Maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar
Inson xulq-atvorida funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi va
boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson xulq-atvoridagi qo‘zg‘atuvchi
holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan tushunchalar orasida
motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo‘lib hisoblanadi.
«Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga
ega.
«Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida xulq-atvorni
determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar,
intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va xulq-atvor faolligini
ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikki
xil ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda
qo‘llaymiz. SHunday qilib, motivatsiyani inson xulq-atvori, uning kelib chiqishi,
yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan
sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.
Xulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik va
ko‘zlangan maqsadga erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga
moyillik, alohida olingan xulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan
yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivatsion jihatdan
tushuntirishni talab etadi.
143
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday
mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga
muvofiq amalga oshiriladi.
Xulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi
mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang‘ich va yakuniy holatlari
sifatida sub’ekt xulq-atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va
faoliyat sharoitlari namoyon bo‘ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar,
maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va hokazolar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan
vaziyatdan kelib chiqqan rag‘batlar haqida so‘z yuritiladi. Ba’zan inson xulq-
atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozitsiyalari deb
ataladi. U holda muvofiq ravishda dispozitsion va vaziyatli motivatsiyalar haqida
xulq-atvorni determinatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so‘z
yuritiladi. SHuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion
va vaziyatli determinatsiya sifatida ko‘rib o‘tiladi.
Dispozitsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra motivlardir. Motiv motivatsiyadan
farqli o‘laroq, – bu xulq-atvor sub’ektining o‘ziga tegishli bo‘lgan, uning ma’lum
harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi.
Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko‘rinishda ko‘pchilik dispozitsiyalarni
ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin.
Mavjud bo‘lgan dispozitsiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi
hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma’lum sharoitlarda ularga
normal yashash va rivojlanishi uchun etishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj
shaxsholati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun
etishmovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan qoniqmaslik hissi bilan bog‘liq
Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo
bo‘lishining davriyligi va usuli kiradi. SHaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga
bog‘liq mazmuni, ya’ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma’naviy
madaniyat ob’ektlarining yig‘indisidir.
Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha – bu
maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi
144
bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning
motivatsiyali qo‘zg‘atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va
yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi.
Ko‘rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar),
ehtiyojlar va maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil etuvchilari
bo‘lib hisoblanadi.
SHaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik,
egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mumkin.
Motivatsion sohaning kengligi deyilganda, darajalarning har birida keltirilgan
dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivatsion omillarning sifat jihatidan
turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj va maqsadlar
qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik rivojlangan
hisoblanadi.
Motivatsion sohaning egiluvchanligi motivatsiya jarayonini quyidagicha
xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi
darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko‘proq qo‘llanilgan holatda
motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo‘ladi. Masalan, bir individ
uchun bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga
qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli
kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda
motivatsion soha egiluvchanroq bo‘lib sanaladi.
Ierarxiyalashtirilganlik – bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har bir
tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar)
boshqalaridan kuchliroq bo‘lib tez-tez hosil bo‘lib turadi; boshqalari kuchsizroq
bo‘ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma’lum darajadagi motivatsion
hosilalarningaktuallashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa,
motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson xulq-atvori
qo‘zg‘atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar
ham ko‘rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, to‘g‘ridan-
145
to‘g‘ri bir xil, ayni damda dolzarb bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘lanmagan, alohida
motivatsion holatga aytiladi. Muammo ma’lum maqsadga erishishga yo‘naltirilgan
harakatni bajarishda organizm engib o‘tishi zarur bo‘lgan to‘siqlarga duch
kelganida paydo bo‘ladi. Tilaklar va maqsadlar – bu darhol yuz beradigan va
ko‘pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining
o‘zgarishlariga javob beradigan motivatsion sub’ektiv holat.
Inson xulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo‘lishi mumkin. Bu inson
xulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan
anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi.
SHunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi mumkin.
SHaxs yo‘nalganligi shakllanishidagi asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.
Harakatda motor, sensor va markaziy tarkibiy qismlarni ajratish mumkin.
Ular mos holatda bajarish, nazorat yoki boshqarish funksiyalarini bajaradilar.
Faoliyat davomida inson tomonidan qo‘llaniladigan harakatni bajarish, nazorat va
boshqarish uslublari ushbu faoliyatning usullari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |