O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   227
Bog'liq
Rasulov

8-BOB. MIYA VA PSIXIKA 
Reja: 
1.
Insonda miya va psixik jarayonlarning shakllanishi 
2.
Psixik jarayonlar va miya faolligi orasidagi o‘zaro munosabatlar 
3.
Inson individualligining shakllanish qonuniyatlari 
4.
Harakat inson faoliyatining o‘ziga xosligi sifatida 
5.
Xatti-harakatningtarkibiy tuzilishi va darajalari 
6.
 
Maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar
 
 
Insonda miya va psixik jarayonlarning shakllanishi 
Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo‘limlardan iborat. Markaziy 
asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani o‘z ichiga oladi. Miya organizmda 
boshqaruvchi funksiyasini o‘taydi va psixomotor faoliyatni ta’minlab beradi. 
Bundan tashqari, miya psixik jarayonlarni boshqarib, organizmning beshta asosiy 
sezgilarini, ya’ni ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi.
Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar 
majmuasi yurak, o‘pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar 
va to‘qimalarni ta’minlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil 
etadi. Uning faoliyati insonning irodasiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Asab tizimi organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan funksiyalarini 
bajaradi. Ixtiyorsiz bajariladigan funksiyalarga misol qilib ovqat hazm qilish 
funksiyasini keltirishimiz mumkin. Asab tizimini tashkil etuvchi milliardlab asab 
hujayralari organizmning o‘zidan, shuningdek, tashqi muhitdan axborot qabul 
qiladilar.
Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim organlar – miya qutisi va umurtqa 
pog‘onasi suyaklari bilan o‘ralgan va himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy 
qismlari bo‘lib bosh miya katta yarimsharlarlari, miyacha, miya stvoli va orqa 
miya hisoblanadi. Miya yarimsharlari – bu organlardan axborotni qabul qilib, 
tananing boshqa qismlariga o‘tkazuvchi asosiy qismidir. YArimsharlar nutq, 
tafakkur va xotiraga ma’suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini 


119 
muvofiqlashtirishga yordam beradi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va qon 
bosimi kabi funksiyalarni boshqaradi.
Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha 
organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki 
sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan harakati amalga oshirgan 
faoliyatining aksi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab tizimi, ichki, vegetativ, 
anglamaydigan funksiyalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa gomeostaz 
(muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi.
Asab tizimi somatik va vegetativ bo‘limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet 
mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan holda 
organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Ikkinchisi, 
moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Miya oq va kulrang moddadan iborat. Kul rang modda asab hujayralarining 
to‘plamlaridan hosil bo‘ladi, oq moddani esa asab tolalari tashkil etadi. YAqin 
vaqtgacha kulrang modda asosan yurish va yugurishga bo‘lgan ko‘nikma hosil 
qilish bilan bog‘lanar edi. Hozirgi kunlarda olimlar yana bir qonuniyatni 
aniqladilar – yangi raqs harakatlarini o‘rganib, ijro etishga layoqatli insonlarning 
miyasi faolroq bo‘lar ekan.
Amerikalik olimlar (R. Xaer va boshqalar) erkaklar va ayollar turlicha fikr 
yuritishlarini aniqladilar. Miya anatomiyasini tadqiq etish orqali erkaklar ko‘proq 
kulrang moddani, ayollar esa oq moddani faollashtirishlari ma’lum bo‘ldi. 
Boshqacha aytganda, tafakkur jarayonida kuchli jins ayollarga nisbatan kulrang 
moddadan 6,5 marta ko‘proq, go‘zal jins vakillari esa oq moddadan 10 marta 
ko‘proq foydalanar ekan.
Asab tizimining strukturaviy birligi neyrondir. Asab tizimi neyronlar 
yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bir-birilari bilan maxsus tuzilmalar 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish