O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   227
Bog'liq
Rasulov

Nazorat savollari 
1.
Ekzistensial psixologiyada shaxs muammosining o‘rganilishining o‘ziga 
xosligi. 
2.
Psixologiyada epigenez qonuniyati
3.
Epigenetik va preformistik psixologik nazariyalar
4.
Ilk etuklik davrida izolyasiya hissi 
5.
Psixikaning kompensatorlik imkoniyatlari
6.
V.Frankl: ekzistensial tahlil va logoterapiyanazariyasi 
7.
L. Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistensial nazariyasi 
 
 
 
 
 
 


253 
6- BOB. TURLI XIL PSIXOLOGIYA MAKTABLARINING SHAXS 
NAZARIYALARI 
REJA: 
1. G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi. 
2. Dj. Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi 
G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi 
Ayzenk Kettelning: “psixologiyaning maqsadi xulq-atvorni oldindan aytib 
berishdir”, - degan fikriga qo‘shilib, uning shaxsni tavsiflashda faktorli analizdan 
foydalanganligini ma’qullaydi. Lekin Ayzenk faktorli analizni Kettelga nisbatan 
o‘zgacharoq qo‘llagan. Ayzenk fikricha, tadqiqot strategiyasi tadqiqotchini 
qiziqtirgan qandaydir shaxs xususiyatini belgilab, to‘liq asoslangan ilmiy farazdan 
boshlanishi kerak. Unga qarama-qarshi o‘laroq, Kettelning aytishicha, shaxsni 
tashkil qiluvchi asosiy elementlar batareya testlari hamda ma’lumotlarni qayta 
ishlash orqali namoyon qilinadi. SHunday qilib, Ayzenk nazariyasi Kettelnikiga 
qaraganda ancha shafqatsiz yondashuvga ega. Ketteldan farqli o‘laroq, 
Ayzenkning ta’kidlashicha, shaxs xulq-atvori namoyon bo‘lishini tushuntirish 
uchun uchta superbelgi (u bularni tiplar deb ataydi) zarurdir. Esingizda bo‘lsa, 
Kettel shaxs strukturasini tashkil qiluvchi 16 ta belgi yoki faktorni belgilagan edi. 
Va nihoyat, Ayzenk individ rivojlanishida asosiy e’tiborni genetik omillarga 
qaratadi. Bu bilan, Ayzenk tashqi muhit ta’sirini inkor qilmagan, balki shaxs 
xususiyatlari va tiplari avvalo, irsiyatga aloqador ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. 
Hozirgi paytgacha, genetikaning shaxs xulq-atvoriga qay darajada ta’sir etishi 
aniqlanmagan bo‘lsa-da, ko‘p psixologlar bu borada Ayzenkning fikrlariga 
qo‘shilishadi.
86
Ayzenk nazariyasining mohiyati shundan iborat-ki, shaxs elementlari ierarxik 
joylashishi mumkin. Uning sxemasida (6-4 rasm) ekstraversiya singari ma’lum bir 
shaxs xususiyatlari yoki tiplari keltirilgan bo‘lib, ular xulq-atvorga kuchli ta’sir 
86
Boeree C. G. G. Hans Eysenck /Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University. 
1997. – Р.5 


254 
ko‘rsatadi. O‘z navbatida, har bir keltirilgan superbelgilar bir qancha tarkibiy 
belgilardan tashkil topganini ko‘rsatgan. Bu tarkibiy belgilar asosiy tipning yuzaki 
aksi bo‘lishi yoki bo‘lmasam, shu tipga tegishli o‘ziga xos xususiyat sifatida 
ko‘rilishi mumkin. Va nihoyat, belgilar ko‘p sonli odatiy reaksiyalar dan tarkib 
topgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, ko‘plab o‘ziga xos reaksiyalardan shakllanadi. 
Misol uchun, biron shaxsni kuzatadigan bo‘lsak, agar u boshqa bir inson bilan iliq 
yuz va samimiy tabassum bilan qo‘l uzatib ko‘rishsa va bu holat har safar kim 
bilandur uchrashganda sodir bo‘laversa, bu uning odatiy reaksiyasi hisoblanadi. 
Ushbu odatiy reaksiya boshqa odatiy reaksiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Bularga misol qilib, boshqa odamlar bilan suhbatlashish, turli bazmlarga borishni 
yoqtirish va hakazolarni aytish mumkin. Bu odatiy reaksiyalar guruhi kirishimlilik 
xususiyatini shakllantiradi. 6-4 rasmda ko‘rsatilganidek, kirishimlilik bosqichida 
aktiv va o‘ziga ishongan xatti-harakat asosiy hisoblanadi. Umumiy holatda bu 
xususiyatlar superbelgi yoki tipni tashkil qiladi. Ayzenk uni ekstraversiya deb 
ataydi. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish