Homo sapiens
ning evolyusiyasi tugallangan, deb
aytish mumkin. SHunga ko‘ra, uning kelgusi evolyusiyasidan katta o‘zgarishlar
kutib bo‘lmaydi. Lekin evolyusiya shakllangan tur doirasida davom etadi.
CHunonchi, keyingi vaqtda har xil etnik guruhlar, irqlar orasida kuzatilayotgan
nikohlar odamzod genofondini boyitib bormoqda. SHu bilan birga atrof-muhitning
ifloslanishi, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar, turli pestitsidlar, gerbitsidlar,
defoliantlarni ko‘plab qo‘llash tufayli kishilarda polimorfizm, irsiy kasalliklar
ko‘payib bormoqda. Binobarin, odam evolyusiyasida alohidalanish, hayot
to‘lqinlari, tabiiy tanlanishning ahamiyati kamayganiga qaramay, mutatsion va
kombinatsion o‘zgaruvchanlik o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Odamning bundan
keyingi evolyusiyasi kollektiv aql-idrokining rivojlanishi (axborotni to‘plash,
saqlash, uzatish)ga, atrof-muhitdan yanada samaraliroq foydalanishga yo‘nalgan.
Xulosa qilib aytganda,
Homo sapiens
rivojlanishida bir qancha bosqichlarni
o‘tgan. Ulardan birinchisi o‘zini-o‘zi anglash, ya’ni ongning rivojlanishidir. Bu
hodisa taxminan 40-50 ming yil oldin ro‘y bergan o‘zini o‘zi anglash tufayli
ajdodlarimiz odamlar bilan hayvonlar orasidagi farqqa borganlar va inson tabiat
kuchlarini jilovlashi mumkinligiga ishona boshlaganlar.
Aqlli odamlar tarixiy rivojlanishidagi
ikkinchi bosqich
yovvoyi hayvonlarni
qo‘lga o‘rgatish — xonakilashtirish, yovvoyi o‘simliklarni ekib madaniylashtirish
bilan bog‘liq. Bu hodisa taxminan 15—10 ming yil oldin boshlangan. Natijada
odamshu paytgacha tashqi muhit bilan bog‘liq bo‘lsa, endilikda u hayot
sharoitining ba’zi tomonlarini nazorat qilish imkoniga ega bo‘ldi.
191
Inson tarixiy rivojlanishining
uchinchi bosqichi
ilmiy-texnika inqilobi bilan
bog‘liq bo‘lib, u bundan
1
ming yil oldin boshlangan va keyingi 3—4 yuz yil
mobaynida avj olgan.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli insonning tabiat ustidan hukmronligi ortdi.
U sayyoramizning yirik territoriyalarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘zgartira olish
imkoniga ega bo‘ldi va nihoyat hayot uchun noqulay bo‘lgan Arktika, Antraktidani
ham o‘zlashtirishga, koinotning quyi qismini zabt etishga erishdi.
Darslikning XI bobida evolyusiyaning boshlang‘ich materiali, birligi,
hodisasi, omillari bilan tanishildi. Inson o‘zinio‘zi anglab, biologik mavjudotdan
ijtnmoiy mavjudotga aylangandan so‘ng, biologik omillarning inson taraqqiyotiga
ko‘rsatgan ta’siri asta-sekin kamayib, ijtimoiy omillarning ahamiyati orta borgan.
Lekin shunga qaramay, insonda boshqa tirik mavjudotlar singari oziqlanish, nafas
olish, urchish, nasl qoldirish, o‘sish, rivojlanish davom etar ekan, u biologik
qonunlarga bo‘ysuna beradi. Lekin ular inson taraqqiyotida asosiy omil rolini
bajarmasa ham tabiiy tanlanish kishilar hayotida hech qanday ahamiyatga ega
emas, degan xulosaga kelish yaramaydi.
Tabiiy tanlanishning stabillashtiruvchi formasi odamning hozirgi tuzilishi,
qiyofasini saqlab qolishga qaratilgan. Keskin mutatsiyaga uchragan zigotalarning
homilaligida nobud bo‘lishi, tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘rtacha vaznlilari
yashovchan ekanligi bunga yorqin misoldir. Keyingi vaqtda atrof-muhitning
ifloslanishi tufayli spontan mutatsiyalar hosil bo‘lishn birmuncha ko‘paydi. U yoki
bu irsiy kasalliklar bilan tug‘ilgan bolalar kishilik jamiyati uchun nihoyatda xavfli
ekanligini qayd etish zarur.
YAngidan hosil bo‘lgan mutatsiyalar u yoki bu regionda yashayotgan
odamlar genofondining o‘zgarishiga, uning yangi belgilar bilan boyishiga sabab
bo‘ladi. Mutatsiya bosimi yo‘nalishsiz ekanlngini, shunga qaramay bu hodisa har
bir shaxsning o‘ziga xos genotipini saqlashga imkon yaratishini aytib o‘tish kerak.
Bunday hodisalar mutatsiya jarayonining insonlar genofondiga ta’siri o‘z
qimmatini yo‘qotmaganligidan dalolat beradi.
192
Alohidalanish yaqin vaqtgacha insonlar tarixiyrivojlanishida ma’lum rol
o‘ynagan bo‘lsa-da, hozirgi vaqtda xalqlar, mamlakatlar orasidagi aloqa
vositalarining rivoj topishi tufayli o‘z ahamiyatini tobora kamaytirib bormoqda.
Alohidalanish to‘siqlarining bartaraf etilishi tufayli inson genofondi tobora boyib
bormoqda. YAqin vaqtgacha yuqumli kasalliklar bo‘lgan vabo, sil, moxov va
boshqalardan odamlar ko‘plab qirilgan bo‘lsa, endilikda ularga qarshi davo
choralari ishlab chiqilganligi va amaliyotga tatbiq qilinganligi tufayli ulardan
o‘lish juda kamayib ketdi. Bu hodisa hayot to‘lqinlari ham evolyusiya omili
sifatida insonning tarixiy rivojlanishida kam ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Bayon etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, evolyusiyaning boshlang‘ich
omillaridan faqat mutatsiya jarayonining odam genofondiga ko‘rsatgan ta’siri
o‘zgarmagan, xolos. SHuni nazarda tutgan holda odam tanasining tuzilishida,
tashqi qiyofasida kelgusida biror-bir keskin o‘zgarish kutilmaydi. Odamda ro‘y
beradigan o‘zgarishlar jamoa ravishda axborot to‘plash, uni saqlash, kelgusi naslga
berish, tabiatni yanada ko‘proq egallashga qaratilgan bo‘ladi.
Insonning kelajagi ayrim shaxslarning aql-idroki bilan emas, balki
jamiyatning aql-idroki bilan belgilanadi.
Dastlabki aqlli odamlar turi toza suv, sof havoli muhitda tarkib topgan.
Keyingi yillarda zaharli ximikatlardan, mineral o‘g‘itlardan keng foydalanish,
yangi sanoat markazlari, shaharlar, transport vositalari ko‘payishi tufayli atrof-
muhitning ifloslanishi tobora ortib, zararli mutatsiyalarni keltirib chiqarmoqda.
Keyingi vaqtda allergiya kasalligining xilma-xil formalari ko‘payib ketganligi
bunga yaqqol misoldir.
Har bir odam ko‘chib yuruvchi biotsenozdir. Uzoq davom etgan evolyusiya
natijasida odam tanasida ko‘pgina mikroorganizmlar birgalikda yashaydi.
Ichaklarda yashaydigan achituvchi bakteriyalar, zamburug‘lar, terida uchraydigan
ko‘pgina mikroorganizmlar shular jumlasidandir. Hayot tarzining o‘zgarishi ana
shu mikroorganizmlar hayotiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Odam tanasidagi
biotsenozning o‘zgarishi, albatta, unga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
193
Do'stlaringiz bilan baham: |