O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   227
Bog'liq
Rasulov

Neoteniya.
Evolyusiya jarayonida faqat organlarning emas, balki bir butun 
organizmning embrional rivojlanishida ham ajdodlar rivojlanishidan farq qiladigan 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ko‘p hollarda rivojlanishning boshlang‘ich yoki o‘rta 
bosqichlari keyingi bosqichlarini siqib chiqaradi. Natijada bunday o‘zgarishlar 
ontogenezning ilgariroq tugallanishiga sabab bo‘ladi. Ontogenetik rivojlanishda 
qisqaradigan yoki tushib qoladigan bosqichlar funksiyalarini undan oldingi 
bosqichlar bajaradi. «Uzilib qoladigan» mana shunday ontogenez 
neoteniya 
nomi 
bilan yuritiladi.
Neoteniya ko‘pincha organizmlarning lichinka holida rivojlanishiga sabab 
bo‘ladi. Masalan, yassi chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar, 
amfibiyalardan — tritonlar, salamandralarda jinsiy voyaga etish lichinka 
bosqichida, ya’ni metamorfozgacha amalga oshadi. Bunday o‘zgarishlar uzoq 
davom etgan tarixiy rivojlanishda muhitning o‘zgarishi va yuqoridagi hayvonlar 
raqib formalarining paydo bo‘lishi tufayli yuz bergan.
Neoteniya o‘simliklarda ham uchraydi. Masalan, uni lemnalar oilasiga 
mansub o‘simliklarda yaqqol ko‘rish mumkin. Taxtadjyan qayd qilishicha, 
lemnalar — 
Lemnaceae 
voyaga etgan formalardan emas,balki uning murtagidan 
kelib chiqqan, ya’ni evolyusiyasi neoteniya yo‘li bilan borgan. Suvda o‘suvchi bu 
o‘simlikning tuzilishi shu qadar soddalashib ketganki, oqibatda ular gulli 
o‘simliklarga nisbatan ko‘proq suvo‘tlarga o‘xshash bo‘lib qolgan.
Pistia 
suvda suzib yurib hayot kechiradigan mayda o‘simlik bo‘lib, 
tropiklarda keng tarqalgan. Etilganda u lemnaga mutlaqo o‘xshamaydi. CHunki 
unda kichik poya, barg, ildiz kabi vegetativ organlar bo‘ladi, xolos, Urug‘ining 
tuzilishi, unishida, murtaklik holatida, lemnalar bilan 
Pistia 
o‘rtasida ko‘p 
o‘xshashlik namoyon bo‘ladi. Qiyosiy morfologiya tadqiqotlari lemna vegetativ 
tanasining cho‘ntakchalar deb ataluvchi qismidan yuqorida joylashgan distel 
qismida aslida barg ekanligini, cho‘ntakchalarda rivojlanadigan kurtaklar 
Pistinum
ning yosh novdalariga mos kelishini ko‘rsatdi.


175 
SHu bilan birga ular orasida farq ham bor. Agar 
Pistia
ning poyasi bir qancha 
novdalar va ko‘pgina to‘pbarg chiqarsa, lemnaning vegetativ tanasi ikkita yon 
kurtak va reduksiyalashgan bitta barg chiqaradi. SHu singari dalillar lemnalar 
Pistioideae
larga o‘xshash tipik vegetativ organlar bor o‘simliklardan kelib 
chiqqanligidan dalolat beradi. Bu ma’lumotlar yana lemnalar voyaga etgan 
Pistia 
formalardan emas, balki ularning murtagidan paydo bo‘lganligini, ya’ni ularda 
neoteniya yo‘li bilan evolyusiya jarayoni ro‘y berganligini ko‘rsatadi. 
Ontogenez embrionizatsiyasi deyilganda, evolyusiya jarayonida rivojlanish 
bosqichlari bir qismining ona organizmi yoki maxsus tuxum yoki urug‘ qobig‘i 
himoyasida o‘tishga layoqatlanishi tushuniladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, zmbrion 
rivojlanish tiriklikning boshlang‘ich xossasi bo‘lmay, aksincha, evolyusiya natijasi 
hisoblanadi. 
Ontogenez 
embrionizatsiyasi 
tobora 
murakkablashayotgan 
murtakning himoyalanishi va muhim ichki muhitda rivojlanishiga qaratilgan. 
Embrionizatsiyaning 
himoyalanish 
ahamiyatini 
hayvonlardagi 
embrion 
rivojlanishining har xil tiplari evolyusiyasi misolida ko‘rish mumkin. CHunonchi, 
mayda va oziq zapasi kam bo‘lgan tuxum qo‘yuvchi kovakichlilar, bulutlar, 
polixetalar, qisqichbaqasimonlar, chuchuk suvda yashovchi suyakli baliqlar, 
amfibiyalarda tuxumdan rivojlangan lichinka harakatlanib mustaqil hayot 
kechiradi. Aksincha, oziqqa boy yirik tuxum qo‘yuvchi organizmlar — boshoyoqli 
mollyuskalar, akulalar, ba’zi bir suvda va quruqda yashovchilar, sudralib 
yuruvchilar, qushlar va tuxum bilan ko‘payuvchi sut emizuvchilarda tuxumdan 
lichinka emas, rivojlangan embrion hosil bo‘ladi. Mazkur organizmlarda murtak 
uzoq vaqt tuxum ichida rivojlangan, uning ozig‘i hisobiga yashagan va qobig‘i 
bilan himoyalangan bo‘ladi. 
Sudralib yuruvchilarda va qushlarda amfibiyalarga nisbatan ontogenez 
embrionizatsiyasi kuchaygan bo‘lib, u rivojlanishning dastlabki bosqichlarining 
suv muhitisiz taraqqiy etishiga va tuxumda murtakning to‘liq rivojlanishiga 
qaratilgan. 
Ontogenez embrionizatsiyasining eng muhim natijalaridan biri murakkab 
holda bo‘lgan murtakning tez va isrofgarchiliksiz rivojlanishini ta’minlashdan 


176 
iborat. Murtak morfogenetik korrelyasiyalarining tizimliligi, murakkabligi tufayli 
embrion rivojlanishi postembrion rivojlanishga nisbatan turg‘un va qadimiydir. 
Embrion rivojlanishining turg‘unligi rivojlanish darajasidan o‘zgarishiga sabab 
bo‘ladigan har qanday kichik mutatsiyalar paydo bo‘lganda, bunday mutatsiyalarga 
ega formalarning nobud bo‘lishi hisobiga ontogenez embrionizatsiyasini 
zararsizlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Demak, embrionizatsiya evolyusiyada 
ontogenezning bir butunligini kuchaytirishga safarbar etilgan. Embrionning 
rivojlanishidagi ba’zi bir xossalarning ontogenezning postembrion davrida 
saqlanishi 
fatalizatsiya 
deb ataladi. CHunonchi, suvda ham quruqda yashovchilar, 
tog‘ayli baliqlar, to‘garak og‘izlilar skeletida tog‘ay to‘qimasining saqlanishi, 
odam miya qutisi suyaklarining jag‘ suyaklariga nisbatan katta bo‘lishi 
fatalizatsiyaga misoldir.
74

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish