O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
XAYOT FAOLIYAT XAFSIZLIGI FANIDAN
MUSTAQIL TALIM
MAVZU: Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish
Bajardi: 3-kurs yoshlar psixalogiya talabasi
Tursunboyev Husanboy
Qabul qildi:
TOSHKENT-2022
Kirsh:
Reja:
Xavf tahlilining predmeti va usullari
Tizim xavfsizligi tahlili
Texnologik jarayonlarga qo'yiladigan talablar
Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish
Asosiy qism:
1. Xavflarni tahlil qilish usullari
Texnik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda, xavfni baholash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish sanoat xavfsizligini ta’minlash va mehnat xavfsizligini ta’minlashda muhim muammo hisoblanadi. Haqiqatan ham, xavfni noto‘g‘ri yoki past baholash katta avariyalarga olib kelishi mumkin, xavfni o‘ta yuqori baholash esa juda katta mablag‘ talab qiladigan xavfsizlik choralarini qo‘llashni talab qilishi mumkin. Bu esa ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini pasayishiga yoki yo‘qqa chiqishiga olib kelishi mumkin.Mamlakatimizda va xorijda xavf-xatarlarni tahlil qilish juda ko‘p usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
Xavfni baholashning sifatiy (muhandislik) usullari ularni yanada murakkab usullar bilan o‘rganish uchun xavf manbalarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu muhandislik usullari miqdoriy hisob-kitoblar bilan mustahkamlanmaydi.
Xavflarni ekspress baholash usullari ob’ektlarni xavflilik darajasi bo‘yicha kategoriyalarini aniqlashda foydalaniladi (yong‘in, portlash, kimyoviy, radiatsiya va boshqalar). Bunday usullarni qo‘llashning asosiy maqsadi xavf manbalarini aniqlash zarurati bilan bog‘liq. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ob’ektlarga xavfsizlik talablari qat’iyroq qo‘llaniladi.
Xavflarni baholashning ehtimollik usullariga miqdoriy baholash usullari (matematik statistika usullari, matematik modellashtirish, simulyasiya va boshqalar) kiradi.
Xavflarni baholashning yuqorida sanab o‘tilgan usullari prognozning aniqligi va dastlabki zarur ma’lumotlarning miqdori bilan farq qiladi. Ushbu yoki boshqa usullarni qo‘llashda xavfni baholash maqsadlaridan kelib chiqiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda murakkab xavfsizlik muammolarini hal qilishda xavf-xatar metodologiyasi keng tarqalgan bo‘lib, unda yuzaga keladigan hodisalar va ularning oqibatlari ehtimoli aniqlanadi. Ushbu metodologiyaning jozibadorligi, xavfning miqdoriy ko‘rsatkichlaridan foydalanib, potensial xavfni o‘lchash va turli xavflarni solishtirish mumkinligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, xavf ko‘rsatkichi sifatida odamlarning o‘limi (yoki kutilayotgan zarar qiymat) bilan bog‘liq shaxsiy yoki ijtimoiy xavf qabul qilinadi.
Xavflarni tahlil qilish metodologiyasini tizimli tahlil va inson hayotiga, mulkka va atrof muhitga zarar etkazishning oldini olish yoki kamaytirish uchun qarorlar qabul qilishning bir qismi sifatida qarash mumkin. Xavflarni tahlil qilish ikki asosiy bosqichdan iborat: xavflarni baholash bosqichi va tavakkalni boshqarish bosqichi. Xavflarni baholash bosqichida xavf-xatarlarni aniqlash, xavf-xatarlar paydo bo‘lishining imkoniyatlari va oqibatlarini baholash. Xavflarni boshqarish bosqichida turli xil variantlar tahlil qilinadi va eng ma’qul bo‘lgan variant tanlanadi. Yakuniy qaror qabul qilish uchun xavfni baholash natijalari muhandislik, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatlar hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi. Amalda statistik ma’lumotlarning yetishmasligi tufayli tavakkalni baholash usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday hollarda, ko‘rib chiqilayotgan hodisalarni ro‘y berish ehtimolliklari topiladi. Ba’zi hollarda ekspertlar baholaridan foydalanish yaxshi natija beradi.
Xavf-sabab- oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ular ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Potensial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. Sabablar vaziyatlar to‘plamini xarakterlaydi, unga ko‘ra xavflar paydo bo‘ladi, u yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi. Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil og‘irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof-muhitga keltiradigan zarar va boshqalar.
Baxtsiz hodisalarning oldini olish asosida sababini qidirish yotadi. Bir necha misollar keltiramiz: Zahar (xavf) - xato (sabab) - zaharlanish (ko‘ngilsiz oqibat). Elektr toki (xavf) - qisqa tutashuv (sabab) - yong‘in (ko‘ngilsiz oqibat). Ichkilik (xavf) - ko‘p ichish (sabab) -o‘lim (ko‘ngilsiz oqibat).
Tizimli tahlil - murakkab muammolar bo‘yicha qarorlarni tayyorlash va asoslashda ishlatiladigan metodologik vositalar yig‘indisidir, shu jumladan xavfsizlikda ham.
Tizimli tahlilning bir qator vazifalari mavjud:
Tizimli tahlilning boshqaruvchanlik funksiyasi boshqaruv jarayonini turli bosqichlarida qaror qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rish, qaror qabul qilish, qarorni joriy etish va qaror ijrosini nazorat qilish uchun aхborot bilan ta’minlaydi.
Tizimli tahlilning diagnostik funksiyasi jarayonni kechishi yoki faoliyat davomida yuzaga kelgan holat (vaziyat), ya’ni joriy holat haqida ob’ektiv tasavvurni shakllantiradi.
Tizimli tahlilning ogohlantiruvchi funksiyasi jarayonni kechishi davomida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammo, turli shakl va ko'rinishdagi хavflar haqida ogohlik berib, ularni barataraf etish uchun хizmat qiladi.
Tizimli tahlilning bilish - mental funksiyasi, faoliyat davomida yuzaga kelgan holatning mohiyatini anglash uchun хizmat qiladi.
Tizimli tahlilning maqsadi ko‘ngilsiz hodisa - avariya, yong‘in, jarohatlanish, kasallanish va boshqalarning yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi sabablarni aniqlash va ularning paydo bo‘lish ehtimolligini kamaytiradigan oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdir. Har qanday xavf bir yoki bir nechta sabablar tufayli yuzaga keladi va ma’lum miqdorda zarar yetkazadi. Sababsiz real xavflar yuzaga kelmaydi. Demak, xavflarning oldini olish yoki ulardan himoyalanish ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlashga, o‘rganishga asoslangan. Yuzaga kelgan xavflar va ularning sabablari o‘rtasida o‘zaro sabab-oqibat bog‘lanishi mavjud, xavf ma’lum bir sabab oqibatidir, u esa, o‘z navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va hokazo.
Shunday qilib, sabablar va xavflar kerakli, ierarxik zanjirli strukturalarni yoki tizimlarni hosil qiladi. Bunday bog‘lanishlarning grafik ko‘rinishi, shoxlanib ketgan daraxtni eslatadi. Ob’ektlar xavfsizligining tahliliga bag‘ishlangan horijiy adabiyotlarda «sabablar daraxti», «buzilishlar daraxti», «xavflar daraxti» va «hodisalar daraxti» tushunchalari ko’p ishlatiladi. Ko‘rilayotgan daraxtlarda qoida bo‘yicha sabab va xavf shoxchalari mavjud bo‘ladi. Obektlarning xavfsizligini tahlil qilish jarayonida hosil bo‘lgan grafik ko‘rinishlar “sabablar va xavflar daraxtlari” deb aytiladi.
Xavfsizlikni tahlil qilish ko‘ngilsiz hodisa yuz berishidan oldin (aprior) va yuz bergandan keyin (aposterior) amalga oshirilishi mumkin.
Aprior uslubda tadqiqotchi tahlil qilinadigan tizim uchun potensial mumkin bo‘lgan xavfni (ko‘ngilsiz hodisani) belgilaydi va ushbu xavf ta’sirida yuzaga keladigan boshqa xavflar ketma ketligini o‘rganadi yoki ushbu ko‘ngilsiz hodisaga olib keluvchi holatlar, sabablar turini aniqlaydi. Ushbu uslub faoliyat amalga oshmasdan oldin mantiqiy tahlil qilish orqali bajariladi.
Aposterior uslub faoliyat amalga oshgach ya’ni, hodisa sodir bo‘lgach bajariladi. Bunda ushbu ko‘ngilsiz hodisaning izi asosida uning sabablari aniqlanadi va tahlil natijalari bo‘yicha kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning rejasi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |