O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Xususiyat va tiplarning neyrofiziologik asoslari



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   227
Bog'liq
Rasulov

Xususiyat va tiplarning neyrofiziologik asoslari 
Ayzenk ishlaridagi eng e’tiborga loyiq jihatlardan biri – bu uning shaxs 
xususiyatlari yoki tiplarining neyrofiziologik asoslarini topishga harakat qilishi 
bo‘ldi. Introversiya-ekstraversiya bosh miya qobig‘i aktivatsiyasi bilan bog‘liq. Bu 
narsa elektroensefalografik tadqiqotlarda ko‘rilgan. Ayzenk “aktivatsiya” terminini 
qo‘zg‘alish darajasini aniqlash maqsadida qo‘llagan. Bu qo‘zg‘alish darajasi quyi 
chegaradan (uyqu holati) yuqori chegaragacha (vahimalanish holati) o‘zgarishi 
mumkin. Uning fikricha, introvertlar o‘ta qo‘zg‘aluvchan, ya’ni tashqi stimullarga 
nisbatan yuqori darajada sezgir bo‘lishadi. SHu sababdan ham, introvertlar ularga 
kuchli ta’sir qiluvchi holatlardan qochishga harakat qilishadi. Va aksincha, 
ekstravertlar esa unchalik qo‘zg‘aluvchan bo‘lmay, tashqi stimullarga nisbatan 
sezgir emas. SHuning uchun ham ekstravertlar doimo ularni qo‘zg‘ata olishi 
mumkin bo‘lgan holatlarni qidirishadi. 
Ayzenkning fikricha, barqarorlik-neyrotizm bo‘yicha individual farqlar 
avtonom nerv sistemasining stimullarga bo‘lgan reaksiyasi kuchini aks ettiradi. 
Xususan, u bu holatni motivatsiya va emotsional xulqqa ta’sir qiluvchi limbik 
88
Boeree C. G. G. Hans Eysenck /Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University. 
1997. – Р.7 


257 
sistema bilan bog‘laydi. Neyrotizm yuqori bo‘lgan shaxslarda barqaror shaxslarga 
nisbatan kasalliklarga, xavotirli vaziyatlarga reaksiya tezroq bo‘ladi. Bunday toifa 
shaxslarda stimullar yo‘qolishiga qaramay reaksiya uzoq mudat davom etishi ham 
mumkin. 
Psixotizm sabablarini aniqlashga bag‘ishlangan tadqiqotlar hali nihoyasiga 
etmagan. Lekin shunga qaramay, Ayzenk gipotezesiga ko‘ra, bu holat anrogen 
ishlab chiqarish tizimi (ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan kimyoviy 
moddalar bo‘lib, qonga tushganda erkaklarning jinsiy belgilari rivojlanishi va 
saqlanishini boshqaradi) bilan bog‘liqdir. Ammo bu sohadagi empirik tadqiqotlar 
juda kam bo‘lib, jinsiy gormonlar va psixotizm aloqasi haqidagi Ayzenk 
gipotezasini tasdiqlash etarli emas. 
Ayzenk tomonidan taklif etilgan shaxs xulq-atvorining neyrofiziologik 
interpretatsiyasi uning psixopatologik nazariyasi bilan bog‘liqdir. Turli xil 
simptomlar va buzilishlar shaxs nerv sistemasining funksiyasiga bog‘liq. Misol 
uchun, yuqori darajadagi introversiya va neyrotizmga ega shaxsda obsessiv-
kompulsiv buzilishlar, shuningdek, fobiyalar kabi xavotirli holatlar bilan bog‘liq 
kasalliklarning rivojlanish ehtimoli yuqoridir. Va aksincha, yuqori darajadagi 
ekstraversiya va neyrotizmga ega shaxslarda psixopatik (antisotsial) kasalliklarga 
chalinish ehtimoli kuchli. Lekin, Ayzenk shuni qo‘shimcha qilib aytadi-ki, 
insondagi psiik buzilishlar uning genetik tuzilishining avtomatik natijasi emas. 
Genetik irsiylik shaxs ma’lum bir vaziyatlarga tushganda o‘zini qanday tutishiga 
sababchi bo‘ladi. Ayzenkning fikricha, psixik buzilishlar genetik asosga ega 
bo‘ladi, lekin atrof-muhit omillari uni rivojlanishini ma’lum darajada o‘zgartirishi 
mumkin. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish