o‘zini baholash
darajasidir. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan o‘zaro
munosabatlarga kirishishi natijasida unda o‘zi haqida tasavvur paydo bo‘ladi.
Lekin o‘zini baholashning shakllanishi nizolarsiz o‘tmaydi. Ko‘p hollarda
atrofdagilarning baho berishi o‘zini baholash bilan mos kelmaydi. Inson ko‘pda
atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki o‘z fikrida qolishdan birini tanlay olmay,
qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir bo‘ladi, buni Rodjers
«jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki dastlab baholash manbai bola
organizmida bo‘lib o‘tadi, ya’nibu erda biz yana bir bora tug‘ma sifatlar
tushunchasi bilan to‘qnashamiz.
Psixologiyadagi gumanistik yo‘nalishning boshqa vakili amerikalik psixolog
Abraxam Xarold Maslou
30
bo‘ladi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, insonning asosiy
ehtiyoji – bu o‘zini aktuallashtirish, o‘zini mukammallashtirish va o‘zini namoyon
etish. A.Maslouning yozishicha: «O‘zini aktuallashtiruvchi odamlarning barchasi
qandaydir faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ular o‘z funksiyalariga, ishlariga
astoydil kirishadilar, o‘z ishlarini juda qadrlaydilar»Bu toifadagi odamlar yuksak
qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar (ular ichida – yaxshilik, haqiqat,
insoflilik, go‘zallik, haqqoniylik, etuklik va boshqalar), bunday odamlar uchun bu
xislatlar hayotiy muhim ehtiyoj bo‘lib xizmat qiladi. SHaxs tuzilishi Maslou
bo‘yicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar tadrijiyligidan iborat. Bu ehtiyojlarni
tubandan yuqoriga sanab o‘tamiz: fiziologik (organik) ehtiyojlar, xavfsizlikka
bo‘lgan ehtiyojlar, mansublik va muhabbatga bo‘lgan ehtiyojlar, hurmat qozonish
ehtiyojlari, bilish ehtiyojlari, estetik ehtiyojlar va o‘zini aktuallashtirish ehtiyojlari.
29
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р410
30
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd ed р407
60
Yuksak taraqqiy etgan shaxs insonda mavjud bo‘lgan o‘zining barcha
qobiliyatlarini to‘la rivojlantirish, ma’nan o‘sish va axloqiy yuksalishga intilish
kabi aktuallashtirish ehtiyojlarini bildiradigan xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Inson ehtiyojlar tadrijiyligi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida
egallagan o‘rnining o‘zgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud: yuqoriroq
darajadagi ehtiyojlar insonning quyiroq darajadagi ehtiyojlari oz darajada
bo‘lsaham qondirilgan holatdagina yuzaga kelib, muhim va dolzarb ehtiyojga
aylanadi; agar insonda yangi ehtiyoj yuzaga kelib, dolzarblashganida, uning yaxlit
ehtiyojlar darajasi ham qaytadan tuziladi. Maslou fikricha, o‘zini aktuallashtirish
— bu doimiy taraqqiyot va o‘z imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish jarayonidir.
Maslou o‘zini aktuallashtirish – tug‘ma hodisa bo‘lib, inson tabiatiga kiradi deb
hisoblaydi. Inson yaxshilik, axloqiylik, samimiylikka bo‘lgan ehtiyojlar bilan
tug‘iladi. Ular insonning asosini tashkil etadiva odam bu ehtiyojlarni joriy qilishni
bilishi kerak bo‘ladi.
Rossiya psixologiyasida shaxs sohasida ma’lum bo‘lgan tadqiqotlar
L.S.Vigotskiy maktabi vakillarining nazariy ishlari bilan bog‘liq. SHaxs
muammosini hal etishga A.N.Leontev va L.I.Bojovich katta hissa qo‘shganlar.
L.S.Vigotkiy, L.I.Bojovich tomonidan kiritilgan etakchi faoliyat va
taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati tushunchalariga tayanib ish ko‘rish bola
hayotining turli davrlarida faoliyatning o‘zaro ta’siri va shaxslararo muloqotning
murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan dunyoga ma’lum nigoh
bilan qarash shakllanishini ko‘rsatdi. Bu nuqtai nazar shaxsning muhim
xususiyatlaridan biri, faoliyat etakchi motivlari yig‘indisi sifatida tushuniladigan
taraqqiyotning sharti bo‘lib hisoblanadi.
A.N.Leontev o‘zining markaziy o‘rinni faoliyat tushunchasi egallagan shaxs
tuzilishi va taraqqiyoti konsepsiyasini taklif etdi. L.I.Bojovichning konsepsiyasiga
o‘xshash, bu konsepsiyada hamshaxsning asosiy ichki xususiyati shaxsning
motivatsiya sohasi bo‘lib hisoblanadi. Uning nazariyasidagi muhim tushuncha
inson faoliyati maqsadlarining uning motivlariga, ya’niayni damda bevosita
qo‘zg‘atuvchiga yo‘nalganlikka bo‘lgan munosabatini ifodalovchi shaxsiy
61
mohiyatdir. SHaxsga tegishli bo‘lgan faoliyat turlari qanchalik keng, turli-tuman
bo‘lsa, ular shunchalik taraqqiy etgan va tartibli, shaxsning o‘zi esa shunchalik
ma’nan boy bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, shaxs bo‘yicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan
olib borilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Hozirgi zamon tadqiqotlarining muhim
xususiyati nazariy qarashlar eksperimental tadqiqotlar asosida shakllanishidan
iborat.
Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga singari ko‘plab qarama-qarshi
ta’riflari keltirilgan ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur
psixologV.P.Zinchenko fikriga ko‘ra: «Inson» tushunchasi bilan faqat «shaxs»
tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B.Elkonin adabiyotlarda shaxsning
yigirmaga yaqin ta’rifini ko‘rib chiqqandan so‘ng uning o‘zi shaxs emasligini
xulosa qildi.
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‘ozning fizik-kimyoviy
tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug‘dirgani kabi, faylasuf
E.V.Ilenkovning yozishi bo‘yichashaxs sir-cinoatini inson miyasi xususiyatlariga
tenglashtirib bo‘lmaydi. SHaxs miya tuzilishi bilan emas, balkiinsonning insonga
bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi.
Voqeiy shaxs o‘zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga
ega bo‘lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va
Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan
ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‘lgan shaxslarni boshqalar bilan
adashtirib yuborish mumkin emas. SHaxslar ko‘lamiE.A.Ilenkovning odilona
fikriga ko‘ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‘zlarining
faoliyatlari ko‘lami bilan o‘lchanadi.
Yana bir mashhur faylasuf M.K. Mamardashvilining tasdiqlashicha: «SHaxs
– bu turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob
topilmasi. SHaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». Shunday ta’rif bergan
bo‘lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa
62
yuksak belgilarga bog‘liq emas. Tushunsangiz-chi, axir insonning eng muhim
ehtirosi – bu ro‘yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo‘lmoq».
Psixologlar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy
belgilarideb hisoblaydilar. B.G.Ananev «shaxs»ga «jamiyatning insonga uning
ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‘rsatadigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy, axloqiy va boshqa ta’sirlari ob’ekti» sifatida ta’rif beradi. A.N.Leontev
fikriga ko‘ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining
nisbatan kechki mahsulotidir. Shaxs o‘zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu
biron bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma’lum o‘rinni egallagan insonning kutilgan
xulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu insonning jamiyat hayotidagi
ishtirokining muayyan tuzilishga ega bo‘lgan usulidir)». Shaxs taraqqiyoti
individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi.
Umumiy psixologiyada ko‘pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, mag‘iz,
individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy
ketma-ketlik va barqarorlik bag‘ishlovchi yig‘indi va nomodal boshlang‘ich modda
tushuniladi.
L.S.Vigotskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so‘ngra uni yana
qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy
etishi mumkin emasligi (interiorizatsiya va eksteriorizatsiya qonunlari) haqida
yozgan edi.
Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba’zi bir namoyandalari ham
qo‘shiladilar. G.S.Knabening ta’kidlashiga ko‘ra, «shaxs» insonning jamiyat
hayotidagi ishtiroki va hayotda tutgan o‘rni nuqtai nazaridan insonga
xosxususiyatdir». V.A.Shkuratov quyidagi definitsiyani keltiradi: «Shaxs jamiyat
a’zosi va faoliyatdagi mavjudotning ifodalanishini ijtimoiy turlarga ajratish…
SHaxsni uning ijtimoiy va madaniy doirasi, kelib chiqishi, kasbi, o‘z tipi va
hokazolarning
xususiyatlaridan
yig‘ib olish mumkin». Hozirgi kunda
psixologiyashaxsni insonning jamiyatdagi hayotida shakllanadigan ijtimoiy-
psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy mavjudot sifatida boshqa
63
odamlar bilan munosabatlarga kirishganida va bu munosabatlar uning shaxsini
shakllantiruvchi hal qiluvchi omilga aylanganida, u yangi sifatlarga ega bo‘ladi.
Chet el psixologiyasida inson shaxsi sifatida barqaror belgilar majmuasini
tashkil etuvchi temperament, sezgirlik, motivlar, layoqatlar, mayllar, turli hayotiy
vaziyatlarga moslashayotganida aynan shu insonga xos bo‘lgan fikrlar oqimi va
xulq-atvorini belgilab beradigan ma’naviyat tushuniladi. J. Godfruaning fikricha,
shaxs umumiy holda ham irsiy, ham ijtimoiy-madaniy ta’sirlar bilan belgilanadi.
«SHaxs» tushunchasi o‘z ichiga tabiiy xossalar (jins, temperament va h.) asosida
ijtimoiy muhit (oila, maktab, «muhim o‘zgalar») va faoliyat (o‘yin, bilish, mehnat)
bilan faol o‘zaro ta’sirlar jarayonida hosil bo‘lgan individga xos bo‘lgan ijtimoiy
sifatlar yig‘indisini birlashtiradi.
Inson shaxsi, keng tarqalgan tasavvurlarga qarshi o‘laroq, 30yoshga
etgunicha o‘zgarmasdan qolmaydi. Masalan, Kaliforniya Universitetining bir
guruh olimlari 130 mingdan ortiq odamlarning «Katta Beshlik» (vijdonlilik,
murosaga moyillik, nevrotizm va ekstravertlik) nomi bilan ma’lum shaxsiy
sifatlarini tahlil qilganlar. Bu sifatlar kayfiyatga bog‘liq emas, shuning uchun
etarlicha ishonchli tarzda namoyon bo‘ladi. Odamlar yosh o‘tishi bilan hayotiy
ixtiloflarni tezda bartaraf etishga o‘rganadilar, xususan, shafqatliroq va
mehribonroq bo‘lishga intiladilar.
Aniqlanishicha, ayollarda, erkaklardan farqli o‘laroq, yosh o‘tishi bilan
nevroz holatlari kamayadi. Ikki jins vakillarida samimiylik bir oz kamayadi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, 20–30 yoshlilarda murakkab funksiyalarni bajarishda va
tashkilotlar tuzishda ko‘mak beradigan vijdonlilikning kuchayishi kuzatiladi.
Murosaga kelishga moyillik, aksincha, ko‘pchilik holatlarda 30 yoshdan so‘ng
yorqin namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, faylasuflar, tarixchilar, pedagoglar va psixologlarda «shaxs»
tushunchasining turlicha talqinlari mavjud. Bizesa R.S.Nemov tomonidan berilgan
shaxsning, nazarimizda, yanada aniq va to‘liq psixologik ta’rifidan foydalanamiz.
Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila
sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishidan
64
iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar.
S.L.Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va
ko‘nikmalarda; yo‘nalganlikda namoyon bo‘ladigan individual-tipologik
xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. A.G.Kovalev yo‘nalganlik, xarakter, imkoniyatlar
va mashqlar tizimini ajratadi. M.I.Enikeev temperament, yo‘nalganlik, layoqatlar
va xarakterni sanab o‘tadi. Mashhur psixolog K.K.Platonov yo‘nalganlik tarkibini,
ijtimoiy tajriba tarkibini, psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib
ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |