O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Harakat inson faoliyatining o‘ziga xosligi sifatida



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
Harakat inson faoliyatining o‘ziga xosligi sifatida 
Faoliyat – bu sub’ektdagi olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvning rivojlanuvchi 
tizimi. Bunday o‘zaro ta’sir jarayonida psixik obrazning yuzaga kelishi va uning 
ob’ektda ifodalanishi, shuningdek, sub’ektning voqelik bilan o‘z munosabatlarini 
ro‘yobga chiqarishi sodir bo‘ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti sub’ekt 
faolligining ifodalanish shakli bo‘lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning 
undovchi sabablarga ega bo‘lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilishini 
bildiradi.
SHunday qilib, faoliyatni odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan 
boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni 
bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash 
mumkin.
Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti 
deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining 
predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining 
predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – 
yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub’ekti bo‘lib odam, 
individ hisoblanadi.
Faoliyatning predmeti va sub’ektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan 
faoliyat vositalari va natijalari ham bog‘liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam 
uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va operatsiyalarni bajarishda 
foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo‘lib, moddiy yoki 
ma’naviy xususiyatga ega bo‘lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi.
SHunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
- faollikning ichki motivga ega bo‘lgan shaklidir;
- inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama 
takomillashtirilgan mahsulotning yaratilishi;


130 
- insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;
- insonning faoliyati o‘zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon 
bo‘ladi.Faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o‘zida insoniy bilimlar va 
malakalarni mujassamlashtiradi.
Faoliyat nazariyasi to‘laligicha A.N.Leontevning ilmiy ishlarida, xususan, 
«Faoliyat. Ong. SHaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan.
Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to‘liq 
tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi.
Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketma-ketlik tuzilishiga ega. U 
bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. YUqoridan quyi darajalar yo‘nalishida 
ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida 
turlari); harakatlar darajasi; operatsiyalar darajasi; psixofiziologik funksiyalar 
darajasi. SHunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, 
harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizatsiya va eksteriorizatsiya 
jarayonlari), operatsiyalar, psixofiziologik funksiyalar kiradi. Motiv – bu 
faoliyatga undovchi sabab. Maqsad – bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan 
erishiladigan natijaning obrazi.
Harakat – bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko‘ra harakat – bu 
maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid 
quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin.
Birinchi xususiyat: harakat zarur tarkibiy qism sifatida maqsad qo‘yish va 
uni ushlab qolish ko‘rinishidagi ong aktini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi xususiyat: harakat – bu bir vaqtning o‘zida xulq-atvor akti ham 
bo‘lib hisoblanadi.
SHunday qilib, faoliyat nazariyasi avvalgi konsepsiyalardan (bixeviorizm) 
tafovutlari ko‘rsatilgan birlamchi ikki xususiyatlarining ong va xulq-atvorning 
uzluksiz birligini tan olishidan iborat.
Uchinchi, juda muhim xususiyat: faoliyat nazariyasi faollik tamoyilini 
«harakat»tushunchasi orqali ta’sirchanlik tamoyiliga qarama-qarshi qo‘ygan holda 
tasdiqlaydi. Faollik va ta’sirchanlik tamoyillarining alohida har biridan kelib 


131 
chiqqan holda faoliyat tahlilining boshlang‘ich nuqtasi tashqi muhitga yoki sub’ekt 
organizmiga joylashtirilishi lozim.
To‘rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy va jismli 
dunyoga «olib chiqadi».
Harakat doimo maqsad bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqsad harakatni belgilaydi, 
harakat esa maqsadning amalga oshishini ta’minlaydi. Maqsadning xususiyati 
orqali harakat xususiyatini aniqlash mumkin. Inson maqsadlarini tahlil qilib, 
nimalarni aytish mumkin? Avvalambor, ularning juda xilma-xilligini, muhimi esa 
keng hajmliligini keltirish mumkin.
Yirik maqsadlar maydaroq, xususiy maqsadlarga bo‘linadi, ular ham o‘z 
o‘rnida bulardan ham xususiyroq maqsadlarga bo‘linishi mumkin va h. SHunga 
mos ravishda har bir etarli darajadagi yirik harakat quyi tartibli ketma-ketlikning 
harakatlar tizimida turli darajalarga o‘tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar 
bilan telefon orqali bog‘lanmoqchisiz. Bu harakatni amalga oshirish uchun (I 
tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo 
so‘zlashuv telefon tarmog‘iga borib, zarur avtomatni topib, navbatga turishingiz 
lozim va h. Kabinaga kirgandan so‘ng, abonent bilan bog‘lanishingiz kerak. Lekin 
buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to‘g‘ri keladi (III tartib): tanga 
tashlab, tugmachani bosib turib, ma’lum sonlarni terish kerak bo‘ladi va h. 
Operatsiya – bu faoliyat bajarilishining navbatdagi quyiroq darajasi. 
Operatsiya deb, harakat bajarilishining usuliga aytiladi. Masalan, ikkita ikki xonali 
sonlarni ko‘paytirish amalini xotirada va misolni ustuncha shaklida yozgan holda 
echish mumkin. Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil 
amal bo‘ladi.
Qo‘llaniladigan operatsiyalarning xususiyati nimaga bog‘liq bo‘ladi? 
Avvalambor, ular harakat amalga oshiriladigan sharoitlarga bog‘liq. Agar harakat 
maqsadning o‘ziga javob bersa, operatsiya maqsad qo‘yilgan sharoitlarga javob 
beradi. Bunday sharoitlarga tashqi vaziyatlardan tashqari, shuningdek, faoliyat 
ko‘rsatayotgan sub’ektning imkoniyatlari yoki ichki vositalari ham kiradi.


132 
Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko‘zlangan maqsad masala deb 
ataladi. Masala echish jarayonini tasvirlashda ularni amalga oshiruvchi harakatlarni 
ham, operatsiyalarni ham ko‘rsatish lozim.
Operatsiyalarning asosiy xossasi ularning kamroq anglanganligi yoki 
umuman anglanmaganligidan iborat. Bu xossalari bilan operatsiyalar ongli 
maqsadni ham, harakatning bajarilishini nazorat qilishni ham belgilab beradigan 
harakatlardan tamomila farq qiladi.
Operatsiyalar ikki turga bo‘linadi: ba’zilari adaptatsiya, moslashish, bevosita 
taqlid qilish yordamida yuzaga keladi; boshqalari harakatlarni avtomatlashtirish 
vositasida paydo bo‘ladi. Birinchi turdagi operatsiyalar anglanmaydi, ularni 
ongimizda, hatto, maxsus vositalar yordamida ham hosil qilish mumkin emas. 
Ikkinchi tur operatsiyalar ong chegarasida joylashadi. Ular osongina dolzarb 
anglanuvchilarga aylanishi mumkin.
Har bir murakkab harakat harakatlar ketma-ketligi va «to‘shaluvchi» 
operatsiyalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo‘lgan ongli 
va anglanmagan faoliyatlar o‘rtasidagi chegaraning belgilanmaganligi harakatlar 
ketma-ketligini operatsiyalar ketma-ketligidan ajratib turuvchi chegaraning 
harakatchanligini bildiradi. Bu chegaraning yuqoriga yo‘nalgan harakati 
operatsiyadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o‘zgarishini 
anglatadi. CHegaralarning pastga harakatlanishi esa, aksincha, operatsiyalarning 
harakatga aylanishini, ya’ni, faoliyatning maydaroq birliklarga bo‘linishini 
bildiradi. Quyida shunga mos misol keltiramiz. Munozara vaqtida sizda yangi 
g‘oya tug‘ildi va siz ifodalanish usulini hisobga olmagan holda, asosan, 
mazmunidan kelib chiqib, uni bayon qildingiz, deb tasavvur qilamiz. Siz ko‘plab, 
ya’ni, aqliy, nutqli va h.operatsiyalar bilan ta’minlangan harakatni amalga oshirgan 
bo‘lasiz. Ularning barchasi birgalikda g‘oyani bayon qilish faoliyatini amalga 
oshirgan bo‘ladilar.
Faoliyat tuzilishidagi eng quyi daraja – psixofiziologik funksiyalarni ko‘rib 
chiqamiz. Faoliyat nazariyasida bu funksiyalarga psixik jarayonlarning fiziologik 
ta’minoti kiradi. Ularga odam organizmiga xos bo‘lgan his etish, o‘tmish 


133 
taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor layoqati 
va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor funksiyalar haqida so‘z 
yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi morfologiyasida mustahkam 
o‘rin tutgan tug‘ma va hayotning birinchi oylarida yuzaga keladigan mexanizlar 
kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar insonga tug‘ilishi bilanoq beriladi, ya’ni 
ular irsiyat tomonidan belgilangan bo‘ladi.
Psixofiziologik funksiyalar psixik funksiyalarni amalga oshirish uchun 
faoliyat vositalarini zarur dastlabki shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Masalan, 
biror ma’lumotni xotiramizda saqlab qolish uchun tez va sifatli yodda saqlab 
qolishning maxsus usullaridan foydalanamiz. Lekin agarda biz yodda saqlab qolish 
layoqatidan iborat mnemik funksiyalarga ega bo‘lmaganimizda, bu faoliyatni 
amalga oshira olmagan bo‘lardik. Mnemik funksiyalar tug‘ma bo‘ladi. Bola 
tug‘ilishi bilanoq katta miqdordagi ma’lumotni yodida saqlay boshlaydi. Dastlab, 
bu oddiy axborot bo‘lib, keyinchalik rivojlanish jarayonida xotirada saqlanishi 
zarur bo‘lgan axborot hajmidan tashqari, yodda saqlashning sifat ko‘rsatkichlari 
ham o‘zgaradi.
«Korsakov sindromi» deb ataladigan (uni ilk marotaba o‘rgangan mashhur 
rossiyalik psixiatr S.S.Korsakov nomi bilan) xotira kasalligi mavjud. Bunda aynan 
mnemik funksiya oqsaydi. Bu kasallikda voqealar, hatto, bir necha daqiqa avval 
sodir bo‘lganlari ham umuman yodda saqlanib qolmaydi. Bunday bemorlar, 
masalan, shifokor bilan kuniga bir necha marta salomlashib, bugun ovqatlanganmi 
yoki yo‘qmi, eslamasligi ham mumkin. Bir bemor onasiga kitobiy asarning o‘ziga 
yoqib qolgan parchasini hozirgina o‘qib berganini yodidan chiqarib yuborib, 
beto‘xtov o‘qib berardi va, shu asnoda bir necha o‘n martalab takrorlardi. Agar 
bunday bemor biror matnni yod olishga urinib ko‘rsa, u shu zahotiyoq matn bilan 
birga yod olishningo‘zini ham yodidan chiqarib yuborishi mumkin.
SHunday qilib, psixofiziologik funksiyalar faoliyat jarayonlarining organik 
ustqurmasini tashkil etadi, deb xulosa yasash mumkin. Ularga tayanmay turib, 
harakatlar va operatsiyalarning bajarilishidan tashqari funksiyalar belgilanishining 
ham imkoniyati mavjud emas.


134 
Istalgan faoliyat tuzilishida ichki va tashqi tarkibiy qismlarni ajratish 
mumkin. Ichki tarkibiy qismlarga markaziy asab tizimi tomonidan boshqariladigan 
faoliyatlarda ishtirok etadigan anatomik va fiziologik tuzilmalar hamda jarayonlar, 
shuningdek, faoliyatni boshqarishga taalluqli psixologik jarayonlar va holatlar 
kiradi. Tashqi tarkibiy qismlarga esa faoliyatni amaliyotda bajarish bilan bog‘liq 
turli harakatlarni kiritish mumkin (N.A.Bernshteyn).
Faoliyatning taraqqiy etib va o‘zgarib borishi bilan tashqi tarkibiy 
qismlarning ichkilariga tizimli o‘tishi amalga oshiriladi. Bunda interiorizatsiya, 
avtomatizatsiya va eksteriorizatsiya ham kuzatiladi.
SHunday qilib, tashqi faoliyatdan tashqari ichki, aqliy faoliyatni ham ajratish 
mumkin. Bunday faoliyatning funksiyalari nimalardan iborat? Avvalambor, bu 
funksiyalar ichki harakatlarning tashqi harakatlarni tayyorlashidan iborat. Ular 
zarur harakatni tezda tanlab olishga imkon yaratib, inson kuchini tejashga, 
shuningdek, qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradilar. Masalan, 
odam kitob javonlarini devorga qoqib qo‘yish uchun joyni mo‘ljallaydi. Bir yo‘lni 
tanlab olib, baholaydi, so‘ngra undan voz kechib, ikkinchisiga, uchinchisiga o‘tadi, 
nihoyat, o‘ziga mos va qulay holatda to‘xtaladi. Garchi bu vaqt ichida bir marta 
ham «barmog‘ini qimirlatib» qo‘ymaydi, ya’ni, biror bir amaliy harakatni amalga 
oshirmaydi.
Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o‘ylab olishga 
kiradi. Qanday harakat qilishhaqida o‘ylayotgan inson qanday yo‘l tutadi? Biror 
bir harakatning amalga oshirilganini tasavvur qilib, uning oqibatlarini ko‘rib 
chiqadi. Ularga qarab, o‘zining holatiga mos keladigan harakatni tanlaydi. YOki 
boshqa misol, ko‘p hollarda inson qandaydir quvonchli hodisani kutganida, 
vaqtdan o‘zib, o‘sha hodisani bo‘lib o‘tganday tasavvur qiladi. Natijada o‘zini 
yuzida baxtli tabassum bilan o‘tirganini ko‘radi. Bu misollar insonning ichki 
faoliyatiga misol bo‘la oladi. U o‘zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi. 
Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat 
codir bo‘lish shakli bilan tafovutlanadi. Bu ikki faoliyat motivlar yordamida 
uyg‘otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini, o‘zining operatsiyaviy 


135 
texnik tarkibi mavjudligini bildiradi. Ichki faoliyatning tashqi faoliyatdan farqi 
harakatlar real jismlar bilan emas, ularning xayoliy tasviri bilan amalga 
oshirilishidan, real mahsulot o‘rniga g‘oyaviy natija hosil bo‘lishidan iborat. 
Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyatdan mos harakatlarning ichki holatga 
o‘tkazilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Biror-bir harakatni samarali ravishda fikran 
amalga oshirish uchun uni avvalo amaliyotda o‘zlashtirib olib, real natija olish 
lozim. Masalan, shaxmat o‘yinida donalarning yurishi o‘zlashtirilib, ularning 
oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini o‘ylab olish imkoniyati 
tug‘iladi.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki 
faoliyat tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan 
to‘qnashdilar. Faoliyat nazariyasi mualliflarining fikriga ko‘ra, psixik jarayonlar 
faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mumkin, chunki istalgan psixik jarayon 
o‘z funksiyalari va operatsiyaviy-texnik tuzilishiga ega bo‘lib, ma’lum maqsadda 
amalga oshiriladi. Masalan, ta’mni idrok qilish ta’m sifatlarining o‘zaro farqlari va 
mos kelish darajalarini aniqlash bilan bog‘liq perseptiv maqsad va funksiyalariga 
ega. Perseptiv funksiyaga yana bir misol sifatida aniqlash jarayonini keltirish 
mumkin. Bunday funksiyalarni kundalik hayotimizda muntazam holatda ko‘z bilan 
chamalash masalalarini hal etishda, chehralarni, ovozlarni tanib olishda va h.da 
bajarishga to‘g‘ri keladi. Barcha funksiyalarni hal etish uchun har biriga mos 
ravishda farqlash, aniqlash, o‘lchash, tanish va boshqa harakatlar ko‘rinishidagi 
perseptiv harakatlar amalga oshiriladi.
Psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur va h.)ni faoliyat nazariyasi 
nuqtai nazaridan faoliyatning alohida shakli sifatida o‘rganib, ma’lum axborotlar – 
faoliyatning umumiy tuzilishi, darajalari, kechish shakllari va hokazolarni qo‘llash 
mumkin va zarurdir.
Faoliyatning operatsiyaviy-texnik jihatlarini ko‘rib chiqish jarayonida, u 
yoki bu harakat nima uchun bajariladi, maqsadning o‘zi qanday paydo bo‘ladi kabi 
savollar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday savollarga javob topish uchun ehtiyojlar 
va motivlar kabi tushunchalarga murojaat qilishimiz zarur. 


136 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish