Plastidalar. Plastidalar yashil o‘simliklarda uchraydi. Zamburug‘lar, bakteriyalar, shilimshiqlarda plastidalar bo‘lmaydi. 1676 yili Levenguk spirogira suvutlari xujayralarida plastidalar borligini birinchi bo‘lib topdi. Plastidalarni keyinchalik 1882 йили Shimper degan olim chuqur o‘rgandi va ularni uch tipga ajratdi. 1) Xloroplastlar. 2) Xromoplastlar. 3) Leykoplastlar.
3. Vakuol, xujayra shirasi va uning tarkibi. Xujayrada uzluksiz modda almashinuvi natijasida vakuol paydo bo‘lib, uning ichida esa suv va unda erigan organik hamda mineral moddalarning eritmasi joylashadi.
Alkaloidlar azotli organik moddalar bo‘lib, hozirga qadar ularning 700 ga yaqin xili uchraydi. Alkaloidlar qattiq, suyuq va gaz hollarda bo‘ladi. Ular ko‘knorigulli, dukkakguldooshlar, labguldosh-lar oilalarning vakilarida ko‘p uchraydi. Tein choy, teobramin shokolad, kakao, koka-kola tarkibida bo‘ladi. Morfin, xinin, kodein kabilar meditsinada dorivor modda sifatida ishlatiladi. Anabazin (anabazis o‘simligida) nikotin qishloq xo‘jalik zararkunandalarga qarshi ishlatiladi.
4. Xujayra po‘sti. Yuksak o‘simliklarning xujayrasi tashqi tomonidan ancha qattiq po‘st bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu po‘st xujayraga ma’lum bir shakl beradi va uni tashqi noqulay ta’sirlardan saqlaydi. Faqat jinsiy xujayralarda, harakatchan sporalarda va ba’zi tuban o‘simliklarda bunday qattiq po‘st bo‘lmaydi.
Har xil turga kiradigan o‘simliklar xujayrasi po‘stining ximiyaviy tarkibi turlicha bo‘lib, organizmlarning yoshiga qarab o‘zgarishi mumkin. Lekin har qanday holda ham xujayralar devorini hosil qiluvchi asosiy modda sellyulozadir.
Xujayra po‘sti lignin moddasini singdirsa yog‘ochlanadi. Bunda u suv va gazlarni o‘tkazadi.Protoplast nobud bo‘ladi, kamdan- kam holda tirik qoladi, yogochlanish qaytar jarayondir. Masalan: bexi, nok mevalari. Pishmaganda qatiq bo‘lib, yetila borishi bilan yumshaydi.
Yadro o‘simlik va hayvon xujayrasining muhim qismi hisoblanib, u irsiy belgilarni saqlashda va xujayrada oqsil sintezini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Xujayraning nafas olishi ham yadro nazoratida bo‘ladi. Xujayra bo‘linishidan oldin yadro bo‘linishi ro‘y beradi. Shakillangan yadro faqat ko‘k- yashil suv o‘tlarida va bakteriyalarda bo‘lmaydi. Yadro 1831 yili ingiliz olimi R. Braun tomonidan kashf etilgan. Yadroning shakli parenxima xujayralarida sharsimon va elipsimon, prozenxima xujayralarida esa urchuqsimon va linzasimon ko‘rinishdadir.
Yadroning kattaligi ko‘pgina o‘simlik turiga, xujayraning yoshiga, holat iga hamda to‘qimaning turlariga bog‘liq bo‘ladi. Xujayra yadrosiz yashay olmaydi. Yopiq urug‘li o‘simliklarni vegetativ xujayralarida yadroni kattaligi 5-20 mkm ni, mogor zamburug‘ida 1-2 mkm ni, hara suvo‘tlari rizoidlarida uzunligi 2750 mkm ni, eni 5-10 mkm ni tashkil etadi. Shilimshiqlarda katta 500-600 mk ga teng bo‘ladi.
Yadro va sitoplazma kattaliklarining nisbatini o‘rganish, muayyan xajmdagi yadro moddasiga muayyan xajmdagi sitoplazma to‘g‘ri kelishi haqidagi qonuniyatni ochib berdi. Bu nisbatga yadro - plazma nisbati deyiladi. Yosh xujayralarda yadro nisbatan katta bo‘lib, uning xujayraga nisbati 1: 4-1: 5 ni tashkil etsa, shakllangan keksa xujayralarda esa bu nisbat 1: 20-1: 200 ga tengdir.
Yadro fizikaviy va ximiyaviy xususiyatiga ko‘ra gidrofil kolloid tuzilishga ega bo‘lib, sitoplazmaga qaraganda quyuq va yopishqoq bo‘ladi. Uning asosiy qismi proteidlar deb nomlanuvchi murakkab oqsillardan iborat. Asosiy oqsillar yadroda 22,6%, qolgan oqsillar 51, 3%, RNK - 12,1 va DNK 15 - 30% ni tashkil etadi. Shuningdek yadroda lipidlar, suv hamda Sa va Mg ionlari bo‘ladi.
Yadroda quyidagi qismlar: yadro po‘sti, xromotin (xromosomalar); bitta, ikkita yoki bir necha yadrocha va nukleoplazma (yadro matrikasi) mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |