Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi
Djordj Kelli (1905-1966 yy.) - amerikalik psixolog, Ogayo universiteti
professori. 1955 yilda nashr etilgan, o‘zining asosiy ishi bo‘lgan “SHaxs
konstruktlari psixologiyasi” ustida Kelli 20 yil ishlagan. Uning nazariy
konsepsiyasi E.Erikson, A.Maslou va boshqalar psixologlarniki singari boy amaliy
va psixoterapevtik tajribaga tayanadi. Eng asosiysi, ularni bir fikr birlashtiradi.
Unga ko‘ra, shaxsga alohida elementlarga bo‘lib bo‘lmaydigan, bir butun sistema
sifatida qarash kerak. SHunga qaramasdan, Kellining nazariyasi psixoanaliz va
gumanistik psixologiya doirasida ishlab chiqilgan klassik ishlardan ajralib qoldi
92
.
Har bir shaxs nazariyasi o‘zining konkret tushuntirish prinsipiga asoslangan
markaziy nuqtasiga ega. Misol uchun, psixoanalizda markaziy tushuncha – bu
“ongsizlik ta’siri” hisoblanib, shaxs modeli ikki asosga ko‘ra quriladi. Bular
ongsizlik holati va jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalardir. Z.Freyd instinktiv
kuchlar (ong osti, ong oldi va ong) shakllanish darajasiga e’tibor qaratib, shaxs
podsistemasini uchga bo‘ladi (Id, Ego, Super-Ego). SHaxs dinamikasi ong osti
faoliyat natijasi hisoblanadi. K.Rodjers nazariyasining asosini shaxs o‘zi haqida
tasavvurga ega bo‘lishi va o‘z-o‘ziga baho berishi tashkil etsa, K.Levinda esa
maydon tushunchasi etakchi o‘rinda turadi. Ko‘pchilik zamonaviy psixologlar
92
Boeree C. G. GeorgeKelly/Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University.
1997. – Р.3
262
uchun shaxs tahlilining asosiy ob’ekti – shaxsning motivatsion sohasi, uning
yo‘nalganligi, prinsipi esa psixik determinatsiya hisoblanadi.
Ba’zi bir ishlarda shaxsning individual xususiyati sifatida barqaror kognitiv
strukturalari qabul qilingan. Bu – shaxs bilish jarayonining tarkibiy eleenti
hisoblanadi.
Odatda, an’anaviy shaxs kotsepsiyalarida kognitiv (ong oldi) xarakteristika
boshqa tushunchalar yordamida ifodalangan. Bir necha o‘n yillar avval Amerika,
shuning bilan birga jahon psixologiyasining bir qismini bixeviorizm maktabiga
tegishli deb hisoblashgan. XX asrning 50-yillaridan chet el psixologiyasida psixika
tuzilishining asosi ong deb qaralgan. SHu bilan birga, G‘arbda eksperimental
psixologiya sohasida yangi yo‘nalish – kognitiv psixologiya vujudga kelishi bilan
bog‘liq o‘ziga xos revolyusiya sodir. Bilish jarayonlari – idrok, tafakkur, diqqat va
xotira bilan bog‘liq tadqiqot ishlari soni ko‘paydi.
Psixologiyaning predmet va metodlari yangicha talqin etila boshladi.
Kognitivistlarning fikricha, shaxsning xulq-atvorini uning bilimlari boshqarardi.
Bilimlar rolini ajratish tadqiqotchilarning umumiy yo‘nalishini belgilab berdi. Endi
tashqi shart-sharoitlar va stimullarni tasniflash birdan bir maqsad bo‘lmay, bilimlar
tizimini,
ya’ni
ob’ektlar,
holatlar
va
boshqa
insonlarning
ichki
reprezentativlari(tasavvurlari)ni namoyon qiluvchi vosita sifatida chiqdi.
SHunday qilib, kognitiv psixologiya, zamonaviy psixologiyaning etakchi
yo‘nalishlaridan biriga aylanib, bixevioristlar tomonidan psixologik jarayonlar
shakllanishining ichki strukturasini rad etilishi va psixoanaliz tomonidan shaxs
faoliyatida bilimning rolini pasaytirilishiga qarshi reaksiya sifatida vujudga keldi.
Kognitiv psixologiya psixik jarayonlar kechishidagi va shaxs xulq-atvoridagi
bilimlar, kognitiv strukturalar va sxemalarning hal qiluvchi roliga asoslangan holda
shakllanadi. Kognitiv psixologiya rivojlanishining birinchi bosqichi D.Brodbent,
U.Naysser, R.Atkinson va boshqa olimlar tadqiqotlari bilan bog‘liqdir. Dj.Bruner,
S.SHexterlar emotsiyaning kognitiv nazariyasi asoschilari hisoblanadi. M.Ayzenk
esa individual farqlarning kognitiv nazariyasini taklif etgan bo‘lsa, Dj.Kelli,
M.Makoni va Tomslar shaxs muammolari bilan shug‘ullanishgan.
263
Biz faqat Dj.Kellining shaxs kognitiv nazariyasiga to‘xtalib o‘tamiz. U erda
shaxs konstruktlar sistemasi sifatida talqin etiladi.
“Ong” kategoriyasi ichidagi xulq-atvor ko‘rsatkichlari sifatida yo bizning
tasavvurlarimiz tarkibi (o‘z-o‘zini baholash, sotsial tarkib), yoki bo‘lmasam
ongning formal xarakteristikasi (kognitiv maydon strukturasi, kognitiv balansning
mavjudligi yoki dissonans) qabul qilinadi. Ongning formal xarakteristikasi
(masalan, kognitiv dissonans, konsonans) bilan Leon Festinger shug‘ullangan. U
ishlab chiqqan maxsus nazariyaga ko‘ra, individning ongida biron-bir ob’ekt yoki
hodisa haqida qarama-qarshi ma’lumotlarga duch kelinsa, unda noqulaylik hissi
vujudga keladi. Sub’ekt bu noqulaylikdan qutilish uchun ushbu ob’ekt haqidagi
bilimlarini qaytadan yangilashga, yoki bo‘lmasam o‘zining sotsial ustanovkalarini
o‘zgartirishga intiladi. Qarama-qarshilikdan qutilish konsonans holatiga olib
keladi.
Kellining konsepsiyasi kognitiv deb nomlanishiga, unda insonning unga ta’sir
qiluvchi stimullarni idrok etishi, ushbu stimullarni o‘z xulq-atvorida talqin qilish
va o‘zgartirish yo‘llari e’tiborga olinishi sabab bo‘lgan. L.Festingerdan farqli
o‘laroq, Dj.Kelli ongning nafaqat formal, balki mazmuniy xarakteristikasini tadqiq
qilishga harakat qilgan
93
.
U o‘zining tadqiqot metodi va nazariyasini ishlab chiqishga 20 yildan ko‘proq
vaqt sarflagan. 1955 yilda uning “SHaxs konstruktlari psixologiyasi” nomli kitobi
nashrdan chiqqanida unchalik muvaffaqiyatga erisholmagan. CHunki, o‘sha paytda
faqat kamdan-kam nazariyalardagina psixika analizi birligi sifatida “kategoriya”
tushunchasi ishlatilgan (ularning ichida I.Tolmen va Dj.Brunerlar bo‘lgan). Hozir
esa shaxs konstruktlari nazariyasi psixologiyadagi asosiy fundamental
nazariyalardan biri hisoblanadi.
Kellining fikricha, insonning bilish bilan bog‘liq faoliyati real faktlarning
klassifikatsiyasi hamda interpretatsiyasi bilan boshlanadi. oxirgisi o‘z holicha
93
Boeree C. G. GeorgeKelly/Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University.
1997. – Р.4-5
264
emas, balki faoliyat sub’ektiga bo‘lgan munosabatidagi reallik sifatida o‘rganiladi.
Interpretatsiya tushunchasining o‘rniga, u “konstruktlash” so‘zini ishlatadi. Inson
faktlar ma’noga ega bo‘lgan konstruktlar sistemasidan foydalangan holda reallikni
konstruktlaydi (uni tushuntiradi, talqin qiladi). Allaqachon qurib bo‘lingan
konstruktlar sistemasiga asoslanib, inson voqea va hodisalarni prognoz qilishga
harakat qiladi. SHaxs psixikasining asosiy funksiyasi – kelajakni prognoz qilish
hamda xulq-atvorni boshqarish maqsadida realikni tadqiq etishdir. Dj.Kelli
nazariyasining asosiy postulati ham aynan shunda.
Do'stlaringiz bilan baham: |