O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   227
Bog'liq
Rasulov

sezgirlik 
deb ataladi. Xuddi mana shu 
psixikaning o‘zi bo‘ladi. Sezgirlik sezgilarga nisbatan umumiy qobiliyatni 
ifodalaydi. A.N.Leontevning tasdiqlashiga ko‘ra, hayvonlarda sezgirlikning yuzaga 
kelishi psixika paydo bo‘lishiningob’ektiv biologik belgisi bo‘lib xizmat qilishi 
mumkin.
Keyinchalik tirik mavjudotlarda organik jismning rivojlanish jarayonida 
asta-sekin psixikaning asosiy xossalaridan biri – olamdagi voqelikni yaxlitligicha 
va ilgarilab ketib aks ettirish shakllanadi. Bu evolyusiya jarayonida yuqori 
rivojlangan psixikaga ega bo‘lgan hayvonlarda atrof-olam haqida axborot qabul 
qilish, uni tahlil qilib, biologik jihatdan muhim va neytral xususiyatli barcha o‘rab 
turgan ob’ektlar tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarga javoban harakat 
namoyon qilish layoqati mavjudligini bildiradi.
Ma’lum sinfga tegishli hayvonlarda sezgilarning paydo bo‘lishi faqat 
psixikaning bunyodga kelishi sifatida emas, balki, tashqi muhitga moslashishning 
umuman yangi ko‘rinishi sifatida ham o‘rganilishi mumkin. Moslashish ushbu 
ko‘rinishining asosiy farqi hayvonlarni muhit bilan bog‘lovchi – xulq-atvor 
jarayonlari kabi alohida hodisalarning yuzaga kelishidan iborat.
Xulq-atvor – bu tirik organizmning tashqi muhit ta’sirlariga javoban yuzaga 
keladigan murakkab reaksiyalar majmuasi hisoblanadi. Tirik mavjudotlar psixikasi 
rivojlanganligining darajasiga ko‘ra, murakkabligi turlicha bo‘lgan xulq-atvorga 
ega ekanliklarini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Xulq-atvorning sodda reksiyalarini, 


24 
masalan, chuvalchangning to‘siqqa duch kelganida, o‘z harakat yo‘nalishini 
o‘zgartirishini kuzatganimizda ko‘rishimiz mumkin. Bunda tirik mavjudotning 
rivojlanish darajasi qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, xulq-atvori ham shunchalik 
murakkablashadi. Xuddi shunday holatni itlarda ilgarilangan aks ettirishning 
namoyon bo‘lishini kuzatamiz. Masalan, it ma’lum tahdidga ega bo‘lgan ob’ekt 
bilan to‘qnashishdan o‘zini olib qochadi. Lekinodamda tashqi muhit 
sharoitlarining to‘satdan o‘zgarib qolishiga javoban ta’sirlanish bilan birga, 
hayvonlardan farqli o‘laroq, motivatsiyalangan (anglangan) va maqsadli xulq-
atvorni shakllantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan eng murakkab xulq-atvor kuzatiladi. 
Bunday murakkab xulq-atvorning amalga oshirilish imkoniyati odamda ongning 
mavjudligi bilan belgilanadi.
SHunday qilib, yuqoridagi fikrlar asosida, tirik organizmlar psixikasi 
rivojlanganligining 
to‘rt 
asosiy 
darajasini 
ajratish 
mumkin, 
bular: 
qo‘zg‘aluvchanlik, sezuvchanlik (his-tuyg‘ular), yuqori tuzilgan hayvonlarning 
xulq-atvori (tashqi namoyon bo‘lgan xulq-atvor), inson ongi (sababiy xulq-
atvor)dir. Ushbu darajalarning har biri o‘z rivojlanish bosqichlariga ega 
ekanliklarini ta’kidlab o‘tish zarur. Psixika rivojlanishining yuqori darajasi faqat 
insonga xosdir.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish