Elektrostansiyalar quvvati va elektr energiya ishlab chiqarish
2.1-jadval.
T/R
|
Yalpi ishlab chiqarilgan elektr energiyalar mlrd.kvt.soat
|
Jami o’rnatilgan quvvat GVt
|
Jami
|
Shu jumladan
|
Jami
|
Shu jumladan
|
Issiqlik elektrostansiyalar
|
Gidro elektrostansiyalar
|
Issiqlik elektrostansiyalari
|
Gidro elektro stansiyalar
|
2010
|
52.0
|
43.8
|
8.2
|
12.555
|
10.762
|
1.793
|
2011
|
52.8
|
47.1
|
5.7
|
12.546
|
10.758
|
1.788
|
2012
|
53.0
|
46.3
|
6.7
|
12.581
|
10.759
|
1.822
|
2013
|
54.6
|
48.9
|
5.7
|
13.103
|
11.281
|
1.822
|
O’zbekiston sanoat tarmoqlari tarkibi bo’yicha eletr energiya sanoatining ulushi 1995-yilda 14,8 foizni, 2000-yilda 8,5 foizni, 2005-yilda 11,3 foizni, 2010-yilda 8,1 foizni, 2013-yilda esa 7,5 foizni tashkil qilgan. Yoqilg’I sanoatining ulushi esa 2013-yilda 15,8 foizni tashkil qilgan. Elektrlashtirishning yuqori darajasi energetika tizimlarining bunyod etilishidir. Energetika tizimi tufayli yil fasllaridan va sutkaning qaysi vaqtidan qat’I nazar iste’molchilar eletr energiya bilan bir maromda ta’minlanadi. Turli xildagi elektr stansiyalarining yuqori voltli eletr uzatish liniyalari bilan birlashtirilib, bir markazdan boshqarilib turilishi energetika tizimi deyiladi.
O’zbekistondagi barcha yirik eletr stansiyalari o’zaro birlashtirilib , yagona energetika tizimi bunyod etilgan. Davlatlararo elektr energiya import- eksporti O’zbekiston energetika tizimi vositasida qulay amalga oshmoqda. O’zbekiston o’z ehtiyojidan ortgan elektr energiyani Tojikiston, Qozog’iston, Afg’oniston kabi qo’shni davlatlarga eksport qilmoqda. So'nggi yillarda jahon xo'jaligida tabiiy resurslarni qazib olish, qayta ishlash, eksport va import qilish bilan bog'liq ko'plab muammolar yuzaga kelmoqda. Eng asosiysi bu muammolarnafaqat iqtisodiy, balki siyosiy omillarga ham bog'liq bo'lib qolmoqda. MDH mamlakatlarida yoqilg'i-energetika sanoati sohasida yuzaga kelayotgan muammolarning eng asosiylari aniqlangan yoqilg'i-energetika resurslari zaxiralarining allaqachon iste'mol qilinayotgani, mavjud zaxiralar sifatining yomonlashayotgani, yangi aniqlangan zahiralarning noqulay joylarda joylashgani va qazib chiqarish xarajatlarining yuqoriligi, hom-ashyo zaxiralarini topish bilan bog'liq geologik qidiruv ishlarining samarasiz olib borilayotgani va MDH tarkibiga kiruvchi Rossiyaga nisbatan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH tomonidan qo'yilgan sanksiyalar bilan xarakterlanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining istiqboldagi o’sish sur’atlarini hisobga olib, Prezidentimiz o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobida shunday yozadi: "Aniqlangan yoqilg’i-energiya resurslari respublikaning tabiiy gazga bo’lgan ehtiyojini 35 yil, neftga bo’lgan ehtiyojini 30 yilga qoplaydi". Shu sababli O'zbekiston uchun yoqilg'- energetikaning qayta tiklanuvchi va alternativ turlarini iste'molga keng joriy etish masalasi muhim vazifalardan biri bo'lib turibdi. Mamlakatimiz hududidan o'tuvchi ikki eng asosiy daryolar- Amudaryo va Sirdaryoning qo'shni mamlakatlar hududidan o'tib kelishi gidro-energetika sohasi rivojida ayrim muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi “2013-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha harakatlar dasturi to'g'risida”gi Qarori ijrosi doirasida “Ekoenergiya” ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi, Kitob va Shahrisabz tumanlarining chekka qishloqlari - Komilon, Yuqori Maymanoq, Varganzadagi qishloq ta'lim va tibbiyot muassasalariga quyosh batareyalari o'rnatildi.
O'zbekiston hududida 8 ta gidrotermal resurslar xavzalarini aniqlangan bo'lib, geothermal resurslarning yalpi salohiyati 2442 ming tonna shartli yoqilg'i deb baholangan. Geotermal suvlarning eng kata salohiyati Farg'ona vodiysiga (Namangan viloyati - 42,6 ming tonnashartli yoqilg'i) va Buxoro viloyatiga-81,2 ming tonna shartli yoqilg'i to'g'ri keladi .Hozirda mamlakatimizda bu sohani rivojlantirish uchun ko’plab loyihalar amalga oshirilmoqda (misol uchun “Eko-energiya” ilmiy tadqiqot makrazi loyihalari, “O'zbekenergo” DAK tomonidan Samarqand viloyatida fotoelektrstansiyasining qurilishi). O'zbekistonda 2030-yilgacha issiqlik energiya balansining konsepsiyasini shakllantirish vazifasi qo'yilgan bo'lib, uning asosiy maqsadlari quyidagilar:
Mamlakatning umumiy energiya balansida tiklanuvchan energiya resurslari hissasini oshirish.
Ko’mir hissasini 5 foizdan 15 foizga oshirish
Quyosh va shamol generatsiyasining ulushini 10 foizdan 20 foizga oshirish
Gaz generatsiyasi ulushini 85 foizdan 65 foizga tushirish.
Prognozlarga ko’ra 2020-yilga kelib mamlakatimizda elektr energiyasiga bo’lgan talab 2018-yilga qaraganda 1,7 foiz, jumladan, aholi ehtiyoji 1,5 barobar o’sadi. Hozirgi kundayurtimizda energiya tizimlari elektr tarmoqlari uzunligi 254,8 ming km.ga teng shundan 218,4 ming km.i0,4-10 kVli kuchlanishga ega past voltli taqsimlash tarmoqlaridir. Ulardan 62,4 foizining ishlatilish muddati 30 yildan oshib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |