O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
Nazorat savollari 
1.
SHaxsning o‘zini o‘zi anglashi. 
2.
O‘zini o‘zi bilishi va o‘zini o‘zi baholashi. 
3.
O‘zini o‘zi anglash bosqichlari.. 
4.
“Men” tushunchasi. 
5.
SHaxsning “Men-konsetsipsiyasi”. 
6.
“Men” qirralari darajalari. 
7.
SHaxs “Men”ining turlari. 
8.
“Retrospektiv Men”. “Real Men” va “ ideal Men”larning mohiyati. 


334 
11-BOB.SHAXS TARAQQIYOTINING PSIXOTIK, CHEKLANGAN VA
NEVROTIK DARAJALARI
Reja:
1. Xarakter tuzilishi va uning diagnostikasi
2. SHaxs tuzilmasining nevrotik darajasi 
3. SHaxs tuzilmasining cheklanganlik darajasi
4. SHaxs tuzilmasining psixotik darajasi. 
5. O.Kernberganing strukturali yondashuvi 
Xarakter tuzilmasi va uning diagnostikasi mezonlari 
Xarakter bilan bog‘liq muammolari bilan bog‘liq hal etiladigan masalalardan 
biri uning buzilish bo‘lib, uni qanday mezonlar orqali baholash bilan bog‘liq. 
Xarakterga bag‘ishlangan jahon psixologik adabiyotlarda xarakter shaxs 
xususiyatlarining tizimlashuviga ko‘ra aniqlanadi va unga quyidagilar kiradi:
1) barqaror ehtiyojlar va motivlar;
2) shaxsning irodaviy sifatlari (maqsadga intiluvchanlik, qat’iylik, 
tashabbuskorlik va boshqalar); 
3) barqaror emotsional reaksiyalar. Barqaror ehtiyojlar va motivlar ,
shaxsning irodaviy sifatlari psixikaning mazmuniy xossasini, emotsional 
reaksiyalar esa psixikaning dinamik xossasini tashkil etadi. 
Psixoanalitik adabiyotlarda xarakter muammosiga quyidagi nuqtai nazardan
qaraladi: Z.Freyd drayv nazariyasiga ko‘ra:1)libido rivojlanishining bir necha 
bosqichi qayd etiladi; 2) ego-psixologiya pozitsiyasidan xarakter himoya 
mexanizmi, ya’ni xavotirdan qochish sifatida namoyon bo‘ladi
108

Xarakter diagnostikasiga va shaxs buzilish darajasi ham Z.Freydning drayv 
nazariyasi asosida shakllantirilgan. N. Mak-Vilyamsning modeliga ko‘ra 
xarakter modeli va uning diagnostikasi bo‘yicha o‘ziga xos yondashuv mavjud.
N. Mak-Vilyamsning xarakter tuzilmasi mazmuni ikki mezon asosida aniqlanadi:
108
Myers, D. G. Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010. - Р. 554.


335 
1) shaxs tuzilmasini rivojlanish darajasini baholash (Freyd bo‘yicha), shaxs 
individuatsiyasi yoki patologiya darajasini aks ettiradi. Mak-Vilyams taraqqiyotni 
to‘rt darajaga ajradi: psixotik, cheklangan, nevrotik va normal.
2) shaxsning himoya uslubi yoki xarakter tipi diagnostikasi (masalan, 
paranoid, shizoid, depressiv va boshqalar.). 
Mak-Vilyams modeli vujudga kelishi bilan odatdagi psixologiya xarakterga 
nisbatan chetdan qarashni to‘xtatdi. Ammo birdaniga yuz bermasdan, balki unga 
qadar kundalik ongda ikki kategoriyadagi insonlarga ajratiladigan odamlarni 
ajratuvchi mulohazalarga olib kelgan: bemorlar ("psixlar") va sog‘lomlar (" psix 
emaslar"). Differensial nuqtai nazardan o‘tkazilgan diagnozda amaliy jihatdan 
bunday yondashish qat’iyan shart emas.
Bu yo‘nalishga bog‘liq diagnostik maqsadlarda uzoq vaqt davomida standart 
baholash uslubidan foydalanilgan. Bu psixiatr va psixoterapevtlarni qoniqtirib 
kelgan. 
Ushbu sxemaga ko‘ra real voqelikda sog‘lom yoki normal insonlar degan 
xulosaga olib keluvchi holat. Unga nisbatan og‘ishni aks ettiruvchi boshqa bir
munosabat esa reallik haqidagi ma’lumotlarga zid munosabatni aks ettiruvchi 
bemorlar guruhiga ajratishga olib keldi. 
Odatda isterik, fobiyali, kompulsiv, maniakalli yoki depressivli
tendensiyalilarga ma’lum psixologik qiyinchiliklarga uchraganlarga patsientlar 
deb murojaat qilinadi. Asotsial patsientlar esa axloqiy jihatdan aqlsiz patsientlar 
sifatida tasniflanadi.
20-asrning o‘rtalariga qadar nevrotik va psixotik darajali patologiya 
o‘rtasidagi farqlarni tahlilchilar shaxs buzilishidagi oraliq shakllardan 
foydalanmasdan tafovutlashga olib keldilar. 
Nevrotik voqelikni tushunishi, ammo shaxsiy muammolari borasida shaxsiy 
qiyinchilikka duch keladiganlar hisoblangan. Uning tayanch xususiyatlari hatdan 
tashqari mexanik va qayishqoq bo‘lmagan psixologik himoya mexanizmlardan 
iborat. N. Mak-Vilyams nevrotiklarni qopqog‘i mahkam berkitilib, qaynatilayotgan
xumchaga o‘xshatadi.


336 
Psixotiklar esa voqelikdan munosabatni ajratib qo‘ygan va kuch himoya 
mexanizmga ega bo‘lganlar sanaladi.
19-asrdayoq salomatlik bilan bemorlik o‘rtasidagi “cheklangan maydonga” 
ega patsientlarga ajratishga olib kelgan edi. 20-asrning o‘rtasiga kelib, nevrozlar 
va psixozlar o‘rtasidagi oraliq zona haqidagi g‘oya paydo bo‘ldi. 
Xelen Doych buni “go‘yoki shaxslar deb” nomladi. Xox va Polatin 
"psevdonevrotik shizofreniya" kategoriyasi olib kirishdi. 1953 yildaNayt 
cheklangan holarlar haqidagi esseni e’lon qildi. 1968 ymlda Grinker cheklangan 
sindromning asoslovchi tadqiqot o‘tkazdilar
1980 yillarda umumqabul qilingan DSM-IV (Diagnostics and Statistics of 
Mental Disorders) atamasi paydo bo‘ldi. Bemorlarning ajratilgan guruhi 
xususiyatlari psixotiklarda gallyusinatsiya yoki alahsirash mavjud emas, ammo
nevrotiklarda nostabil va aytib bo‘lmaydigan xulq-atvor mavjud. Patsientlarning 
psixoanalitik davolash vaqtida patsientlar vaqtinchalik psixotik bo‘lib,
psixoanalitikdan tashqari holatda barqarorlikni namoyon qiladi
109

Mak-Vilyams psixotik, cheklangan va nevrotik darajalari E.Erikson bo‘yicha 
shaxs taraqqiyot darajasiga to‘g‘ri keladi.
Psixotiklar Erikson bo‘yicha taraqqiyotning birinchi darajasiga to‘g‘ri 
keladi. 
Ular 
ishonish 
yoki 
ishonmaslik, 
cheklangan 
shaxslarda 
separatsiya/individuatsiyalar, nevrotiklar – tashabbuskorlik yoki aybdorlik 
tuyg‘usini kechirish bilan identefikatsiyalashgan.
Uch darajadagi shaxs taraqqiyotiga mansub kishilar o‘rtasidagi tafovutlarni
aniqlash uchun maxsus standartlashgan so‘rovnomalar patsientlar o‘rtasida 
o‘tkazilgan.
U quyidagi savollar bilan yoritiladi:
ustuvor sanaladigan himoyalar;
identiklikni integratsiyalashgan darajasi;
testlashtirishning voqelikka mosligi va o‘zining patologiyasini kuzatishga 
qobiliyatli;
109
Myers, D. G. Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010. - Р. 597. 


337 
asosiy nizolar tabiati;
ko‘chish va ko‘chishga qarshi xususiyatlar; 
ushbu sxema oqibatida shaxsning alohida darajasi haqidagi xulosaga 
kelinadi: psixotik, cheklangan va nevrotik
110

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish