O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Psixika evolyusiyasi va antropogenez



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
Psixika evolyusiyasi va antropogenez 
Jamoa bo‘lib yashash, jinsiy etilishgacha bo‘lgan rivojlanish muddatining 
uzayishi, bosh miyaning faoliyati, nutq, qurollar yasash qobiliyati, tananing 
tuzilishi va funksiyalari majmuasi odamni tavsiflovchi xossalar hisoblanadi. 


188 
Bularning vujudga kelishi va shakllanishida organik olamning tarixiy 
rivojlanishida muhim rol o‘ynagan evolyusiya omillari — mutatsiya jarayoni, 
alohidalanish, hayot to‘lqinlari, tabiiy tanlanish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Mutatsiya jarayoni va genlar kombinatsiyasi odamda xilma-xil anatomik-
morfologik, fiziologik-bioximiyaviy, genetik o‘zgarishlarni keltirib chiqargan. 
Sotsial muhit esa har bir individning o‘ziga xos genotipi saqlanishiga 
ko‘maklashgan. Har xil irqlar, etnik guruhlar paydo bo‘lishida alohidalanish 
muhim rol o‘ynagan. 
Odam evolyusiyasida hayot to‘lqinlarining ham ahamiyati katta bo‘lgan. U 
yoki bu regiondagi odamlar ajdodlari orasida vaqt-vaqti bilan bo‘lgan ocharchilik, 
yuqumli kasalliklar tarqalishi, chunonchi, vabo, o‘lat, sil paydo bo‘lishi va 
tarqalishi zaif organizmlarning ko‘plab qirilishiga va shu yo‘l bilan tirik qolgan 
odamlar genofondining tasodifiy, yo‘nalishsiz o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. 
Primatlar, shu jumladan, qadimgi odam to‘dalari oziqlanish maydonini egallash, 
yovvoyi hayvonlarni ovlash, o‘simliklarning eyiladigan qismlarini topish, yig‘ish, 
saqlash bo‘yicha o‘zaro raqobatda bo‘lganlar. To‘dalar orasidagi bunday 
raqobatlarda g‘olib kelish ko‘p jihatdan to‘da a’zolari yoki boshliqning 
qobiliyatiga, uddaburonligiga, ov qilish, yovvoyi o‘simliklarning eyiladigan 
qismlarini topish, g‘amlash, xavf-xatarning oldini olish singari ko‘nikmalarga, 
to‘da a’zolarining soniga bog‘liq bo‘lgan. Agar to‘da a’zolarining har xil joyda 
tarqalganligi, alohidalashganligini e’tiborga olsak, u holda ular genetik jihatdan 
farq qilishiga e’tiroz qolmaydi. To‘dalar orasidagi hayot-mamot raqobatida yuqori 
qobiliyatga ega, uddaburon, qurollar yasashva oziq topish, uni saqlashga mohir 
to‘da a’zolarining g‘olib kelishi tabiiy bir hol edi. Uzoq ming yillar davom etgan 
bunday gruppali tanlanish primatlarning barcha turlarida ro‘y bergan bo‘lsa-da, 
lekin ikki oyoqlab yurishga, qo‘lni ishlatishga layoqatli gominidlarda to‘rt oyoqlab 
yuruvchi, daraxtlarda hayot kechiruvchi vakillarga qaraganda ko‘proq ijobiy 
natijalar bergan. 
Gominidlarning tarixiy rivojlanishida yana turlararo tanlanish ham amalga 
oshgan. CHunonchi, avstralopiteklar bilan qadimgi odamlar — eruktuslar bir 


189 
vaqtda yashagan va bunda turlararo tanlanish avstralopiteklarga qaraganda 
qobiliyat va aqliy jihatdan anchagina rivoj topganeruktusodamlarning g‘olib 
chiqishiga sabab bo‘lgan. Gominidlardagi turlararo tanlanish, hayvonlardagi 
turlararo tanlanishdan farq qilib, gruppali tanlanish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. 
CHunki raqobat bir tomondan eruktus, ikkinchi tomondan avstralopitek guruhlari 
orasida yuz bergan. Tanlanish bir turning ikkinchi tur ustidan g‘olib kelganligiga 
sababchi ekanligini e’tiborga olib, gruppali tanlanish turlararo tanlanish qiyofasiga 
kirgan, deb aytish mumkin. 
SHunday qilib, to‘dalar orasida polimorfizm vujudga kelishida mutatsiya 
jarayoni, alohidalanish, hayot to‘lqinlari, tabiiy tanlanish, shuningdek, qadimgi 
odamlarning o‘zaro uchrashuvidagi stress holat alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Xususan stress holat tufayli odam organizmidagi neyroendokrin boshqarilish 
o‘zgargan. 
Homosapiens
turi maydonga kelishi bilan biologik omillarning, xususan, 
alohidalanish, hayot to‘lqinlari, tabiiy tanlanishning ahamiyati tobora susaygan. 
Odamlar tobora takomillashgan ish qurollari ishlab chiqishi oziq tayyorlash, 
uy-joy qurish, atrof-muhitni xavf-xatardan saqlashga imkon berdi. Oqibatda inson 
evolyusiyasida tabiiy tanlanishning ahamiyati ham keskin kamayib, sotsial 
omillarning roli ortgan. Lekin odamning tarixiy rivojlanishida biologik va sotsial 
omillar o‘zaro bog‘liq holda ta’sir ko‘rsatgan. Har bir odamlar to‘dasi qurol 
yasash, yovvoyi hayvonlarni ovlash, o‘simliklarni yig‘ish, hayvon va o‘simliklarni 
parvarish qilish va shu singari bilimlar, ko‘nikma-malakalarni yosh avlodga 
o‘rgata borgan. YOsh avlod ularni o‘zlashtirish bilan bir qatorda o‘sha bilimlar, 
ko‘nikma-malakalarni o‘zi ixtiro qilgan yangiliklar bilan boyita borgan. Birgalikda 
hayot kechirish, olovdan foydalanish, go‘shtli ovqat iste’mol qilish tafakkur, 
nutqning rivojlanishga, bosh miya hajmining ortishiga sabab bo‘ladi. Biroq odam 
bosh miyasining yanada kattalashishiga ayollarda jinsiy organidagi tuxum 
yo‘lining ensiz bo‘lishi to‘sqinlik qilgan. Bu qarama-qarshilikni bartaraf etish 
uchun tanlanish ayollarda chanoq suyagi hajmining kengayishiga, aksincha, miya 
rivojlanishining sekinlashishiga olib kelgan. Odatda, yangi tug‘ilgan chaqaloqning 


190 
miyasihali to‘liq shakllanmagan bo‘lib, uning rivojlanishi asosan go‘daklik va 
bolalik davrida tugallanadi. Sut emizuvchi hayvonlarda (tuxum qo‘yib 
ko‘payuvchilardan tashqari) yangi tug‘ilgan organizm mustaqil hayot kechirishga 
tayyor bo‘lgani holda, yangi tug‘ilgan odam bolasi mustaqil hayot kechira 
olmaydi. SHu sababli ayollar bolalarni uzoq muddat parvarish qilishga va oqibatda 
erkakka birmuncha qaram bo‘lishga majbur. SHunga ko‘ra jamoa ayollarga va 
ularning bolalariga g‘amxo‘rlik qila boshlagan. Bu esa o‘z navbatida jamoa 
a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni — hamkorlikni kuchaytirgan. 
Hozirgi vaqtda tur sifatida 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish