladi. Bu holda 

hosil bo‗lgan simptomlarni tizimli kasallanish  deyiladi. Agar xuddi shu viruslarni 

sho‗ra  o‗simligini  ma‘lum  naviga  yuqtirilsa,  10—12  kunlardan  so‗ng 



2 6

 

 



kasallantirilgan  bargda  diametri  2  –  3  mm  kattalikdagi  sariq  dog‗lar  -  nekrozlar 

hosil  bo‗ladi.  Bu  xildagi  kasallanish  o‗simlikning  o‗ta  sezgirligiga  misol 

bo‗laoladi.  Tolerant  o‗simlik  deb  ataladigan  holatga  misol  qilib  kartoshkaning                 

X-virusi  bilan  pomidor  o‗simligini  kasallanishini,  ya‘ni  virus  zarralari  kartoshka 

o‗simligida  bo‗lsa  ham  ko‗zga  yaqqol  tashlanadigan  alomat,  birinchidan 

sezilmaydi  va  ikkinchidan  bu  virusning  zarari  o‗simlik  hosildorligiga  uncha 

sezilarli ta‘sir ko‗rsatmasligi mumkin [1]. 

  Virus  o‗simlikka  yuqorida  aytilgan  usul  bilan  yuqtirilgandan  so‗ng  ma‘lum 

vaqt soya  yerda saqlansa, o‗simlik to‗qimalarida abrazivlar ta‘sirida hosil bo‗lgan 

mikrojarohatlarning bitishini, ya‘ni reparatsiyasini tezlatadi. Inokulyasiya qilingan 

(kasallik  yuqtirilgan)  o‗simliklarda  kasallik  alomatlarini  kuzatish  12  sutkadan  to              

4  haftagacha  va  undan  ko‗proq  vaqt  mobaynida  olib  boriladi.  Nekroz  kabi 

alomatlarni 3 - 12 kun davomida kuzatilsa, tizimli kasallanish alomatlarini 7 – 15 

kun va undan ko‗proq muddat davomida olib boriladi. 

  Aniqlagich o‗simlik yordamida faqat bir o‗simlikdagi birgina virusni ajratib 

va aniqlabgina qolmasdan, balki bir necha viruslar birga aralash holda uchraydigan 

holatlarda  ham  viruslarni  aniqlash,  ajratish    mumkin.  Tabiatda  har  xil 

o‗simliklarning  madaniy  va  yovvoyi  turlari  tarqalgan  bo‗lib,  ularda  ham  viruslar 

unga  ixtisoslashishiga  qarab  yovvoyi  tup  o‗simlik  shu  virusga  sezgir  bo‗lishi, 

uning  madaniylashgan  navlarining  liniyalari  bu  virusga  turg‗un  bo‗lishi  mumkin. 

Bir tur ichidagi har  xil 

 

navlar virus turi va shtammlariga nisbatan har xil reaksiya 



bilan javob berishi mumkin. Tabiatda, masalan, arpa o‗simligi bir vaqtning o‗zida 

ikki  virus  bilan  ―Arpa  chiziqli  mozaikasi‖  va  ―Yaltirbosh  mozaikasi  virus‖lari 

bilan  kasallanishi  mumkin.  Tamaki  o‗simligi,  ham  Tamaki  mozaikasi  virusi  ham 

Bodring  mozaikasi  virusi  bilan  kasallangan  bo‗lishi  mumkin  va  hokazo.  Ana 

shunga  o‗xshash  viruslar  aralashmalaridan  ham  aniqlagich  o‗simliklarni  to‗g‗ri 

tanlab  toza  virusni  ajratish  va  aniqlash  mumkin.  Masalan,  tamaki  o‗simligidagi 

bodring  mozaikasi  virusini  aralash  viruslar  ichidan  ajratib  olish  uchun  virusli 

o‗simlik  shirasi  bilan  bodring  va  tamakining  Nicotina  sylvestris  navini 

kasallantirilsa,  bodringda  faqat  Bodring  mozaikasi  virusi,  tamakida  esa  faqat 


2 7

 

 



Tamaki  mozaikasi  virusi  ko‗payib,  mozaika  alomatlari  namoyon  bo‗ladi.  Arpani 

kasallantiruvchi  Arpa  chiziqli  mozaikasi  virusini  shu  virusni  ushbu  o‗simlikdagi 

Yaltirbosh  mozaikasi  virusidan  ajratish  uchun  esa  jo‗xori  o‗simligini 

kasallantirilsa,  jo‗xorida  faqat  yaltirbosh  mozaikasi  virusigina  ko‗payadi. 

Viruslarni  aralashmalar  ichidan  ajratib  olishda  qo‗llaniladigan  o‗simliklarni 

differensiator o‗simliklar deyiladi. Xuddi shunga o‗xshash tabiatda kartoshkaning 

viruslarini  (kartoshka  20  ga  yaqin  virus  bilan  kasallanadi)  ajratish  uchun  har  xil 

kartoshka  virusini  aniqlagich  o‗simliklari  mavjuddir.  Ba‘zan  o‗simlikga  virus 

yuqtirish  va  virusni  aniqlash  hollarida  aniqlagich  o‗simliklar  ham  yordam 

beraolmaganda  bir  qator  virus  tarqatuvchi  yoki  yuqtiruvchi  hasharotlardan    ham 

foydalaniladi [1]. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


2 8

 

 



II-BOB. TADQIQOT MATERIALLARI VA USLUBLARI 

 

 



 

Kartoshka  X-virusini  ajratib,  biologik  tozalashda    N.glutinosa,    Nicotina 



sylvestris,  D.metel,  D.  Stramonium,  Ch.  Amaranticolor,  Ch  album,  Ch  quinoa  L, 

G.globosa,  Solanum  tuberosum  L  kabi  o`simliklardan  indikator  va  differensiator 

o`simliklardan  foydalanildi. 

 

Mazkur  bitiruv  malakaviy  ishni  bajarish  jarayonida  xloroform, 



polietilenglikol  (m.m.  6000),  etilendiamintetraatsetat  (EDTA),  natriy  tiosulfat 

(Na


2

S

2



O

3

+5H



2

O),  fosfat  buferi  (K

2

HPO


va  Na


2

HPO


2H

2



O),  tris–HCl  (tris-

oksimetilaminometan), korund  (200-400 mesh) kabi bir qator kimyoviy  moddalar 

ishlatildi.  Foydalanilgan  barcha  reaktivlar  «kimyoviy  toza»  yoki  «analizlar  uchun 

toza»  belgisiga  ega.  O‗simlikni  yuqumli  shirasini  ajratish  uchun  MPW-310 

sentrifugasidan foydalandi.   

2.1 Fitoviruslar bilan kasallangan o`simliklardagi alomatlariga qarab 

diagnostika qilish 

           O‘zbekistonda  tarqalgan  virus  kasalliklari  va  ularning  simptomlari  va 

boshqa  xususiyatlari  haqida  kuzatuv  olib  borilganda  asosiy  e`tibor  o‘simlikning 

tashqi  ko‘rinishiga,  barglariga,  bo‘g‘im  oraliqlariga,  barg  tomirlariga,  rangiga, 

umumiy  rivojiga  e`tibor  beriladi.  Virus  kasalliklari  o‘simlikning  o‘sish  nuqtasida 

yaqqol  ko‘ringani  uchun  avvalo  o‘simlikning  o‘sish  nuqtasida  kuzatiladi. 

Simptomlarining  asosiylari  quyidagicha  bo‘ladi:  mozaika  guruhiga  mansub 

simptomlar,  ipsimonlanish,  burishish  (ajinlashish),  jingalaklashish,  qirquloqqa 

o‘xshashlik,  bargidagi  chiziqli  mozika,  barg,  tomir,  poya,  meva    nekrozlari, 

o‘simlikning yoki uning barglarining shoxlanishi, rangining yo‘qolishi, sarg‘ayishi, 

shaklini  o‘zgartirishi,  o‘sishdan  qolishi,  gullarning  badburishlanishi,  gul  qismlari 

rivojlanmasligi,  gultojbarglarining  yashil  tusga  kirishi,  gul  o‘rniga  shoxlab 

ketishi,reduksiyalangan barg paydo bo‘lishi,to`pgul markazida haqiqiy barg paydo 

bo‘lishi. 



2 9

 

 



 

O`zbekistonda  tarqalgan  virus  kasalliklari,  ularning  simtomplari  va  ba`zi 

xususiyatlarinni o`simliklar misolida ko`rib chiqamiz [1]. 

 

1.G‘o‘za  virus  kasalliklari  g‘o‘zaning  ingichka  va  o‘rta  tolali  navlarida 



tarqalgandir.  Ular  dunyo  bo‘yicha  18  dan  ortiq  b‘lib,  ulardan  eng  asosiylari: 

,,g‘o‘zaning jingalak barglilik‖ (курчавоть листьев) kasalligida g‘o‘za bargaining 

asosiy  tomirining  rivojlanmay  qolishi  sababli  barglar  jingalaklashadi  va  ba`zan 

mozaika alomatlari (chiporlanish) kuzatiladi. Barglar soni ham kasal o‘simliklarda 

kamroq,  barglarda  hol-hol  dog‘lar  paydo  bo‘ladi,  barg  qavariq  shaklga 

kiradi.Ba`zan  bargda  oqish,  to‘q-yashil  mozaika  kuzatiladi,  barg  plastinkasi 

dag‘allashadi, bo‘g‘inlar orasi qisqaradi, barg yuqoriga qarab buraladi. 

 

―O‘simlik o‘sish nuqtalarini dastalashishi‖ (пучковидная верхушка) virus 



kaslligida o‘simlikning o‘sish nuqtasidagi barglar, gullar orasi qisqaradi, tomirlari 

yo‘g‘onlashadi, o‘simlikning uchida shohlar dastalashadi. 

 

 G‘o‘zada yana , ―tomirlararo sariq mozaika‖,  ―xol-xol (chipor) barglilik‖ 



(крапчатость),  ―psilloz‖ (barg va poyaning jigarrang tusga kirishi), ―barglarning 

maydalashishi‖ (измелченностьлистьев), ―antosiannoz‖,  ―tomirlararo mozaika‖, 

―bo‘g‘inlar  orasining  qisqarishi‖  (укорочение  междоузлий)  kabi  kasalliklar 

mavjud [7]. 

 

2. Kartoshkaning virus kasalliklari ham  juda keng tarqalgan bo‘lib, dunyo 



bo‘yicha    20  dan  ortiq  virus  kasalliklari  topilgan.  Ularning  10  tasi  MDH 

davlatlarida va 4 tasi (X, Y, A, K) O‘zbekistonda uchraydi. Virus bilan kasallangan 

o‘simlik  bargining  tomirlari  och  tusga  kiradi,  bargida  ,,xol-xollik‖  yoki  ajinlar 

paydo  bo‘ladi.  ,,A‖  virus  bilan  kasallangan  kartoshka  bargida  katta-katta  dog‘li 

mozaika  hosil  bo‘ladi,  keyinchalik  barg  to‘lqinsimon  egilib  jingalak  bo‘ladi. 

Virusning  virulent shtammlari  keskin  mozaika hosil qiladi. Agarda  kartoshkaning 

―A‖  virusi  ―X‖  virusi  bilan  birga  uchrasa  kartoshka  bargida  burmalar,  g‘ijimlar 

paydo bo‘lib, barg buraladi, tomirlararo shishlar paydo bo‘ladi,barglar mo‘rtlashib, 

oson  sinadi.  Kartoshka  ―K‖  virusi  bilan  kasallangan  bo‘lsa  o‘simlikning  yuqori 

yarusidagi  yosh  barglarda  kuchsiz  dog‘lar  paydo  bo‘ladi.  Kartoshka  ―Y‘‘  virusi 

bilan kasallansa yaqqol ko‘zga tashlanadigan aniq simtomlar ko‘zga tashlanmasligi 


3 0

 

 



mumkin.  Agarda  ―Y‖  virusi  boshqa  viruslar  bilan  birgalikda  uchrasa  mozaika, 

yo‘l-yo‘l  shtrixlardan  iborat  (―strik‘‘)  mozaika  hosil  bo‘ladi.Ba`zan  boshqa 

kartoshka  viruslari  bilan  birgalikda  uchraganda  o‘simlikda  pakanalik 

(карликовость) alomatlari kuzatiladi (Эргашев И.Т., 2005). 

 

3.Butgulli  o‘simliklarda  (sholg‘om,  rediska,  turp,  karam,  raps)  ,,sholg‘om  



mozaikasi virusi‘‘,  redis  mozaikasi  virusi‘‘,  ,,gulkaram  mozaikasi  virusi‘‘  kabilar 

uchraydi. Kasal o‘simliklarda aniq mozaika, bargning bujmayishi va rivojlanishdan 

to‘xtashi kuzatiladi. 

 

4.Dukkakli  o‘simliklarda  6  xil  virus  kasalligi  uchraydi.  Ulardan  no‘xat 



mozaikasi  virusi‘‘  bilan  kasallangan  no‘xatda  barg  tomirlarining  oqarishi  va 

mozaika hosil bo‘ladi.  No‘xatda  yana boshqa simtomga  ega kasallik  ,,no‘xatning 

yuqori  yaruslarining  sarg‘ayishi‘‘  kasalligi  uchraydi,  yuqori  yarus  bargalarida 

kuchli xloroz  (barg  rangini  yo‘qolishi)  kuzatiladi, barg  mo‘rt  bo‘lib  qoladi. Mosh 

o‘simligida esa ,,mosh mozaikasi virusi‘‘ uchraydi, barg tomirlari oqaradi va barg 

pastki  tomonga  qarab  buraladi,  shishlar  hosil  bo‘ladi,  barg  plastinkasi  shakli 

o‘zgaradi, o‘simlik o‘sishdan  orqada qoladi, urug‘i maydalashib ketadi. Bu virus 

loviya o‘simligini kasallantiradi. 

 

Moshda  yana  ,,moshning  sariq  mozaikasi  virusi‘‘  uchraydi.  Kasallangan 



o‘simlik  bargida  dog‘lar  jadallik  bilan  ko‘payadi,  o‘simlik  o‘sishdan    orqada 

qoladi. Bu kasallik loviya, soya va boshqa dukkakli o‘simliklarda ham uchraydi. 

 

5.  Qovun  va  bodring  o‘simliklarida  bodring  mozaikasi‘‘  uchraydi.  Ikkala 



o‘simlikda  ham  mozaika  simtomplari  kuzatiladi.  Bu  virus  qovoqsimonlar, 

murakkab gulli o‘simliklar va dukkaklilarda uchraydi.  

 

6.  Beda  o‘simligida  ,,beda  mozaikasi  virusi‘‘  uchraydi,  kasallangan 



o‘simlik  bargida  doira  shakldagi  dog‘lar  hamda  mozaikali  barglarning 

jingalaklanishi kuzatiladi.  

 

7.  Jo‘xorini      ―jo‘xori  pakana  mozaikasi  virusi‖  kasallantiradi.  Barglarida 



chiziq–chiziq  shaklli  mozaika  kuzatiladi,  o‘simlik  o‘sishdan  qoladi,  jo‘xori 

so‘talarida  don  miqdori  juda  kamayib  ketadi,  20-30%  gina  qoladi.  Ayniqsa 

o‘simlikning virus bilan juda erta kasallanish natijasida virusning zarari juda katta 


3 1

 

 



bo‘ladi, jo‘xori doni maydalashadi, olingan urug‘ning unuvchanligi  juda pasayib 

ketadi (Власов Ю.И., 1992; Семенкова И.Г., 2003). 

 

2.2.  X-virus bilan kasallangan o`simliklardan yuqumli shira tayyorlash va 

o`simliklarni mexanik usulda kasallantirish 

Kartoshka  X-virusi  bilan  kasallangan  kartoshka  bargini  (5-10g)  chinni 

hovonchada  0.1M  Fosfat  buferi  (1g  namunaga  1ml  buffer  miqdorda)  (pH-7.8) 

ishtirokida 

ezib 

maydalaniladi. 



Yanada 

yaxshiroq 

maydalash 

uchun 


gomogenizatordan  (1-2minut)  foydalansa  ham  bo`ladi.Gomogenatni  2-3  qavatli 

dokadan o`tkaziladi. So`ngra minutiga 6-8 ming aylanish tezligiga ega sentrifugada 

10minut  davomida  sentrifuga  qilinadi.  Cho`kmaga  yaxshi  ezilmagan  o`simlik 

qoldiqlari, hujayrani yirik birikmalari tushadi,virus esa cho`kmaning ustida bo`ladi. 

Uni ajratib olinadi va virusni sog‘ o`simlikka yuqtirishda inokulum sifatida 

foydalaniladi. 

 Virusni  yuqtirish.  Kasal  o`simlikdan  ajratib  olingan  shirani  (inokulumni)            

2-3  tomchisi  sog`  o`simlik  bargiga  tomiziladi  va  igna  bilan  barg  sathi  tirnaladi. 

Ammo  bu  usullar  kam  natija  beradi.  Hozirgi  vaqtda  esa  bu  usul  sal 

o`zgartirilgan.Barg  sathiga  ozgina  obraziv  (korund,  korbarund  yoki  kremniy 

karbidi)  sepiladi,  2-3  tomchi  shirani  tomiziladi  va  toza  barmoq  yoki  shisha 

tayoqcha  yoki  shpatel  yordamida  ohistalik  bilan  suriladi.  Surtishning  kuchi 

bargning  holatiga,  yoshiga,  o`simlikning,  obrazivning  sifatiga  bog`liq    bo`ladi.                  

10-15  minutdan  so`ng  shiraning  (inokulumning)  va  obrazivlarning  ortiqchalari 

distillangan suv bilan yuvib tashlanadi.Virus barg tuklari va epidermisdagi mikro-

jarohatlari orqali hujayralarga kiradi. 

Virus  yuqtirilgan  barglarga  virus  nomi,  sana  va  hokazolar  yozilgan 

etiketkalar  bog`lanadi.  So`ngra  ularni  nam  kameraga,  yani  suv  solingan  katta 

eksikator  yoki  shishadan  yasalgan  15-20l  hajmli,  usti  zich  yopiladigan  idishlarda 

saqlanadi.  Buning  uchun  eksikatorning  ustki  qismiga  3-4  qator  ip  tortiladi  va 

ipning ikki uchi eksikator devorlariga plastilin yoki yopishqoq lentalar yordamida 

yopishtiriladi.  Iplarga  zararlantirilgan  barglar  osib  qo‘yiladi.  Virus  yuqtirilgan 



3 2

 

 



barglarda  kasallik  alomatlarining  paydo  bo`lishi  ishlatiladigan  indikator 

o`simlikning  (Nicotina  glutinosa  da  48-soat,  N.sylvestris  da  76-80  soatda  nekroz 

hosil  bo`ladi),  virusning  turiga,  haroratga  va  shu  kabi  faktorlarga  bog`liq 

bo`ladi[1]. 

Virus  yuqtirilgan  so`ng  48-soat  (N.glutinosa  ),76-80soat  (  N.sylvestris),ikki 

haftada  (Ch.  amaranticolor,  Ch.quinoa),  1-2oy  va  yillar  mobaynida  (daraxtlarda) 

kuzatib  boriladi.  Indikator  o`simliklarda  paydo    bo`lgan  simptomlarini  48-72 

soatdan  so`ng  nazorat  bargidagi  (yoki  bargning  yarmidagi)  hamda  tajriba 

barglaridagi  simtomlar  sanaladi  (nekroz  yoki  dog`,  halqa  bo`lsa),  diametri 

o`lchanadi, ya`ni paydo bo‘lgan kasalik alomatlarining hammasiga tavsif beriladi. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish