O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   227
Bog'liq
Rasulov

 
 
Sodda sensor psixika 
Sobiq sovet psixologlarining ishida psixologiya ichki dunyo haqidagi fan 
sifatida emas balki, tashqi ko‘rinishlar haqidagi fan deb hisoblangan. Psixologiyani 
ruhiy hayotning o‘ziga xosligi haqida emas, balki hayot faoliyatining uzoq muddat 
rivojlanishi natijasi sifatida, unda organizmning atrof-muhit bilan faol o‘zaro 
aloqaga kirishadi, unda u o‘z o‘rnini topishga intiladi. Bunday aks ettirish 
jarayonida, atrof-muhitning ta’siri ostida miyada psixik jarayonlar vujudga keladi. 
Bu holat esa psixikaning ichki dunyo haqidagi fan tushunchasini yo‘qotgan va 


186 
buning natijasida evolyusion rivojlanish vujudga keladi. Psixik jarayonlar shu 
tariqa o‘rganish ob’ekti bo‘lib qolgan.
Sobiq sovet psixologlarining fikriga ko‘ra psixika hayot faoliyatida vujudga 
kelmay, balki organizmning hayot faoliyatini ma’lum shart-sharoitlarda vujudga 
keltiradi. Masalan, notirik tabiatda alohida buyumlarning o‘zaro aloqasi mavjud. 
Biroq bunday aloqalar ularning yashashi uchun sharoit hisoblanmaydi qoya suvdan 
mustaqil ravishda bo‘lishi mumkin, suv qirg‘oqdan mustaqil ravishda mavjud 
bo‘lishi mumkin.
Masalan, kerosinda mavjud bo‘lgan kaliy ochiq havoga qo‘yilganda uchib 
ketishi mumkin. Erning rivojlanishi jarayonida juda murakkab qo‘shilishlar 
vujudga kelgan. Bu katta molekulalar koatservatlar deb atalgan. Ularning asosiy 
xususiyatlari ularning qismlarga tez ajrala oladilar, chunki modda almashinuvi 
ko‘proq bo‘lar ekan. Bu molekulalar yangi moddalarni qabul qilib, o‘zlashtirishi 
tashqi olam maxsulotlarini sochishi kerak. SHu tariqa o‘sha katta molekulalar 
atrof-muhitda moddalar almashinuvi uchun kerak. Moddalar almashinuvi passiv 
jarayon hisoblanmaydi. U oqsil molekulalarning hayotiy faoliyat jarayonini amalga 
oshiradi.
SHu tariqa tirik hayot vujudga keladi. Bu hayotda mayda organizmlar 
vujudga keladi. Bu to‘qimalarning mavjudligining o‘ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, ular moddlarga qo‘zg‘ovchilarni har doim topa oladilar. SHu darajada 
ham tirik moddalarda ehtiyojlar paydo bo‘la boshlagan. Hamma tashqi olam 
ko‘rinishidan hayotni qo‘llash uchun biotik ta’sir va mavjud bo‘lmagan abiotik 
ta’sir mavjud edi. Agar biz hayot evolyusiyasini diqqat bilan kuzatsak, ularni 
ma’lum bir bosqichlarga ajratishimiz mumkin. Birinchi bosqich bu o‘simliklar 
olami. Bu forma evolyusiyaning hamma bosqichlarida uchraydi. Sodda bir 
to‘qimali suv o‘tlaridan tortib, to zamonaviy o‘simliklarga qadar. 
Ko‘pgina tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra o‘simliklar olamining o‘ziga 
xosligi shundan iboratki, ular ma’lum bir joyga bog‘langanlar, harakat qilmaydilar. 
O‘simliklar olami ma’lum bir moddalar almashinuvida to‘xtaydi. O‘simliklarning 
hayot faoliyati biotik omillarga bog‘liq holda amalga oshiriladi. O‘simliklar 


187 
ma’lum bir sharoitlarga nisbatan sezuvchan bo‘lib qoladilar. Demak, o‘simliklar 
ham o‘z ehtiyojlariga egadirlar. O‘simliklar ularga ta’sir qilagan omillarga nisbatan 
ta’sirlarga javob berish xususiyatlariga egadirlar. O‘simliklar ma’lum bir xududga 
bog‘langandirlar, undan ortiqcha harakat qilmaydilar. O‘simliklar yorug‘likka, 
haroratga, kimyoviy ta’sirlarga nisbatan javob berish xususiyatlariga egadirlar. 
Bunday harakatlar tropizmlar deb ataladi.
Tropizmlar fototropizm (yorug‘likka javob), termotropizm (haroratga), 
geotropizm (er markaziga intilishi), xemotropizm (kimyoviy ta’sirlar)ga 
bo‘linadilar. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tropizmlar ijobiy (ta’sirot 
kelgan yo‘nalishga qarab intilish) yoki salbiy (zararli taassurotlarga intilish) 
xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
O‘simliklar dunyosidan farq qiluvchi bosqich bu hayvonot olami 
hisoblanadi. 
Hayvonot 
olamining 
o‘simliklar 
dunyosidan 
farqlanuvchi 
xususiyatlari bu hayvonlarda harakatning mavjudligidir. Bu ba’zida etarli 
hisoblanmaydi, chunki ba’zi bir o‘simliklar harakatlanish xususiyatlariga egadirlar. 
Masalan, kungaboqar yoki pashsha yutuvchi o‘simlik.Kungaboqar quyoshga qarab 
harakatlansa, pashsha yutuvchi pashshalarga qarab harakatlanadi. Lekin bunday 
harakatlar hayvonlarning xatti-harakatlaridan farqlanadi. Hayvonlarning harakati 
faol xarakterga ega. O‘simliklar dunyosidan hayvonot dunyosiga o‘tishdagi 
yangilik bu hayvonlarda yangi qo‘zg‘atuvchining ko‘rinishi vujudga kelishidir. 
Hattoki eng sodda tuzilgan hayvonlar ham biotik qo‘zg‘atuvchilarni paydo 
bo‘lishini namoyon qilishlari mumkin. Bu A.N.Leontev talqiniga ko‘ra 
sezuvchanlik deb nomlangan. Hayvonlarda sezuvchanlikning paydo bo‘lishi yangi 
xususiyatlardan biri hisoblanadi va bu esa yangi organizmlarni vujudga keltiradi, 
bu holat esa psixikaning vujudga kelishining asosiy omili hisoblanadi.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish