Mijozlar (xaridorlar) guruhlari bozorning 5 ta turi doirasida shakllanishi mumkin: iste’mol bozori, ishlab chiqaruvchilar bozori, vositachilik bozori, davlat muassasalari bozori va xalqaro bozor.
Bozorning har bir turida sotuvchi bilishi zarur bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlar mavjud, shu bois firma o‘z mijozlarini sinchiklab o‘rganishi zarur.
Raqobatchilar –bir xil tovar va xizmat turlarini ishlab chiqaruvchi turdosh firmalar yoki individual tadbirkorlardir.
Aloqador auditoriyalar - bu firmaga qiziqish bildiruvchi va uning qo‘yilgan maqsadlariga erishish qobiliyatiga ta’sir etuvchi shaxslar yoki tashkilotlar guruhidir. Ular moliyaviy doiralar, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik bo‘lishi mumkin. Firma ularning e’tiborini har tomonlama jalb etishga harakat qilmog‘i lozim, chunki ular(banklar, aksionerlar) faoliyatga ijobiy ta’sir etishlari mumkin. Boshqalarga nisbatan firma ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, ularning diqqati qaratilgan obyektga aylanib qolmasligi kerak.
Firma va uning yetkazib beruvchilari, marketing vositalari, mijozlari va aloqador auditoriyalar yangi imkoniyatlar ochuvchi yoki fir-maga yangi xabarlar tahdid soluvchi ancha kengaytirilgan mikrosxema kuchlarning doirasida vazifalarni amalga oshiradi. Bu kuchlar o‘zlarida nazoratga bo‘ysunmaydigan omillarni aks ettiradi, firma uni ehtiyotlik bilan kuzatib borishi va e’tibordan chetda qoldirmasligi zarur.
Ichki marketing muhiti – bu marketing xizmati va firmaning turli bo‘linmalari o‘rtasidagi marketing salohiyatiga va marketing maqsadlariga ta’sir qiluvchi munosabatlar yig‘indisidir. Ichki marketing muhitining shakllanishida faoliyat doirasi, umumiy maqsadlar, tashkilot-dagi marketingning roli, uning funksiyalari, uni firma umumiy faoliyatiga qo‘shilib ketishini belgilab beruvchi yuqori rahbariyat qarori katta ahamiyat kasb etadi. Korxona (firma, kompaniya) ichki tuzilmasi esa ichki muhit, deb ataladi.
Boshqaruvni marketing xarakteriga ega tashkilotlarda yuqori rahbariyat va marketing xizmati ichki marketing muhitini tashkiliy madaniyatning bir qismi sifatida shakllantiradi va nazorat qiladi. Agar tashkilotning hamma bo‘limlari (moliyaviy xizmat, ITTKI, moddiy-texnik tashkilot xizmati, ishlab chiqarish va hisob-kitob bo‘limlari)
100
faoliyati marketing yondashuviga asoslangan va uning hamma ishchilari marketingga oid fikrlay olishga ega bo‘lsalar, bunda tashkilotning qulay marketing muhiti, uning marketing potensiali va uning iste’molchilarga yuqori xarid qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar yetkazib bera olish qobiliyatlariga egaligi haqida to‘xtalish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |