O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
Jinsiy tanlanish nazariyalari 
Darvin 
organik 
olamning 
evolyusiyasi 
haqidagi 
ta’limotni irsiy 
o‘zgarishlarning tabiiy tanlanishiga asoslanib tuzgan edi. U ma’lum bir tomonga 
yo‘nalmagan noaniqo‘zgaruvchanlikka katta ahamiyat bergan edi. Darvin 
noaniqo‘zgarishlar deb nom bergan o‘zgaruvchanlik hozirgi genetika nuqtai 
nazaridan mutatsiyalardir.
23
Mutatsiyalar tabiiy tanlanish va seleksiya uchun 
muhimahamiyatga ega. Tabiiy tanlanish natijasida turlar o‘zgaradi, tevarak-atrof-
muhitsharoitiga moslashgan yangi turlar va tur xillari vujudga keladi. Bundan 
ko‘rinib turibdiki, irsiy o‘zgaruvchanlikning o‘zi tur kelib chiqishiga sabab 
bo‘lmaydi, balki u turlarning rivojlanishida tabiiy tanlanishga boshlang‘ich 
23
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. – р 4 


44 
material bo‘lib xizmat qiladi. Mutatsiyalar organizmning har qanday morfologik, 
fiziologik, bioximiyaviy belgilarini o‘zgartiradi.
Morfologik mutatsiyalar tufayli o‘simlik va hayvonlarning o‘sish va 
shakllanish xarakteri o‘zgaradi. Masalan, bir qancha chorva mollari (qoramol, qo‘y 
va boshqalarning) kalta oyoqli, hasharotlar qanotsiz va ko‘zsiz bo‘lishi, o‘simliklar 
har xil organlarining tuksiz bo‘lishi va albinizm hodisalari morfologik mutatsiyaga 
misoldir. 
Fiziologik mutatsiyalar organizmlardagi fiziologik jarayonlarni o‘zgartiradi, 
natijada ularning yashovchanligi ortishi yoki pasayishi mumkin. 
Bioximiyaviy mutatsiyalar tufayli organizmdagi ma’lum ximiyaviy 
moddalarning sintezlanishi o‘zgaradi yoki to‘xtaydi. Bunday mutatsiyalar 
organizmda moddalar almashinishini va uning ximiyaviy tarkibini o‘zgartiradi. 
Organizm hujayralari rivojlanishining qaysibosqichida bo‘lishidan kat’i 
nazar, mutatsiyalar istalgan hujayralarda hosil bo‘laveradi. Agar jinsiy 
hujayralarda mutatsiya hosil bo‘lsa, generativ mutatsiya, vegetativ (jinssiz) 
hujayralarda hosil bo‘lsa, somatik mutatsiya deyiladi. 
Jinsiy hujayralardagi mutatsiyalar navbatdagi bo‘g‘inning zigota bosqichida 
namoyon bo‘ladi. Agar mutatsiya dominant bo‘lsa, birinchi bo‘g‘in duragayning 
zigotasida, agar retsessiv bo‘lsa, keyingi (F
2
F
3
va hokazo) bo‘g‘inlarda, ya’ni 
gomozigota holatga o‘tish vaqtida hosil bo‘ladi.
Somatik mutatsiyalar o‘z tabiatiga ko‘ra, generativ mutatsiyalardan 
farqqilmaydi, faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarda uchraydigan 
somatik mutatsiyalar evolyusiya uchun va seleksiya amaliyoti uchun hech qanday 
ahamiyatga ega emas. CHunki bunday mutatsiyalar (odam sochida bir to‘p oq 
paydo bo‘lishi, bir ko‘zning qoraroq, ikkinchisining ochroqbo‘lishi, qorako‘l terida 
qora dog‘ning paydo bo‘lishi va hokazolar) keyingi bo‘g‘inga o‘tmaydi.
Jinssiz yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlardagi somatik mutatsiyalar 
seleksiya uchun katta ahamiyatga ega. Masalan, ba’zan o‘simlik novdalarida 
boshqalardan farqqiladigan barg, gul va mevalar paydo bo‘ladi. Bunday 
o‘zgaruvchanlik poyaning o‘sishnuqtalaridagi meristema to‘qima hujayralarining 


45 
mutatsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday kurtak mutatsiyasi (spora) 
deyiladi, o‘simliklar vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilganda ular saqlanib qoladi. 
Qizil qoraqat (smorodina) butasida oq mevalar hosil bo‘lishi bunga misol bo‘ladi.
Kurtak mutatsiyasidan seleksiya amaliyotida keng foydalaniladi. Urug‘siz 
olma, nok, uzum navlari somatik mutatsiya natijasida chiqarilgan. Michurin 
o‘zining «600 grammli Antonovka» olma navini kurtak mutatsiyasidan foydalanib 
chiqargan.
Jinssiz yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarning somatik mutatsiyasi 
evolyusiya uchun katta ahamiyatga ega. Ulardagi har bir somatik mutatsiya yangi 
belgilarga ega bo‘lgan klon avlodini beradi (klon vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan 
orgnizmlar avlodidir). 
Antropogenez. Odamning paydo bo‘lishida biologik omillar katta 
ahamiyatga ega bo‘lsa-da, biroq ularning o‘zigina antropogenezni tushuntirish 
uchun etarli emas. Bu jarayonda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar 
ham muhim rol o‘ynagan. 
Maymunlar birdaniga tik yura boshlagan emaslar, atrof-muhitning 
o‘zgarishi, o‘rmon sharoitidan ochiq erda yashashga o‘tish tufayli ayrim 
maymunlarda paydo bo‘lgan mutatsion o‘zgaruvchanlik –tik yurishga birmuncha 
layoqatli bo‘lish, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish orqali million yillar 
mobaynida saqlanib, takomillashib borgan. Tik yurish natijasida odamsimon 
maymunlarning harakatlanish darajasi cheklanib qolgan. Dumg‘aza suyaklari 
birlashib harakatlanmaydigan holga o‘tgan. Bu esa tug‘ilishni birmuncha 
qiyinlashtirgan bo‘lsa-da, tik yurishga o‘tish odamsimon maymunlarda uzoqdan 
xavf-xatarni ko‘ra bilish, qurol ushlashga xizmat qiluvchi qo‘llarining ozod 
bo‘lishiga imkon yaratgan. SHu sababli ham CH.Darvin va F.Engels tik yurish 
maymunlarni odamga aylanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb 
hisoblaganlar.
Odam shakllana boshlashi jarayonida uning qo‘li dastlab yaxshi 
rivojlanmagan bo‘lib, faqat oddiy harakatlarni bajargan xolos.


46 
Mutatsion o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli 
mehnat operatsiyalari uchun foydali bo‘lgan qo‘llari o‘zgargan individlar saqlana 
borgan. Dastlabki odamsimon maymunlar tayyor narsalardan qurol sifatida 
foydalanibgina qolmay, balki ularning o‘zlari tayorlay boshlagunlaricha million 
yillar kerak bo‘lgan. Mehnat qurollarini yasash odam qo‘lini tobora maymun 
qo‘lidan farq qilishga olib kelgan va odamning tashqi muhitga bo‘lgan tobeligini 
engillashtirgan. Qisqacha qilib aytganda odamni –mehnat yaratgan. 
Maymunning odamga aylanish jarayonida jamoa bo‘lib yashash ham muhim 
kasb etgan. Har qanday qurolga ega bo‘lgan ayrim individ yirtqich hayvonlar 
hujumiga bardosh bera olmas edi. SHu sababli eng qadimgi va qidimgi odamlar 
jamoa bo‘lib yashay boshlaganlar. SHu yo‘sinda ular yirtqich hayvonlardan 
himoyalanganlar, ov qilganlar, yosh bolalarni tarbiyalaganlar. Jamoaning kattalari 
yosh ahzolarini qurol yasashga, ov qilishi usullariga, olovni saqlashga, emishli 
o‘simlik va hayvonlarni qidirib topishga o‘rgatganlar.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish