Hududlar bo’yicha elektrenergiya ishlab chiqarish.(mln.kVt.soat.)
1.9-jadval.
Hudud nomi
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
O’zbekiston Respublikasi
|
51976,3
|
52806,2
|
52999,6
|
54618,6
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi
|
3100,2
|
3306,3
|
3100,5
|
3213,8
|
Andijon
|
774,4
|
751,8
|
632,0
|
569,8
|
Buxoro
|
3,7
|
7,6
|
6,9
|
6,4
|
Jizzax
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Qasqadaryo
|
5837,7
|
6143,1
|
5902,4
|
6026,8
|
Navoiy
|
7376,6
|
7660,7
|
7119,6
|
8872,6
|
Namangan
|
0,2
|
0,1
|
0,3
|
0,6
|
Samarqand
|
5,8
|
4,1
|
5,2
|
2,8
|
Surxondaryo
|
78,6
|
78,5
|
73,1
|
75,7
|
Sirdaryo
|
15278,3
|
15509,9
|
16940,4
|
16507,8
|
Toshkent
|
17935,7
|
18277,2
|
17770,9
|
18221,5
|
Farg’ona
|
455,2
|
440,6
|
394,8
|
342,6
|
Xorazm
|
752,0
|
236,1
|
662,3
|
391,5
|
Toshkent shahri
|
376,3
|
390,2
|
391,2
|
386,9
|
Tog’ daryolariga qurilgan GESlarda eng arzon elektr energiya ishlab chiqarilmoqda. Bir suv manbaida bunchalik ko`p elektr stantsiyalarning qurilishi, ya’ni “zanjiri” bo`yicha CHirchiq-Bo`zsuv kaskadi MDH davlatlarida eng yirik hisoblanadi. Ushbu qator elektr stantsiyalar orasida eng yirigi CHorbog` IESdir. SHuningdek, Xo`jakent SES ham ancha katta quvvatga ega. CHorbog` SES bosh elektr stantsiya bo`lib, u quyi elektr stantsiyalarning barqaror ishlash rejimini ta’minlab turadi. Mazkur stantsiya energetika-irrigatsiya rejimida qurilgan, binobarin, uning yirik suv ombori viloyat qishloq xo`jalik yerlarini sug`orishda katta ahamiyatga ega. Jumladan, yirik Parkent kanali ham shu suv omboridan boshlanadi. SHu bilan birga, CHorbog` SES va uning suv ombori atrofida sport, baliq ovlash, rekreatsiya ob’ektlari barpo etilgan. Toshkent viloyatidan tashqari uncha katta bo`lmagan IES (Andijon viloyati va Xorazm viloyatida) ham ishlab turibdi. Dastlab suv eletr stansiyalari (SES) Toshkent viloyatida 1926-yilda CHirchiq yaqinida qurilgan bo’lsa , bugungi kunda CHirchiq-Bo`zsuv kaskadi 19 ta yaqin elektr stantsiyalarini birlashtiradi. Tezoqar daryolarda GESlarni yaqin qurish natijasida GESlar kaskadi vujudga keltirilgan. Shunday GESlar kaskadi Chirchiq-Bo’zsuv GESlar kaskadidir. Chirchiq-Bo’zsuv GESlar kaskadida 19 ta GES bir-biriga yaqin qurilgan bo’lib ular quyidagi tartibda joylashgan:
1. Chorvoq 11.Salor
2. Xo’jakent 12. Bo’rijar
3. G’zalkent 13. Bo’zsuv
4. Tovoqsoy 14. Oqtepa
5. Loginov 15. 1-Quyibo’zsuv
6. 2- Oqqovoq 16. 2- Quyibo’zsuv
7. 1- Oqqovoq 17 .3- Quyibo’zsuv
8. Qjdiriy 18. 4- Quyibo’zsuv
9. Shayhontohur 19.5- Quyibo’zsuv
10. Qibray
Umuman olganda esa, SES respublikamiz orografik va gidrografik vaziyatga ko`ra, qo`shni. Tojikiston va Qirg`iziston respublikalariga qaraganda uncha rivojlanmagan. O`zbekiston elektr stansiyalari yuqori quvvatli elektr o`tkazgich tarmoqlari (liniyalari) bilan yagona energetika tizimini tashkil qiladi. Yaqin o`tmishda Qashqadaryo viloyatidan Surxondaryoga, Toshkent viloyatidan Farg`ona vodiysi viloyatlariga yuqori voltli elektr o`tkazuvchi tarmoqlar qurildi. O’zbekistonda joylashgan GESlarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: Chorvoq, Xo’jakent, G’azalkent, 3-Quyi Bo’zsuv, 4-Quyi Bo’zsuv, Uchqo’rg’on, Xonobod, Buloqboshi, Shirmonbuloq, Shohimardon, Farhod, To’palong, Irtijor, Kattaqo’rg’on, Muborak, Tuyamo’yin va boshqalar. Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 1/10 qismidan ko`prog`I Suv eletr stansiyalari(SES)larga to`g`ri keladi. Jami mavjud elektr stantsiyalarning loyihaviy quvvati 1710 mVt (IES – 10756 yoki SES larga qaraganda deyarli 6 marta ziyod).
Do'stlaringiz bilan baham: |